So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  24 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  79 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  21 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

"Man Siti" qay tariqa ahmoqona qo'ng'iroqdan keyin Messini sotib olmoqchi bo'lgan? Yangiliklar

"Man Siti" qay tariqa ahmoqona qo'ng'iroqdan keyin Messini sotib olmoqchi bo'lgan?

Futbol to'xtaganidan beri biz siz o'quvchilarning zerikib qolmasligingiz yo'lida izlanishda davom etamiz.

Hozirgi kunda bunday tarixlarni o'qish va buni bilib olish hech kimning zarariga ishlamaydi.

***

Agarda siz yuz millionlab byudjetga ega klublarning menejmenti faqatgina pul orqali uyg'unlashadi deb o'ylasangiz, adashasiz. 2008 yilgi voqeani yodga olamiz.

Avgust, shayh Mansur "Manchester Siti"ning 90 foiz akciyasini sotib oldi va yangi yordamchilari bilan doimiy aloqada bo'lib turdi. Ular soatlab telefonda gaplashishardi va barcha transferlarni telefon orqali hal qilishardi. Bu yo'ldagi asosiy figura Garri Kuk edi - klubning ijrochi direktori eski xo'jayinlar - tailandlik Taksin CHinavat bilan birga klubga kelgandi (u 2007 yilda klubni 80 mln evro evaziga sotib olib, bir yildan keyin shayhlarga 200 mln evroga sotgandi).

SHunday kunlarning birida Kukning telefoniga navbatdagi qo'ng'iroq kelib tushdi, u trubkani ko'tardi va narigi tomondan asabiylashgan shayh: "Get Messi!" ("Messini olib kel"), deb baqirdi. Boshida Kuk o'zini biroz yo'qotib qo'ydi va tezda o'ziga keldi. SHayhlarning rejasida bu futbolchi bo'lganligi ayon bo'ldi.

Ertasi kuni "Barsa" 70 mln evroga teng taklif qabul qilib oldi.

Ushbu tarixni Garri Kuk ilk marta 2012 yili jurnalist Geri Jeymsning "The Manchester City Years" kitobi uchun aytib o'tgandi. Biroq u bunda bir detalni qo'shib ketdi. Rahbariyat unga "Get Messi!" emas, "It’s all getting messy" ("Barcha ishlar rasvo") degan ekan.

"Barselona" esa taklifga rad javobini bergan, biz buni keyinchalik aniqlashtirib ham o'tirmadik", - deb kuladi Kuk.

Oradan 7 yil o'tib, Kuk "The Athletic" nashriga ushbu voqeani biroz oydinlashtirdi.

Qayd etilishicha, Kuk o'shanda Londonda anjumanda bo'lgan. Biroq bu safar u matbuot aytganidek shayh Mansur emas, CHinavatning yordamchisi Pairo Pemposan qo'ng'iroq qilgan. SHunchaki, o'shanda shayhlar tailandliklar bilan ancha oldin kelishib qo'yishgan va ular transfer bozorini shovqinga solishmoqchi edi.

"Telefon stolning ustida yotgandi. O'shanda Pemposan klub rahbariyati vakili hamda Pol Olrij bilan gaplashayotgandi. Endi kartinani hayolingizda tiklang: Pol o'zining Angliya lahjasida shunday dedi: "Pairo, sen menga barchasini tushuntirib ber, nima uchun vaziyat nazoratdan chiqib ketyapti?". Pairo esa stolda yotib, massaj qabul qilayotgandi. U telefonni oldida: "Ha, ha, ha, rasvo (inglizchada - mess), butunlay rasvo.

Men noto'g'ri eshitgandim. To'g'risini aytaman, o'shanda qulog'imga "Messini olib kel", deb eshitilgan".

Gaplashib bo'lganidan keyin Oldrij Kukning oldiga bordi:

- Garri, tushunmadim, endi nima qilamiz?
- Taklifni tayyorla, keyinchalik vaziyatga qaraymiz.

Ertasi kuni Kukka APL vakillaridan biri Deyv Richards qo'ng'iroq qildi: "Garri, sen Messi borasida taklif yubordingmi? 70 million funt? Ahmoq emasmisan?".

Oradan bir qancha vaqt o'tib, Richardsning o'ziga qo'ng'iroq bo'ldi. "Barselona"dan. Klubdagilar "Siti" bir futbolchi uchun buncha mablag'dan voz kecha olishiga shubha qilishini va bo'lganda ham taklifni ancha oldin yuborish kerakligini aytishdi.

O'shandan buyon har transfer oynasi ochilganida "Siti" Messi borasida taklif jo'natadi. 2008 yilda esa Leoning o'rniga Manchesterga Robino keldi. biroq uning ishlari biroz o'xshamadi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика