"Man Siti" va MYU Saul uchun kurashmoqda
18 mar 2020 18:00
Yangiliklar


"Man Siti" va MYU Saul uchun kurashmoqda
"Atletiko" yarim himoyachisi Saul Niges faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
Futbolchining xaridiga "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirmoqda.
Qayd etish kerakki, Saulning "Atletiko" bilan bo'lgan shartnomasida ingliz klublarining qiziqishini uyg'otadigan bir jihat bor.
"Atletiko" yozdan beri Ispaniya terma jamoasi futbolchisi bilan yangi shartnoma imzolashga urinib keladi, ammo hozircha urinishlar muvaffaqiyatsiz. Saulning shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Bitimda uni 150 million evroga xarid qilish borasidagi band bor. Aynan shu band "Siti" va "Yunayted"ning qiziqishini oshirmoqda.
25 yoshli Saul "Atletiko" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u Ispaniya terma jamoasida 2016 yildan beri o'ynab kelmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar