Malkomning onasi o'g'lining irqchilikka uchragani borasidagi savolga javob berdi
06 avg 2019 14:23
Yangiliklar


Malkomning onasi o'g'lining irqchilikka uchragani borasidagi savolga javob berdi
"Zenit" yarim himoyachisi Malkomning onasi Flaviya de Oliveyra o'g'lining "Krasnodar"ga qarshi uchrashuvida uning nomiga irqchilik bilan bog'liq hayqiriqlar aytilmagani haqida aytdi.
- Men yangiliklardan bu xabarni o'qishim bilanoq bu haqiqat yoki yolg'onligini bilish maqsadida undan so'radim. U birdan menga "Qanaqa haqiqat?" deya javob qildi. Malkom "Zenit"ning chaqiruvidan va prezident Aleksandr Medvedevdan juda ham mamnun. U hattoki menga rus tilini o'rganmoqchi ekanligini aytdi. U kecha kun davomida ko'chada erkin sayr qildi, - deydi de Oliveyra.
Oldinroq, yangi o'yinchini piterlik muxlislar yaxshi kutib olmagani va irqchilik munosabatida bo'layotgani haqida xabarlar yangragan edi.
Malkom irqchilik tufayli yanvardayoq "Zenit"dan ketishi mumkin
O’xshash yangiliklar

Fikrlar