Malayziya Bahrayn bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
17 iyu 2020 10:36
Yangiliklar


Malayziya Bahrayn bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
Malayziya terma jamoasi to'xtab qolgan JCH-2022 saralash bosqichidan oldin o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
2 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan o'yinda malayziyaliklar Bahraynga qarshi bahs olib borishadi. Bu BAA bilan kechadigan o'yindan oldin o'ziga xos tayyorgarlik vazifasini o'taydi.
Ayni paytda Malayziya o'z guruhida 9 ochko bilan ikkinchi o'rinda boryapti. Peshqadam Vetnam hisobida 11 ochko bor. Bahraynga qarshi o'rtoqlik o'yini Manamada tashkil etiladi. Bahrayn ham o'z guruhida 9 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Guruh peshqadami Iroq esa 11 ochko to'plagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar