Maksimilian Fomin Qayrat ko'rigidan o'ta olmadi
19 dek 2013 08:35
Yangiliklar


Maksimilian Fomin Qayrat ko'rigidan o'ta olmadi
Paxtakor va O'zbekiston yoshlar terma jamoasi himoyachisi Maksimilian Fomin Qozog'istonning Qayrat klubi ko'rigida bo'lib qaytdi.
Bu haqda sports.kz sayti xabar berdi. Fomin Qayrat ko'rigiga 10 dekabr kuni kelib qo'shilgandi. Tarazga qarshi o'yinda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi azosiga imkon berilgandi. Vladimir Vayss uni qanot himoyasida sinab ko'rdi. Ammo uning harakatlari murabbiylarni qoniqtirgani yo'q. Fomin Qayrat klubini tark etdi.
Kuni kecha, Farg'onaning "Neftchi" klubi rasmiy sayti Fomin ayni paytda Amet Memet boshchiligidagi jamoada mashg'ulotlarni o'tkazayotgani haqida xabar bergandi.
Kuni kecha, Farg'onaning "Neftchi" klubi rasmiy sayti Fomin ayni paytda Amet Memet boshchiligidagi jamoada mashg'ulotlarni o'tkazayotgani haqida xabar bergandi.

Fikrlar