So’nggi yangiliklar

15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  0 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  1 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  3 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  1 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  9 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1

Maktab o'quvchilari uchun “Bunyodkor” stadioniga ekskursiya uyushtirildi Yangiliklar

Maktab o'quvchilari uchun “Bunyodkor” stadioniga ekskursiya uyushtirildi

Teglar :  BunyodkorO'FA
O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan yurtimizda futbolni rivojlantirish va ommalashtirish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2018 yil 16 martdagi PQ-3610-sonli “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga asosan Toshkentdagi “Bunyodkor” stadioni O'zbekiston futbol associaciyasiga o'tganidan keyin stadionda “Ochiq eshkilar” tadbirlari o'tkazilmoqda. O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonovning topshirig'iga ko'ra stadion stadion eshiklari doim ochiq bo'ladi.

Yurtimiz aholisi va mehmonlari uchun stadionga istalgan vaqtda kelib, o'zbek futboli tarixi va yutuqlari bilar tanishish uchun imkoniyatlar yaratiladi.


Bugun Toshkent shahar CHilonzor tumanidagi 138-sonli o'rta maktabning o'quvchilari uchun “Bunyodkor” stadioniga sayohat uyushtirildi.

Sayohat davomida stadion mamurlari yosh futbol muxlislariga stadionning diqqatga sazovor joylarini, jumladan, “Bunyodkor” klubi muzeyini ko'rsatishdi, o'quvchilarning qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berishdi.

Sayohat so'nggida O'FA xodimlari tomonidan bolajonlarga Futbol Associaciyaning esdalik sovg'alari ulashildi.

Bu kabi sayohatlar kelgusida yana davom etadi. Respublikamizning barcha hududlaridagi futbol muxlislari, ishqibozlar, talabalar, maktab o'quvchilari, jajji bolakaylar uchun stadion bo'ylab ekskursiyalar tashkil qilinadi.

SHuningdek, yurtimizga tashrif buyuradigan chet ellik sayyohlarni “Bunyodkor” stadioniga olib kelish va ularni o'zbek futboli bilan yaqindan tanishtirish bo'yicha chora-tadbirlar amalga oshirib boriladi.



Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика