Maksvell: "Ibragimovich doimo PSJga kelgan ilk kunidagidek shug'ullanadi"
07 fev 2016 17:43
Yangiliklar
Maksvell: "Ibragimovich doimo PSJga kelgan ilk kunidagidek shug'ullanadi"
PSJ himoyachisi Maksvell parijliklar yosh hujumchilariga mashg'ulotlarga Zlatan Ibragimovich kabi munosabatda bo'lish kerakligi haqida maslahat berdi.
"Albatta, yoshlarga oson emas, chunki ular o'zi xohlagandek ko'p o'ynamaydi, ammo futbolda hammasi tez o'zgaradi. PSJ yoshlari o'zini yaxshi tutadi degan umiddaman. Namuna sifatida ular Ibragimovichdan foydalanishlari mumkin. U doimo PSJga kelgan ilk kunidagidek shug'ullanadi. Zlatanning faoliyatidagi yutuqlar jiddiy mehnat mahsulidir" - deydi Maksvell.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar