Malayziya. To'xtasinovdan debyut gol, "Terengganu"dan 8:0
14 avg 2023 21:43
Yangiliklar


Malayziya. To'xtasinovdan debyut gol, "Terengganu"dan 8:0
Biroz oldin Malayziya Superligasining 20-turidan o'rin olgan "Kelantan" - "Terengganu" uchrashuvi yakuniga etdi.
Unda mehmonlar katta tashabbusga ega bo'lishdi va 8:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Gollardan biriga o'zbekistonlik yarim himoyachi Nurillo To'xtasinov mualliflik qildi. Bu To'xtasinov uchun "Terengganu" safidagi ilk gol bo'ldi.
"Terengganu" Malayziya Superligasida 20ta o'yindan 32 ochko to'plab, musobaqa jadvalining 6-pog'onasida bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar