So’nggi yangiliklar

00:21Миржалол Қосимов: "Захирадан ўйинга қўшилган футболчилар ҳар доим ўйинни кучайтириши керак. Дориев яримта вазиятдан ҳам гол ура олди"  0 00:15Суперлига. Голларга бой ўтган баҳсда ОКМК ғалаба қозонди, "Динамо" эса қўшиб берилган дақиқаларда ғалабани илиб кетди  1 23:58Иван Бошкович: "Биз қандай ўйин намойиш этганимиз ҳеч кимга қизиқ эмас, муҳими натижа"  2 23:31РПЛ. ЦСКА ўз уйида "Крилья Советов"ни енга олмади, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  6 23:02Вадим Абрамов: "Бундай кўп тўхталишлар мухлисларга ёқади деб ўйламайман"  8 22:51"Арсенал" бразилиялик ярим ҳимоячига қизиқиб қолди  1 22:24АПЛ. "Ливерпуль" Александер-Арнольднинг голи эвазига меҳмонда "Лестер"ни мағлуб этди  11 22:03U-17 Осиё кубоги. Ўзбекистон 9 киши қолиб чемпион бўлди  738 21:54Озарбайжон Премьер-лигаси. "Сумқайит" меҳмонда "Зира"га мағлуб бўлди, Абдихолиқов гол урди!  2 21:22Айбек Нурбаев: "Футболчиларим билан фахрланаман"  0 21:05Григорий Колосовский: "Катта ҳудудий устунликка эга бўлдик"  1 20:58Симонс "Барса"да ўйнашни орзу қилади, аммо Хави ёзда катта эҳтимол билан АПЛга кетади. "Лейпциг" тахминан 75 млн евро олади  3 20:08Суперлига. 100 дақиқадан ошиқ давом этган ўйинда "Динамо" охирги паллада "Андижон"га гол уриб ғалаба қозонди  154 20:00Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" ўз уйида ғалабага эришди, Алиқулов тўлиқ ҳаракат қилди  1 20:00А Серия. "Интер" "Болонья"га мағлуб бўлди, "Милан" ва "Аталанта" ўзаро баҳс олиб боради  1

Malayziyadagi o'zimizning To'raev! Yangiliklar

Malayziyadagi o'zimizning To'raev!

Xabaringiz bor, bir qator futbolchilarimiz ayni paytda Malayziya chempionatida to'p surishmoqda.

U erga ketgan o'yinchilarimiz terma jamoamizda o'ynagan, o'yin saviyasi bo'yicha yaxshigina malakaga ega bo'lgan futbolchilardir. Bunga Lutfulla To'raevni misol keltirishimiz mumkin. U “Lokomotiv” jamoasi tarkibida etakchilardan biri edi. SHunga qaramasdan, Malayziyadan tushgan taklifga ijobiy javob berdi.

Malayziyadagi hayoti

Faoliyatida ilk bor legioner maqomida o'ynayotgani uchun Lutfulla To'raevning bugungi kundagi Malayziyada kechirayotgan hayoti qay tarzda davom etayotganini bilish biz uchun qiziq edi. U esa yangi mamlakatda o'zini baxtli his qilayotganini aytdi.

- Hozir o'zimni Malayziyada baxtliman deb hisoblay olaman. Klubda ham meni juda yaxshi kutib olishgan. Yangi muhitga ancha ko'nikib ketdim. Hozirgi chog'da jamoamiz turnir jadvalida birinchi o'rinda boryapti. “Felda Yunayted”ni eng yuqori o'rinda ko'rish juda ajoyib. Oldimizga esa shunga yarasha jiddiy vazifalar qo'yilgan. Malayziyada meni ajablantirgan deya olmayman-u, ammo bu erda futbolga bo'lgan etibor va muhit juda yaxshi ekan. Ochig'i, buni kutmagandim. Mahalliy aholining ushbu sport turiga bo'lgan qiziqishi yuqori darajada. O'yinlar esa asosan kechki 9 da boshlanadi. Go'yoki, evropacha muhit hukm surayotganga o'xshaydi. Nazarimda, “Felda” O'zbekiston chempionatida qatnashsa kuchli oltilik uchun kurasha oladi. Muhimi, bu klub “Lokomotiv” singari o'z oldiga hamisha yuqori maqsadlarni qo'yadi.


Dastlabki paytdagi muammo

Gap shundaki, To'raevning Malayziyaga yo'l olgan chog'ida ayrim muammolar yuz bergani haqida malumotlar paydo bo'lgandi. CHunki erta bahorda Kamoliddin Murzoev ana shunday tushunmovchilik tufayli Malayziyadan qaytib kelgandi. O'sha paytlarda Lutfulla ham ushbu mamlakatga yo'l olgandi. Bu borada futbolchining o'zi shunday dedi:

- Mening Malayziya chempionatida to'p surishimni ayrim kishilar xohlashmagandi. Sababi shuki, mening o'rnimga o'z o'yinchilarini o'ynatishmoqchi edilar. Ammo “Felda Yunayted” murabbiylari o'yinimni ko'rish uchun atayin Toshkentga kelishgandi. SHu bois mazkur jamoa safiga qo'shilishimda jiddiy muammolar bo'lmadi. Men uchun o'sha paytdayoq bunday mash-mashalar tugagandi, boshqalar uchun esa bilmadim. To'g'risi, katta muammolar yuz bermagani yaxshi bo'ldi. Eng asosiysi, klub murabbiylari Toshkentga kelib o'yinimni ko'rib ketishgandi. Agarda bunday bo'lmaganida men hozir ham O'zbekistonda o'ynayotgan bo'lardim. Hozircha klub bilan bir yillik shartnoma tuzganman. Qolganini esa vaqt ko'rsatadi.


Legionerlarga talab va sharoitlar to'g'risida

Har qanday o'yinchi uchun boshqa mamlakat chempionatida to'p surish katta mashaqqatlarni talab qiladi. Avvalo u legioner maqomiga ega bo'lgani uchun undan yuqori darajadagi maksimal o'yinni kutishadi. Albatta, yaratilgan sharoitlar futbolchini qoniqtirishi kerak va shunga yarasha o'yinchi ham o'zini ko'rsatish harakatida bo'ladi. Buni esa Lutfulla To'raev ham yaxshi tushunib turibdi.

- Legioner bo'lib o'ynash nihoyatda qiyin, hech qachon oson deb o'ylash kerak emas. U doim mahalliy o'yinchilardan kuchli ekanligini isbotlashi zarur. SHunga yarasha xorijlik futbolchilardan hamma vaqt talab kuchli bo'ladi. Ikkilanmasdan aytishim mumkinki, biz kabi legionerlar ikki barobar ko'proq mehnat qilishga majburmiz. “Lokomotiv”dan ko'ra bu erda yanada mashaqqatliroq bo'lyapti deb aytmagan bo'lardim. Har safar qaysi jamoada o'ynashimdan qati nazar o'z oldimga qo'yilgan vazifani ado etishga o'rganganman. Men faqat futbol haqida o'ylayapman. Bu erda hamma sharoitlar bor. SHu bois futbol o'ynashdan boshqa narsa haqida o'ylamaysiz. Bu erdagi hayotga o'rganib qoldik, oilamga ham Malayziya juda yoqdi. Klub tomonidan menga alohida uy va “Honda sitti” rusumidagi mashinani berishgan.


Terma jamoa va Malayziya chempionatining saviyasi xususida

U milliy terma jamoamiz safida ham o'ynaganini muxlislarimiz yaxshi bilishadi. Yaqinda esa jahon chempionati uchinchi saralash bosqichiga qura tashlandi. SHu sababli To'raev bu borada ham o'z munosabatini bildirib o'tdi.

- SHu o'rinda terma jamoamiz haqida ham to'xtalib o'tmoqchiman. Vakillarimizni jahon chempionatining uchinchi saralash bosqichiga chiqqani bilan tabriklayman. Qura xususida to'xtaladigan bo'lsam, o'ylashimcha, biz uchun raqiblarni kuchli yoki kuchsiz sifatida tanlash vaqti o'tib ketdi. Hozir terma jamoamiz guruhda istalgan raqibini mag'lubiyatga uchratish imkoniyatiga ega. Futzalchilarimizni ham jahon chempionatiga chiqqani bilan tabriklayman. Umid qilamanki, milliy terma jamoamizni ham mundial ishtirokchisiga aylangani bilan tabriklash imkoniga ega bo'lamiz. Meni “Lokomotiv”da o'ynayotganimdayoq terma jamoaga chaqirishmayotgandi. Ammo yana bosh jamoamizda to'p surishimga umidim va ishonchim bor. Ko'pchilik Malayziya chempionatining saviyasi past deb o'ylashadi. Ishonasizmi, men ham bu erga kelmasimdan oldin mahalliy futbolining saviyasi kuchsiz deb o'ylardim. Biroq endi bunday fikrni umumun aytmay qo'ydim. CHunki Malayziyaga kelganimdan so'ng futbol saviyasi borgan sari rivojlanib borayotganini ko'ryapman. SHu bois uning chempionatini kuchsiz deyish uchun menda asoslar yo'q. Bu erga tavakkal qilib kelgandim desam ham bo'ladi va adashmagan ekanman.   


FIRDAVSXON  

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика