Mamadu Ndiae O'zbkistonga qarshi o'ynamaydi
11 iyu 2015 15:18
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/175053_original.jpg)
![](/upload/storage/175053_220.jpg)
Mamadu Ndiae O'zbkistonga qarshi o'ynamaydi
Yangi Zelandiyada davom etayotgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatining chorak finalida O'zbekiston U20 terma jamoasi Senegal U20 ga qarshi maydonga tushadi.
Nimchorak finalda afrikaliklar Ukraina yoshlarini penaltilar seriyasida mag'lubiyatga uchratdi. O'sha o'yinda Senegalning 12 raqamdagi o'yinchisi Mamadu Ndiae o'zining mundialdagi ikkinchi sariq kartochkasini oldi va chorak finalda vakillarimiz bilan o'yinni o'tkazib yuboradi. Malumot uchun u Senegalning JCHdaga to'rtta o'yinida ham asosiy tarkibda maydonga tushgan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U20 tarkibida esa Doston Xamdamov ikkita sariq sabab chorak final o'yinini o'tkazib yuboradi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U20 tarkibida esa Doston Xamdamov ikkita sariq sabab chorak final o'yinini o'tkazib yuboradi.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar