So’nggi yangiliklar

10:07LʼEquipe. Ҳусанов рамзий терма жамоадан жой олди  4 09:33«Пахтакор» футболчиси легионерга айланиши мумкин  3 08:58«Арсенал» етакчиси узоқ муддатга сафдан чиққани эълон қилинди  3 08:22«Сўғдиёна» футболчиси «Қўқон-1912»га ўтишга яқин  1 07:49Роналду: «Винисиус «Олтин тўп»ни ютиши керак эди, унга нисбатан адолатсизлик қилишди»  16 03:07АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да минимал ҳисобда ғалаба қозонди  2 02:26"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламайди. Туринликларга МЮ форварди қизиқ эмас  1 00:40Роналду: "Агар "Манчестер Юнайтед" хўжайини бўлсам, ҳаммасини тўғирлайман"  11 23:42Роналду Саудия Арабистони чемпионатини Францияникидан кучли деб атади: "Лига 1да фақат ПСЖ бор, қолганлар ҳеч нарса эмас"  19 23:00Беллингем Globe Soccer Awards томонидан йил хавбеки деб топилди  1 22:38Роналду барча даврларнинг энг яхши тўпурари сифатида Globe Soccer Awards мукофотини қўлга киритди  8 22:32Globe Soccer Awards. Винисиус йилнинг энг яхши футболчиси  3 22:27Ямал Globe Soccer Awards томонидан йилнинг энг яхши ёш ўйинчисига бериладиган мукофотни олди  0 22:17Араб Кўрфази кубоги. ЖЧ саралашидаги рақибларимиз бўлмиш Қатар ва БАА гуруҳ босқичида қолиб кетишди  3 21:48Эрон Про лигаси. "Персеполис" иродали тарзда ғалабага эришди, Ўруновдан ассист  1

"Man Siti" - "Real": Bizni nimalar kutib turibdi? Yangiliklar

"Man Siti" - "Real": Bizni nimalar kutib turibdi?

Xabaringiz bor, bugun ECHL dastlabki yarim finalida "Manchester Siti" o'z maydonida "Real Madrid"ni qabul qiladi.

"Manchester Siti" guruhda birinchi o'rinni egallagan va 1/8 finalda "Sporting"ga to'qnash kelgan. Ikki o'yin natijasiga ko'ra "shaharliklar" raqibga imkon qoldirishmadi - 5:0. CHorak finalda "MS" Madridning boshqa bir jamoasi "Atletiko"ga ro'baro keladi: o'z maydonida katta ustunlikka ega bo'lsada, hujumlarini gol bilan yakunlashda jiddiy muammoga duch kelgan Gvardiola shogirdlari Fodenning nozik uzatmasi va De Bryuynening aniq zarbasi evaziga (1:0) g'alabani ilib ketishdi. Safardagi bahsning ayniqsa ikkinchi  bo'limida kutilmaganda "Atletiko" "uyg'ondi" va bir nechta qulay imkoniyatlarga ega bo'ldi. Biroq shu kecha tablodagi hisob o'zgarmay qoldi va "Siti" endi yarim finalda.

"Real" ham ishonchli tarzda guruhda birinchi bo'ldi, pley-offning dastlabki bosqichida PSJga dastlabki o'yinda imkoniyat boy berildi. Javob bahsida esa Karim Benzemadan xet-trik va umumiy hisob 3:2, "Real" yurishini davom ettirdi. 1/4 final bosqichida "blankos" ECHLning amaldagi g'olibi "CHelsi"ga qarshi bahs olib borishdi. Londonda o'tgan birinchi bahsdayoq Karlo Anchelotti jamoasi masalani hal qilib qo'ydi... Qo'ygandek edi (3:1). Birinchi javob bahsi dramatik kurashda yana Benzemaning goli tarozi pallasini "Real" tomonga og'dirib yubordi (5:4). 


"Manchester Siti"

1. "Manchester Siti" ECHL uy o'yinlarida ayniqsa yaxshi o'ynamoqda

Bu mavsum "Manchester Siti" bor yo'g'i ikki marta o'z maydonida mag'lub bo'ldi: dastlab "Kristal Pelas"ga imkoniyat boy berilgan bo'lsa, ikkinchisida "Tottenxem" zafar quchdi. Aprelda esa "shaharliklar"ni "Etixad"da to'xtatib bo'lmadi. Aynan shu stadionda Pep shogirdlari "Atletiko"ni taslim etishdi, "Liverpul" bilan durang (2:2), oxirgi ikki o'yinda esa "Brayton" (3:0) va "Uotford" (5:1) ustidan yirik g'alabalar.

ECHL doirasida esa "Man Siti" "Etixad"da so'nggi bor 2018 yil sentyabr oyida mag'lub bo'lishgan. O'shanda guruh bosqichida "Lion" Angliyadan xursan bo'lib ketgandi. O'tgan vaqt davomida manchesterliklar 18 ta o'yin o'tkazishdi – 16 g'alaba va 2 durang.

Bu mavsum "Man Siti" "Etixad" o'yingohida "Leypcig" (6:3), PSJ (2:1), "Bryugge" (4:1) va "Atletiko" (1:0) singari jamoalarni dodini bergan bo'lsa, "Sporting" bilan 5:0dan keyin hech nimani hal qilmaydigan javob o'yinida durangga rozi bo'ldi. Yana bir qiziq fakt: ECHL pley-offining oxirgi 5 uy uchrashuvida "shaharliklar" bor yo'g'i bitta gol o'tkazib yuborishgan.


2. "SHayxlar" himoyasida muammo bormi?

"Man Siti"ning himoya chizig'i hamon o'yinchilar etishmovchiligidan aziyat chekmoqda. Sariq kartochkalari soni oshib ketgani tufayli Juan Kanselu "Real"ga qarshi birinchi uchrashuvni o'tkazib yuboradi. "SHaharliklar" avvaliga Kayl Uokerdan umid qilishgandi. Biroq matbuot-anjumanida Pep himoyachilar Jon Stounz va Kayl Uoker jamoaga yordam bera olmasligiga shama qildi. Himoya markaziga jarohatidan forig' bo'lgan Ruben Diash qaytishi kutilmoqda. 


3. Gvardiola taktika borasida eksperimentlarni kamaytirgandek

Bu yil Gvardiola uchun "Man Siti" rulidagi oltinchi mavsum bo'lishiga qaramay, hamon ECHL sovrini qo'lga kiritilmadi. Murabbiyning o'ta murakkablashtirilgan taktik qarorlari tufayli "shaharliklar" ko'pincha Evropaning klublar o'rtasidagi asosiy  turniridan chiqib ketishgan: 2019 yili "Tottenxem", 2020 yil "Lion"ga qarshi bahslar. Ammo Xosep asta-sekinlik bilan yondashuvini o'zgartirmoqda. U nafaqat taktika borasida keraksiz eksperimentlarni qilmayapti, balki zarur paytlarda "Siti" o'yinlarini ham soddalashtirmoqda. "Atletiko"ning "avtobus himoyasi"ni yorib o'tish kerakmi? Manchesterliklar butun tarkibi bilan hujum qiladi va kerakli natijaga erishadi. Dastlabki bahsdagi ustunlikni saqlab qolish kerakmi? "Man Siti" qarshi hujumda o'ynaydi, vaqtni cho'zadi hamda yana istagan natijasiga etadi ("Atletiko" bilan javob bahsidagidek).

SHuning uchun, "Real"ga qarshi bahsda yangi sxema yoki etakchi futbolchilarning poziciyasi o'zgarishini kutish noo'rin bo'lsa kerak: "shaharliklar" uyda g'alaba qozonish uchun o'z uslubida o'ynashga harakat qilishadi, boshqa natija esa ularni qoniqtirmasligi aniq.


"Real Madrid"

1. Benzema natija keltirishda davom etmoqda

Karim Benzema – "Real"ning deyarli Ispaniya chempioni bo'lib ulgurgani va ECHLda yarim finalga qadar etib kelishi sababchisi: franciyalik bu mavsum 40 ta o'yinda 39 ta gol urdi va 13 ta assist qayd etdi. Karim bir o'zi "qaymoqranglilar"ni avvaliga 1/4 finalda (PSJ darvozasiga xet-trik), keyin 1/2 finalda ("CHelsi" bilan 2 o'yinda 4 ta gol) o'z ortidan ergashtira oldi. "Real" raqiblariga o'yin borasida imkoniyatni boy bersada (PSJ bilan birinchi va "CHelsi" bilan ikkinchi o'yindagi kabi), istalgan paytda "portlab" o'yinni burib yuborishi mumkin. Karim hozirgidek sport formasida ekan, bunday holat istalgan raqib bilan yuz berishi mumkindek.


2. Kazemiro o'yinni o'tkazib yuboradigan ko'radi, Alaba va Mendi...

Kazemiro – "Real"ning asosiy tayanch yarim himoyachisi va Anchelotti qo'l ostida uning to'laqonli o'rinbosari yo'qdek. Braziliyalikning yo'qligi ayniqsa "Sevilya"ga qarshi o'yinda sezildi. Lopetegi shogirdlari "qaymoqranglilar" darvozasini ikki bor ishg'ol etdi va birinchi bo'limda katta ustunlikka ham ega bo'ldi.

Kazemiro "Manchester Siti"ga qarshi birinchi to'qnashuvda ham yordam bera olmaydi. Ha, qaydnomada braziliyalik bor, biroq Anchelotti matbuot-anjumanida Kazemiro borasida ancha o'ychan holda javob berdi. Salomatlik bilan muammolar David Alabani ham bezovta qilyapti, ammo avstriyalikning o'yinda ishtirok etish imkoniyati nisbatan yuqori. SHuningdek, Ferlan Mendi ham jamoaning oxirgi o'yinida maydonga tushmagandi. Bir necha kun avval u umumiy guruhga qo'shligani haqida malumot paydo bo'lgan va chap qanot himoyasida bugun aynan franciyalik futbolchini ko'rishimiz ehtimoli yuqori. Nima bo'lganda ham yakuniy qaror o'yin oldidan qabul qilinadi.


3. "Real" ko'p gol qo'yib yubormoqda

"Real" so'nggi 10 o'yindan faqat 2 tasida gol qo'yib yubormagan: "Malorka" va "Xetafe"ga qarshi bahslar. "Barselona" to'rtta gol urgan, "Sevilya" - 2 ta, "CHelsi" - 4 ta. "Ko'k-anorranglilar" ham, "aristokratlar" ham bundanda ko'proq gol urishi mumkin edi. SHu bilan birga "Real" ushbu mavsum ECHL pley-offining to'rt o'yinida "nol"ga o'ynay olmagan.


La Liga ishqibozlari uchun ushbu telegram-kanalni tavsiya qilamiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика