“Man Siti” va Argentina termasi sobiq himoyachisi 35 yoshida butsalarini mixga ildi
16 okt 2020 20:00
Yangiliklar


“Man Siti” va Argentina termasi sobiq himoyachisi 35 yoshida butsalarini mixga ildi
Argentinalik Pablo Sabaleta futbolchilik faoliyatini yakunlaganini elon qildi.
U “Manchester Siti”dagi o'yinlari bilan ko'pchilikning etiboriga tushgandi. 9 yil davomida “shaharliklar” sharafini himoya etgan Sabaleta 333 o'yinda maydonga tushib, 11+38 natijaga erishgan.
SHuningdek, 35 yoshli o'ng qanot himoyachisi “San-Lorenso”, “Espanol” va “Vest Xem” sharafini ham himoya etdi. Pablo so'nggi uch mavsumni aynan London klubida o'tkazdi.
Sabaleta Argentina termasi safida ham 58 uchrashuvda qatnashgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar