Mamazulumov oliy ligadagi 50-golini urdi
02 noy 2013 11:41
Yangiliklar

Mamazulumov oliy ligadagi 50-golini urdi
Mo'ydin Mamazulumov oliy ligada 2009 yildan buyon o'ynab kelmoqda.
Futbolchi oliy liganing 24-turidan o'rin olgan "Olmaliq" - "Guliston" 5:3 uchrashuvida o'zining O'zbekiston chempionatlaridagi 50-golini urdi.
Mamazulumov 2009-2011 yillarda "Olmaliq" safida jami 36ta gol urgandi. O'tgan yil dastlabki davrada "SHo'rtan" tarkibida ikkita gol urdi, ikkinchi davrada esa "Andijon" sharafini himoya qilib ikkita to'p kiritdi.
Bu yilgi mavsumi hujumchi "Olmaliq" tarkibida boshladi va atiga bitta gol urib davralar oralig'ida "Guliston"ga ko'chib o'tdi. Mamazulumov ikkinchi davrada hozirga qadar 9ta gol urdi.
Futbolchi oliy ligada bugungi kunga qadar 114ta o'yinda maydonga tushib 50ta gol urdi.
Narzulla Saydullaev.

Fikrlar