So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  23 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  78 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  10 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  21 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

Maldiv orollari terma jamoasi haqida u erda ikki mavsum to'p tepgan hamyurtimiz Ahror Umarjonov qanday fikrda? Yangiliklar

Maldiv orollari terma jamoasi haqida u erda ikki mavsum to'p tepgan hamyurtimiz Ahror Umarjonov qanday fikrda?

8-14 iyun kunlari O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi-2023 caralash doirasida Maldiv orollariga qarshi maydonga tushadi.

Mazkur mamlakat borasida bizda aytarli malumotlar yo'q. SHunday bo'lsa-da, ushbu ekzotik yurt va uning chempionatida o'ynagan hamyurtlarimiz fikrlariga quloq tutdik.

- Ahror, siz o'ynagan vaqtda Maldiv orollari chempionatida nechta jamoa ishtirok etgan?
- Men ikki mavsum o'ynaganman. Dastlab “Iglz” va keyinchalik “Da Grande” klublarida. O'sha paytlari Maldiv orollari Oliy ligasida 9ta jamoa ishtirok etgan.

- CHempionat qachon boshlanar va qachon o'z poyoniga etardi?
- Asosan dekabr oylarida boshlanardi. Yakun esa iyul va avgust oylariga to'g'ri kelardi. O'rtada terma jamoalar o'yinlari sababli bazida cho'zilishi ham mumkin edi.

- Jamoalarning barchasi bitta stadionda to'p tepishlari rostmi?
- Albatta. CHunki mamlakat juda kichkina. Qolaversa, barcha Oliy liga ishtirokchilari poytaxt – Male shahrida istiqomat qilishadi. SHu erdagi suniy qoplamali o'yingohlarda mashg'ulotlar o'tkazishadi. Asosiy stadion esa tabiiy bo'lib, holati juda yaxshi deya olaman.



- Klublar qaysi tashkilotlar tomonidan moliyalashtiriladi?
- Barcha klublar mamlakat futbol federaciyasi tomonidan moliyalashtiriladi.

- Legionerlar limiti qanday?
- Limit doimgidek, 3+1 shaklida. Ular ham o'z ehtiyojlariga ko'ra, 3 yoki 4ta xorijlik futbolchining xizmatiga tayanadi.

- Legionerlar tanlashda klublar asosan qaysi qita vakillariga etibor qaratishadi?
- Evropaliklarga etibor katta. O'z oldiga yuqori maqsad qo'ygan jamoalar asosan evropalik ijrochilarni olib kelishga intiladi. Qolganlar afrikalik, bazilari esa misrliklarni afzal ko'rishadi.

- Maldiv terma jamoasi ishtirokidagi o'yinlarni bevosita stadiondan kuzatganmisiz?
- Ha, albatta. Adashmasam, terma jamoa ishtirokidagi taxminan 10ta uchrashuvni kuzatib borganman.



- Terma jamoa azolari futboldan tashqari boshqa sohada ham ishlaydimi?
- Yo'q. Qolgan futbolchilar esa bank, policiya va turli boshqa sohalarda o'zlarini sinab ko'rishadi.

- Maldiv futbolining yutug'i nimada?
- Futbolchilari jismoniy holatdan ko'ra, texnikaga ko'proq etibor qaratadi. Deylik, texnikasi yaxshi bo'lgan iqtidorli o'yinchilari bor. Buni terma jamoa misolida ham ko'rish mumkin.


Samandarbek suhbatlashdi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика