So’nggi yangiliklar

13:08Аёллар ОЧЛ саралаш босқичига қуръа ташланди. Бу баҳсларда қайси жамоамиз иштирок этади?  0 12:5836 ёшли Ракитич Гаттузо, Перишич ва Калинич бор Хорватия клубига ўтади  1 12:34Клопп Англияга рад жавобини берди  2 12:01ПСЖ Осимхен учун икки ҳужумчидан бирини танлаши керак  2 11:47"Бунёдкор" Тошкентда учта ўртоқлик учрашуви ўтказади. Рақиблардан бири терма жамоа  2 10:45ПСЖ икки нафар супер трансфер бўйича келишувга эришди — Фабрицио Романо  6 10:13«Арсенал» Европа чемпионини сотиб олмоқчи  1 09:45«Барселона» собиқ футболчиси ярим йиллик Саудия Арабистонидаги фаолиятидан сўнг Европага қайтмоқчи  6 09:18Англия терма жамоасини бошқариш учун асосий номзод номи маълум  4 08:50ОКМК сафида албаниялик легионер кўрикдан ўтмоқда  2 08:21Мессига гапирган гапи учун Аргентина вазир ўринбосари ишдан олинди  18 07:57Қорақалпоғистонда жойлашган «Турон» стадиони халқаро стандартларга мос реконструкция қилинади  10 07:28Бугун Ўзбекистон ОТЖ олимпиададан олдин сўнгги назорат учрашувида майдонга тушади  18 01:35Ташкилотни кескин танқид қилган Марсело Бьелсага КОНМЕБОЛ томонидан иш очилди  7 01:15Расман: Моуринью бошқарувидаги "Фенербахче" Сен-Максименни ижарага олди  2

U-17 Jahon chempionati. O'zbekiston birinchi turda Maliga yirik hisobda mag'lub bo'ldi Yangiliklar

U-17 Jahon chempionati. O'zbekiston birinchi turda Maliga yirik hisobda mag'lub bo'ldi

U-17 Jahon chempionati guruh bosqichidan o'rin olgan Mali - O'zbekiston uchrashuvi bo'lib o'tdi.


U-17 Jahon chempionati. Guruh bosqichi. 1-tur

MALI - O'ZBEKISTON 3:0 (TUGADI)

Surakarta. "Manahan" stadioni. 

Hakamlar: Texera Gustavo, Barrerio Karlos, Nievas Andres (Urugvay), Aranda Aprismanga (Indoneziya)

Gol: Mamadu Dumbiya (Usmon Diarra) 30, 1:0, Mamadu Dumbiya (penalti) 72, Mamadu Dumbiya 3:0

Mali: 1. Burama Kone, 2. Musa Traore, 5. Issa Traore, 3. Hamidu Makalu, 4. Sulaymon Sanago (18. Musa Diop,89), 6. Seku Kone, 10. Ange Tia Martial (14. Usmon Tiero, 74), 15. Baye Kulibali, 11. Ibrohim Kanate, 17. Mamadu Dumbiya (9. Salif Lientu,89), 8. Usmon Diarra (19. Muhammad Barriy, 89)

Zaxira: 16. Sidibe Diguine, 21. Seriba Dumbiya, 7. Madibo Sissoko, 12. Gaussu Kone, 13. Badra Traore,  20. Usmon Diarra

O'zbekiston: 21. Muhammadyusuf Sobirov, 19. SHerzod Abdulboriev, 20. Dilshod Abdullaev, 6. Ozodbek O'ktamov (15. Ozodbek Ergashov, 53), 13. Behruz Jo'matov (2. Aminbek Yoqubov,90+5), 5. Azizbek To'lqinbekov, 3. Yahyo O'rinboev ( 16. Muhammadali Reimov,46), 17. Ollabergan Karimov (18. Jasur Hikmatullaev, 85) 9. Amir Saidov, 14. SHodiyor SHodiboev (11. Quvonchbek Abraev, 85),7. Lazizbek Mirzaev

Zaxira: 1. Jahongir Bo'riev, 12. Jahongir Mamatqulov,  4. Behruzjon Karimov, 8. Behruz SHukurullaev, 10. Abdulhamid Turg'unboev, 


 MATNLI TRANSLYACIYA

Uchrashuv yakunlandi. 

90+7.O'zbekiston pressingni amalga oshirdi. Nihoyat sal bo'lsa ham ishonch bilan oldinga o'tishni boshladik. So'nggi 10 daqiqada 3ta burchak zarbasi ishlandi. 

90+4. O'ZGARISH. Behruz Jo'matov o'rniga Aminbek Yoqubov tushdi. 

90+3. Vakillarimiz oldinga o'tdi. Ortga yo'l yo'q. Yo'qotiladigan hech narsa ham qolmagan. 

90. Ikkinchi bo'limga 10 daqiqa qo'shib berildi. 

85. O'ZGARISH. SHodiboev va Karimov o'rniga Abraev va Hikmatullaev o'yinga qo'shildi. 

84. Diarradan yana bir zarba. Noaniq. 

82. Qaror qabul qilindi. Gol hisobga olindi. 

80. O'yin hali ham to'xtab turibdi.

76. Hakam yana VARni tinglamoqda. Gol hisobga olinadimi? Futbolchi o'yindan tashqari holatda qolgan, degan taxmindaman. 

75. GOL. O'yin taqdiri amalda hal bo'ldi. Dumbiya jamoadoshining qanotdan uzatgan to'pini darvozaga kiritib qo'ya qoldi, o'zi ham kirib ketay dedi, 3:0

72. GOL. Darvozabonimiz to'p yo'nalishini topdi. Biroq zarba kuchli edi. Mamadu Dumbiya zarbani aniq ijro etdi, 2:0

70. PENALTI. Jumatov bu vaziyatda qoidani buzgan deb topildi. Muhammadyusuf Sobirovga omad tilaymiz. 

68. Behruz Jo'matov raqib futbolchisiga qo'pollik ishlatgan bo'lishi mumkin. Lekin undan avval Ollabergan Karimovga ham qo'pollik ishlatilgandi-ku?

66. Mali yana hujumga o'tdi. Konate jarima maydonchamizda yiqildi. Hakam VARni o'zi ko'radi. 

64. O'yin davom etadi. 

62. Mali yana xavfli hujum tashkil qildi. Ibrohim Konate katta tezlikda jarima maydonchamizga kirib bordi va darvozabonimiz bilan to'qnash keldi. Hakam VARni eshitmoqda. 

59. Mali futbolchilari juda va juda qo'pol o'ynayapti. 

57. ZARBA. Bu safar Tia Martial zarba berdi. To'p darvoza to'sini yonidan o'tib ketdi. 

55. ZARBA. Usman Diarra birin ketin himoyachilarimizni aldab ochiq zona orqali zarba berdi. Darvozabonimiz murakkab zarbani qaytardi. Balli Muhammadyusuf!

52. Dumbiya himoyachilarimizdan qochib ketib jarima maydonchasi ichida xunar ko'rsatdi. Bu penalti emas. Hakam ham unga qarab: "Tur o'rningdan, erkakka o'xshab futbol o'yna",- dediyov. 

50. Darvozabonimizning xatosidan so'ng Dumbiya zarba yo'lladi. Ha, Mali bizni yana ancha qiynaydiganga o'xshaydi. 

49. ZARBA. Yana o'sha Kanate. Uning zarbasi noaniq chiqdi. 

48. Ikkinchi bo'lim ham Malining hujumlari bilan boshlandi. Konatening zarbasi noaniq chiqdi. 

46. O'ZGARISH. O'zbekiston Yahyo O'rinboev o'rniga Muhammadali Reimov tushdi. 

Ikkinchi bo'lim. 

Tanaffus

45+6. Mali o'smirlarimizni maydon markazidan o'tkazayotgani yo'q. 

45. Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi. 

45. Darvozamiz oldida xavfli vaziyat. Bu Mali o'smirlar terma jamoasimi? 

38. ZARBA. Ibrohim Konate 17 metrlardan zarba yo'lladi. Xavfli lekin noaniq. 

36. O'yin davom etadi. Vaziyatni o'nglash uchun vaqtimiz etarli. 

30. GOL. Mali yakunda baribir darvozamizni ishg'ol qildi. Mamadu Dumbiya himoyamizdagi tartibsizlikdan so'ng zarba yo'llab hisobni ochdi. Diarra O'ktamovdan kurashda o'tib ketdi va to'pni Dumbiyaga tashlab berdi. U esa vaziyatdan foydalandi. 

27. Jamoalarga suv ichib olish uchun 1 daqiqalik tanaffus berildi. 

26. Mali yana darvozamizga yaqinlashdi. Tezroq o'yinni qo'lga olmasak qiynalamiz. 

21. SEEYV. Muhammadyusuf Sobirov Dumbiyaning kuchli zarbasini bartaraf etdi. Maliga gol urishi uchun imkoniyat berib qo'ymoqdamiz. O'yinni o'zgartirishimiz kerak. 

20. O'zbekiston to'p nazoratini qo'lga olishi kerak. To'psiz o'ynash ikki hissa kuch talab qiladi. 

19. Malilik futbolchi O'rinboevga nisbatan qo'pol o'ynadi. Hakamdan og'zaki ogohlantirish ham eshitib oldi. Keyingisi sariq. 

17. Barchasi joyida hech qanday muammo yo'q. O'yin davom etadi. 

16. O'yinda kichik to'xtalish. 

14. O'zbekiston hozircha himoyalanmoqda. O'yindagi ustunlik Mali tomonida. Himoyachilarimiz Diarraga zarba berishga yo'l qo'ymadi. 

8. ZARBAAA. Lazizbek Mirzaev chap qanotdan oldinga o'tib zarba yo'lladi. Uning zarbasini malilik posbon qaytardi. Balki yana biroz oldinga yurish kerakmidi. 

4. Hujum qilish navbati Maliga. Himoyachilarimiz ortiqcha qo'polliksiz xavfni bartaraf etdi. 

3. O'zbekiston so'nggi 2 daqiqada raqib darvozasi tomoni ikki marotaba yurish qildi. Vakillarimizning bosimi natijasida raqib himoyasida sarosima kuzatildi. 

2. Xavfli vaziiyayayat. Jumatovning uzatmasidan so'ng Saidov darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borayotgandi. Malilik posbon bu erda chaqqonroq chiqdi. 

O'yinga start berildi. To'pni vakillarimiz o'ynga kiritib berdi. 

- Uchrashuv boshlanishiga barcha narsa shay. Biz ham tayyormiz, olg'a O'zbekiston! 

- Navbat O'zbekiston terma jamoasiga. Vatan madhiyasi yangraganda butun vujudimiz madhiyaga jo'r bo'lgisi keladi. Madhiyani maromiga etkazib aytmoqdamiz. O'yinda ham barchasini maromiga etkazamiz, deb o'ylaymiz. 

- Mali jamoasi madhiyasi yangramoqda. 

- Surakarta. "Manahan" stadioni bugungi o'yinga mezbonlik qiladi. Stadion suxandoni mamnuniyat bilan jamoalarni maydonga chiqib kelishini elon qildi. 

- Assalomu alaykum vatan terma jamoasini qo'llab-quvvatlashga shay holatda turgan futbol shinavandalari. O'smirlarimiz Jahon chempionatidagi yurishini bugun Maliga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. 

Reyting: -27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика