So’nggi yangiliklar

15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  0 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  1 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  0 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  3 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  4 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  1 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  3 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  10

"Man Siti" - Amirliklar reklamasi. SHayxlarga dunyo ularning boyligini muhokama qilgani maqulroq Yangiliklar

"Man Siti" - Amirliklar reklamasi. SHayxlarga dunyo ularning boyligini muhokama qilgani maqulroq

11 yil ichida shayxlar “Man Siti”ni Angliyaning asosiy klublaridan biriga aylantirishdi: yorqin infratuzilma, Gvardiolaning “nozik didli” futboli hamda 13ta sovrin.

Kuni-kecha "shaharliklar" navbatdagi g'alabalarini nishonlashdi. Bu safar APL doirasida "Bornmut" jamoasi tor-mor etildi. Ishonchli o'yin, ishonchli g'alaba.

Ammo "Man Siti" faqatgina go'zallik va viqor degani emas. Ketma-ket g'alabalar zamirida – BAAning puxta o'ylangan rejasi yotadi. Klub shuncha pulni qaerdan olayotgani va homiylarga futbol nima uchun kerakligi haqida o'ylab ham ko'rmaymiz. Bu haqida o'ylasak-da, yana tezda esdan chiqaramiz.

“Bu uchinchi yoki to'rtinchi kuni sodir bo'lgandi: menga Britaniya tashqi ishlar vazirligidan hujjatlarni o'g'irlashni taklif qilishdi. Men sarosimaga tushib qoldim va dedim: “Agar buni istaganimda ham amalga oshira olmasdim, sababi u erda ishlamayman”.

Kamerada havo etishmayotgani va shundan nafasim tiqilib qolayotganini sezardim. Bir marta tushimga hatto o'zimni osib qo'yayotganim kirdi. Har safar meni bir binodan boshqasiga olib o'tishar ekan, qo'llarimni va ko'zlarimni berkitib bog'lab qo'yishardi. Bu haqda gapirmoqchi bo'lganimda esa oyog'imga ham kishanlar taqishardi”.

Bu Darem universiteti aspiranti Metyu Xedjes intervyusidan parcha. 2018 yil noyabr oyida uni Abu-Dabida umrbod qamoq jazosiga hukm qilishdi. Sabab, u Britaniya maxsus xizmat vakillariga BAA haqida maxfiy malumotlarni etkazib turgan. Xedjes ayblovni tan olmasdi: sayohati davomida ilmiy ish bilan band bo'lganini takidlardi. Qarindoshlarinining aytishicha, unga bu ayblarni tan olishni uqtirishgan, bu ish bermagach, qayriqonuniy sud jarayoni tashkillashtirilib, u bor yo'g'i 5 daqiqa davom etgan. Eng ajablanarlisi, Xedjesning advokati ham bo'lmagan. 

Xedjes panjara ortida 7 oy o'tirdi, keyin uni BAA prezidentining shaxsan o'zi Xalifa ibn Zayd al-Naxayon avf etdi. Angliyaga qaytgach, Metyu The Atlantic uchun kolonka yozib berdi. Unda u qamoqdagi davrida ko'rgan qiyinchiliklari, turli xil dorilar bermoqchi bo'lishgani, qo'shni xonalardagi daxshatli ovozlar va joniga qasd qilish fikri haqida o'rtoqlashdi.  

Xedjesni endi hibsga olishganda britaniyalik o'ta mashhur teleboshlovchi Pirs Morgan 1600 layk va 400 dan ortiq retvit qilingan tvitni yozib qoldirdi: u aspirant uyga qaytmagunga qadar boykot elon qilishni va “Man Siti” uchrashuvlariga bormaslikka chaqirgandi. Uning g'oyasini amalda ko'pchilik qo'llab-quvvatlamagan bo'lsada, mahalliy OAVni muxlislar klub va uning rahbariyatini himoya qilishi ajablantirgan.  

Xedjes va “Man Siti”ni nima bog'lab turadi?

Klub xo'jayini shayx Mansur – BAA qirollik oilasi azosi, davlat rahbarining yaqin qarindoshi. Mansur hech qachon faqatgina biznes bilan shug'ullanmagan. Yurtida u shuningdek, muhim davlat xizmatchisi hamdir: bosh vazir o'rinbosari va bevosita prezident maslahatchisi. 

“Man Siti” prezidentining ismi Xaldon al Muborak. U hatto shayx Mansurdan ham mashhurroq. Aynan al Muborak OAVda klub siyosati borasida fikr yuritadi va transferlarda ham bevosita ishtirok etadi. U AQSHning nufuzli universitetlaridan birida moliya va iqtisod bo'yicha talim olgan, bo'yi baland, kelishgan, qora ko'zoynak taqib yuradigan inson.

Al Muborak nafaqat “Man Siti” uchun muhim shaxs, balki dunyo bo'ylab BAAga foyda keltirishi mumkin bo'lgan loyihalarga pul tikadigan investiciya kompaniyasi “Mubadala”ning bosh direktoridir. Bundan tashqari, al Muborak hukumat lavozimiga ham ega. "New York Times" al Muborakni qirollik oilasining eng yaqin do'stlaridan biri va unga cheksiz ishonishlari haqida yozgan. 

Aytishlaricha, al Muborak klubda shayx Mansurdan ham ko'proq imkoniyatlarga ega. SHayx Mansur shunchaki klubning “yuzi”, amalda esa “Man Siti”da u hech narsani hal qilmaydi. Tanishing, shayx Mansurning akasi, Abu-Dabi amiri (eng boy amirlik) va voris shahzoda Muhammad bin Zayd al Naxayon. “Mubadala” kompaniyasi aynan unga tegishli. U BAAning harbiy sohadagi ishlariga javobgardir va aynan u cheksiz qudratga intilmoqda. "New York Times" al Muborakni rahbariyatning yaqin insoni deganda, al Muborak – shayx Zaydning o'ng qo'li ekanligini nazarda tutgan.

“Man Siti” uchun muhim boshqaruvchilardan yana biri – avstraliyalik Saymon Pirs, klub direktori va Abu-Dabi strategik aloqalar bo'limi boshlig'i, shayx Zayd va al Muborakning yaqin do'sti.

Makgixanning yozishicha, Pirs "Burson-Marsteller" piar-kompaniyasida nom chiqargan. O'sha vaqtlarda kompaniya ruminiyalik diktator Nikolay CHausheska, amerikaning “Blackwater” kompaniyasi va kimyo sanoati korporaciyasi "Union Carbide" bilan ishlardi. Pirs Abu-Dabining dunyo nigohida ideal ko'rinishi uchun javobgar. 2013 yil "City Football Group" (“Man Siti”ga egalik qiluvchi kompaniya, uning 89% akciyalari  Mansur va al Muborakning korporaciyalariga tegishli) brendi “Nyu York”ni sotib oladi. 

Ishbilarmonlar uchun hammasi ajoyibdek. Lekin Pirs media vakillari, biznes olami, va siyosatchilar tilida xaridor "City Football Group" emas, abu-dabilik “boyvochchalar” ekanligidan havotirga tushadi. Pirs bunda boylik, ayollar va Isroil mavzulari yana ko'tarilishi, bu esa arablarning ojiz nuqtasiligidan havotirda edi. Ushbu sanab o'tilgan punktlarning barchasi bo'yicha Evropa va butun dunyoning etirozlari mavjud. 

Mana sizga javob. Aynan shuning uchun amirliklar “Man Siti”dagi birinchi shahs qilib shayx Mansurni tanlaganlar. Bu qanchalik g'alati eshitilmasin, u eng sodda, chiroyli kostyumlar kiyib yuradigan, samimiy kula oladigan va shayx Zaydga o'xshab urushlarga aralashmagan. Klubni sotib olayotganda Mansurning odamlari u sportga juda qiziqishi, futbol jon-u dili ekanligini takidlashgan. Ammo o'tgan 11 yilda uni “Etixad”da bor yo'g'i 1 (!) marta ko'rishdi. Ajoyib-a?  

Lekin hozir aspirant Xedjesga qaytsak. “Man Siti” bosslari ona yurtida hurmatga egami? Albatta. Teleboshlovchi Morgan boshlamoqchi bo'lgan norozilik namoyishi Xedjes ishi bo'yicha qarorga tasir qila olganmi? Katta ehtimol bilan. Aynan shu erda bugungi “Man Siti”ning og'riqli nuqtasi ayon bo'lmoqda: ulkan harajatlar bilan erishilgan yutuq – bu faqatgina sport uchun emas. Bu erda siyosatning roli ham mavjud. Klub xalqaro maydonda BAAga bo'lgan etiborning, ishonchning ortishi, bevosita mamlakat imidjiga ijobiy tasir ko'rsatadi. SHu orqali BAA yangi siyosiy biznes hamkorlar topadi.

Klub BAAga biznes hamkorlar topishda yordam beradi. 2009 yil Al Muborak “Man Siti” deganda Abu-Dabi ko'z oldimizga kelishi kerak degan edi

Umuman olganda, shayxlar “Man Siti” Amirliklarni yuksaltirish kerakligini hech qachon yashirmaganlar. “The Wall Street Journal” Jonatan Klegg va Joshua Robinson “The Club” nomli kitobda Migel Deleynning gapidan iqtibos keltirganlar:

“SHayxlarning g'oyasi - bu Fors ko'rfazida ananaviy qadriyatlari asosida qurilgan global, jo'shqin va mehmondo'st millat qiyofasini yaratishdir. Amirliklar ajobiy nomli 2ta ochiq hujjatga ega: “Siyosiy kun tartibi” va “Abu-Dabining 2030 yildagi iqtisodiy ko'rinishi”. U erda farovonlik hamda baxtga erishishning asosiy uch vositasi haqida so'z boradi: Abu-Dabi sayyohlik mamuriyati, xalqaro “Etihad Airways” aviakompaniyasi va Abu-Dabining xalqaro sportdagi keng ishtiroki”.

Asosiy yo'nalishlar — turizm va sport — ularni birlashtirishga muvaffaq bo'lishdi. “Man Siti”ning asosiy hamkori “Etihad Airways”ning bosh direktori-strategik maslahatchisi (kompaniyaga shayx Mansurning akasi ham egalik qiladi) Piter Baumgartnerning aytishicha, Manchester aeroporti — Abu-Dabi va Buyuk Britaniyaning qolgan qismlari orasidagi muhim tranzit joy sanaladi. Bu nima uchun kerak? Buyuk Britaniya — BAA iqtisodiyotidagi eng yirik xorijiy investoridir. Hozirda u erda 6 mingga yaqin Britaniya kompaniyalari faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari, 120 mingdan ortiq britaniyalik BAAda istiqomat qiladi, tahminan yarim millioni esa — mamlakatga turist sifatida tashrif buyuradi.


2008 yil “Man Siti”ni sotib yuborganlar kelgusida nima bo'lishini tahmin qilishgan edi. Birinchi imzolanidigan bitimda Mansurning maslahatchisi Ali Jassim “Man Citi”ning o'sha paytdagi bosh direktori Garri Kukdan yoqimli so'zlarni eshitgandi: “Agar sizning xalqingiz jahon maydoniga chiqishni istasa, biz bu borada sizga yordam berishga tayyormiz.

Oradan atigi bir yil o'tib, katta xariddan so'ng, Xaldon al Muborak “The Guardian”ga bergan intervyusida shu narsani tan oldi: “Bu loyiha (“Man Siti”) bizning his-tuyg'ularimizni butun dunyoga etkazib beradi. U haqiqiy Abu-Dabini namoyon etadi. Klub Abu-Dabi bilan barcha narsada chambarchas bog'liq bo'lishini istaymiz: “vafodorlik, sadoqat, intizom, fikrlash, hurmat, tarixni qadrlash”.

Gigant sarmoyalar, ajoyib akademiya va premium infratuzilma - “Manchester Citi”ni Angliyadagi eng kuchli klubga aylantira oldi. “Sity Football Group” brendi haqiqiy imperiyaga aylandi: butun dunyo bo'ylab 9 (!) ta klubga uning sarmoyalari kiritilgan. Bu esa ular dunyoning istalgan chekkasidagi muhim insonlar bilan gaplashib, ishini hal qilishlarida katta yordam beradi. BAA faqat so'nggi 4 yil ichida Xitoy bilan 3,4 mlrd dollar miqdoridagi ikkita savdo bitimini amalga oshirdi, NASA bilan emiratlik kosmonavtlar tayyorlash borasida kelishuvga erishdi hamda Evropa Ittifoqi bilan 90 kungacha vizasiz sayohatlar to'g'risida shartnoma imzoladi.


“Futbol — dunyodagi eng mashhur sport turi hisoblanadi. Agar eng yaxshi jamoalardan biri BAAni jahonga yanada tanita olsa, bu narsa mamlakatning boshqa davlatlar oldidagi sifati va imidjini sezilarli darajada oshiradi, — dedi Dmitriy Frolovskiy.

BAA shaxsiy reklama uchun katta miqdorda pul ajratadi. Masalan, sayyohlik brendi sifatida mamlakatga pul tikadi, yuqori texnologiyalar markazi (misol uchun — butunjahon Expo-2020 taqdimoti), zamonaviy arxitektura markazi (masalan — dunyodagi eng baland osmono'par bino – “Burj Halifa”). “Man Siti” — ushbu PR-akciyaning ajralmas bir qismidir.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика