So’nggi yangiliklar

18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  0 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  1 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  0 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  2 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  1 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  0 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  9 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  26 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1

Malayziyada darvoza ortidagi hakamlar uchun OFK seminari boshlandi Yangiliklar

Malayziyada darvoza ortidagi hakamlar uchun OFK seminari boshlandi

Teglar :  HakamlarOFK
Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida bugun, 11 iyul kuni Additional Assistant Referees (AAR) – darvoza ortidagi qo'shimcha hakamlar uchun OFK seminari start oldi.
Mazkur seminarda jami 40 nafar osiyolik referilar qatnashdi. O'zbekistonlik hakamlardan Ravshan Ermatov, Valentin Kovalenko, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov va Ilgiz Tantashev ishtirok etdi. O'zbekistonlik mutaxassis Farhod Abdullaev barcha seminar ishtirokchilariga instruktorlik qildi.

Malumot uchun, darvoza ortidagi hakamlar jarima maydonchasida bahsli holatlar hamda to'p darvoza chizig'ini kesib o'tgan-o'tmagani bo'yicha bosh hakamga qaror qabul qilishda yordam beradigan qo'shimcha hakamlar sanaladi.

Darvoza ortidagi hakamlar tizimi OFK Hakamlar qo'mitasi tomonidan 2016 yilning sentyabr oyida maqullangan edi. Amalda esa mazkur tizim birinchi marta 21 avgust kuni bo'lib o'tadigan “Al-Ayn” (BAA) va “Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni) klublari o'rtasidagi OCHL–2017 turniri chorak final ilk o'yinida sinovdan o'tkaziladi.

Avvalroq Ilgiz Tantashev OCHL–2017 chorak final ilk o'yinidan o'rin olgan hamda 22 avgust kuni o'tkaziladigan “SHanxay SIPG” (Xitoy) – “Guanchjou Evergrand” (Xitoy) o'yinida darvoza ortidagi hakam vazifasini bajarishi haqida xabar berilgandi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekistonda darvoza ortidagi hakamlar birinchi marta shu yilning aprel oyida, O'zbekiston Birinchiligi 3-turidan o'rin olgan “NBU-Osiyo” –  “Zomin” (1:3) o'yinida sinovdan o'tkazilgandi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика