"Man Siti"dagilar Gvardiola klubdan ketishini taxmin qilishmoqda. Bunga moliyaviy firibgarlik borasidagi ayblovlar sabab
07 fev 2023 20:20
Yangiliklar
"Man Siti"dagilar Gvardiola klubdan ketishini taxmin qilishmoqda. Bunga moliyaviy firibgarlik borasidagi ayblovlar sabab
Klub Gvardiolaning kelajagi borasida o'ylashni boshlagan.
"Manchester Siti" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning kelajagi haqida bosh qotirishmoqda. Klub yaqindagina 100 dan ortiq moliyaviy qoidabuzarliklarda ayblangandi.
Klub esa bu holatda Gvardiolaning 2020 yildagi gaplarini yodga olgan. O'shanda ham "Siti" moliyaviy firibgarlikda ayblanganda, Gvardiola agar bu xabarlar tasdiqlanadigan bo'lsa, klubdan ketishini va klubdagilar boshqa uning do'sti bo'lmasligini malum qilgandi.
"Man Siti" aynan shu gaplarni yodga olgan holda, agar ayblovlar o'z tasdig'ini topsa, Gvardiolaning klubdan ketishini taxmin qilishmoqda.
Fikrlar