"Man Siti"ga qaytishi kutilayotgan Ilkay Gyundogan xalqaro faoliyatini yakunlashini elon qildi
20 avg 20:53
Yangiliklar
"Man Siti"ga qaytishi kutilayotgan Ilkay Gyundogan xalqaro faoliyatini yakunlashini elon qildi
"Barselona" yarim himoyachi Ilkay Gyundogan ijtimoiy tarmoqlardan biridagi sahifasida Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashini rasman elon qildi.
"Bir necha hafta davomida bu haqida o'yladim va terma jamoadagi faoliyatimni yakunlash bo'yicha qaror qabul qildim. Vatanim termasi safida o'tkazgan 82 o'yinni g'urur bilan yodga olaman. O'z uyimizda o'tgan "Evro"da jamoa sardori sifatida maydonga tushish yuksak sharaf hisoblanadi. 2011 yil debyut o'yinidan keyin bunday natija haqida faqat orzu qilardim", - deb yozgan Gyundogan.
Germaniya termasi safida Gyundogan 2011 yildan buyon to'p tepib kelayotgandi. "Bundestim" uchun 82 ta o'yinda Ilkay 19 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
La Ligada to'p tepadigan boshqa bir tajribali futbolchi esa hali butsalarini mixga ilmoqchi emas.
Fikrlar