Maldini: "Ibragimovich bilan yo'llarimiz birga davom etadi"
02 avg 2020 12:51
Yangiliklar
Maldini: "Ibragimovich bilan yo'llarimiz birga davom etadi"
"Milan" sport direktori Paolo Maldini hujumchi Zlatan Ibragimovich bilan shartnomani uzaytirish borasidagi holat haqida gapirdi.
"Ushbu mavsumda biz talab qilingan narsalarning ayrimlarini bajara oldik. Zlatan loyihamizning bir qismi hisoblanadi. U bilan muzokaralar o'tkazish kerak, aniq ayta olaman, Zlatan bilan yo'llarimiz birga davom etadi. Ibragimovich hujumda ekan, biz o'yinni xotirjam ko'ramiz. Aynan Zlatanni ko'rib, yosh futbolchilarimiz ham rivojlanmoqda", - dedi Maldini.
38 yoshli Ibragimovich "Milan" bilan shartnomasini 1 yilga uzaytirib, unda 5 mln evro maosh olishi mumkinligi malum qilingandi.
Fikrlar