So’nggi yangiliklar

12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  2 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  1 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  4 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  10 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  6

Mamur Ikromov: “OCHLdagi debyut mavsumim men uchun katta tajriba bo'ldi” Yangiliklar

Mamur Ikromov: “OCHLdagi debyut mavsumim men uchun katta tajriba bo'ldi”

Bu yil “Lokomotiv” sharafini himoya qilgan Mamur Ikromov kuni-kecha OCHL-2016 qurasi haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

 33 yoshli darvozabon “temiryo'lchilar”ning guruhdan chiqish imkoniyatini yuqori baholayotganini alohida takidlab o'tdi. 

- Osiyo chempionlar ligasi uchun qura tashlash marosimini diqqat bilan kuzatib bordim. CHunki jamoamiz o'rin olgan olgan guruhga qaysi raqiblarning tushishi qiziq edi. O'ylaymanki qura biz uchun qulay keldi. Bilsangiz bu yil kuchli jamoalar bilan bitta guruhdan o'rin olgandik. Lekin kelasi yilgi raqiblarni u qadar kuchsiz deb bo'lmaydi. Bejizga ular ham o'z chempionatlarida yuqori o'rinlarni egallamagan. Buni bo'lajak uchrashuvlarda har bir klub isbotlashga urinishi turgan gap. Raqiblarimiz bilan tanishib chiqdim. Menimcha “A” guruhidan “Lokomotiv”ning keyingi bosqichga chiqish imkoniyati yuqori. To'g'ri bu osonlikcha amalga oshmaydi. Lekin xarakat qilib uddalasa bo'ladi. Eronning “Sepaxon” klubini guruhdagi favoritlardan biri deyish mumkin. Bu jamoada hamyurtimiz Fozil Musaev o'ynamoqda. Qiziqarli o'yin bo'lsa kerak ularga qarshi. Albatta har bir o'yinga jiddiy qarab, ularni sinchkovlik bilan kuzatib boramiz. Eng asosiy maqsad – avvalo guruhdan keyingi bosqichga chiqish bo'ladi. 


- Bu yil “Lokomotiv” safida Osiyo chempionlar ligasida debyut mavsumimni o'tkazdim. Bungacha jamoalarimiz ishtirokidagi o'yinlar orqali ushbu musobaqani kuzatib borardim. Futbodagi asosiy maqsadlarimdan biri ham – OCHL o'yinlarida ishtirok etish edi. Yaratgan shukur, joriy mavsum bunga erishdim. Osiyoning taniqli va shu bilan birga kuchli klublariga qarshi o'ynadim. Bu men uchun katta tajriba bo'ldi. Mahoratimni yanada oshirdim. Nasib qilsa kelasi yil ham bundanda yaxshiroq o'yin ko'rsatishga intilaman. 

- “Lokomotiv”da o'tkazgan bu yilgi mavsumimdan ko'nglim to'ldi deya olaman. CHempionat uchrashuvlarida jami 13ta o'yin o'tkazdim. Menimcha bu normal xolat. O'zingizga yaxshi malum, jamoada mendan tashqari Ignatiy Nesterov ham bor. O'zbekistondagi birinchi raqamli posboni deb bilaman uni. Albatta Nesterovdek tajribali posbon bilan mashg'ulot o'tkazish bilan birga, chempionatda 13ta o'yin o'tkazish o'zim uchun ijobiy natija deb baholayman - deydi Mamur Ikromov.

Islombek Rustambekov.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика