So’nggi yangiliklar

14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  1 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  13 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  1 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   2 12:05Шерзод Файзиев қаерда?   6 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   1 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1 10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  5 10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  3 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  6 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  10 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  21 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2

Maksimilian Fomin: "Ko'p xatoga yo'l qo'ydim, afsus qilishdan foyda yo'q" Yangiliklar

Maksimilian Fomin: "Ko'p xatoga yo'l qo'ydim, afsus qilishdan foyda yo'q"

O'zbekiston 24-milliy chempionati oliy ligasida 9-tur o'yinlari ortda qoldi.
Ushbu turdan so'ng  mag'lubiyatga uchramagan jamoa qolmadi. Biz bir muddat avval mavsumni omadsiz o'tkazayotgan Samarqandning “Dinamo” klubi himoyachisi Maksimilian Fomindan intervyu olgan edik.

- Maksimilian, bu yildan “Dinamo” jamoasida o'ynayapsiz. Umuman, Samarqand klubiga o'tishingiz qanday ro'y berdi? Bu jamoaga sizni kim taklif qildi?
- Qishda, yani davralar oralig'idagi tanaffus chog'ida menga Tachmurad Agamurodov qo'ng'iroq qilib, “Dinamo”da faoliyatimni davom ettirishimni so'radilar. Ochig'i, Tachmurad SHamakovichning bu chorlovidan juda ham xursand bo'ldim va taklif rozilik berdim. Lekin birgina futbolchining istagi bilan hamma masala ham hal bo'lavermas ekan. Bu borada bir nechta to'siqlarga duch keldim. O'sha paytda “Paxtakor” bilan amaldagi shartnomam bor edi. Lekin avvalgi yillarda bo'lgani kabi yana ijara asosida qaysidir klubda o'ynashni xohlamadim. “Paxtakor” esa meni shunchaki qo'yib yuborgisi kelmadi. SHu bois, ikki oyga yaqin vaqt mobaynida “Dinamo”ga ko'chib o'tishim amalga oshmadi. Hech qanday najot qolmaganidan o'z transfer huquqimni sotib olishimga to'g'ri keldi. O'zga choram qolmagandi. Do'stlarimdan qarz olib, transferimni sotib oldim. SHukrki, bugunga kelib qarzlarimdan qutuldim. Hech kimdan qarzim yo'q. Hozir hammasi joyida.

- Transfer huquqingizni qanchaga sotib oldingiz?
- Bu summani ayta olmayman. SHartnomada shunday yozilgan. O'ylaymanki, meni to'g'ri tushunasiz.

- “Paxtakor” murabbiylari asosiy tarkibdan joy kafolatlamaganliklari uchun shunday yo'l tutdingizmi yoki boshqa sababi bormi? Balki, sabr qilib, o'z navbatingizni kutganingizda yaxshi bo'larmidi?
- 2013 yili yozda o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatidan so'ng Samvel Babayan asta-sekin asosiy tarkibda ham o'yin amaliyotini berib borishini aytdi. Lekin O'zbekiston kubogi doirasidagi “Nasaf”ga qarshi kechgan o'yin (0:0)dan so'ng Samvel Vyacheslavovich bilan o'rtamizda ziddiyat yuzaga keldi. Menimcha, o'sha vaziyatda ayb ko'proq menda edi. SHundan so'ng men o'zimni noto'g'ri tuta boshladim. Mashg'ulotlarga kelmay qo'ydim. Ko'pchilik vaziyatni yumshatishga urinib ko'rdi. Lekin men klub rahbariyati va murabbiylar shtabi bilan ortiq ziddiyatga borishni istamadim. Rahbariyat esa meni mavsum yakunlanganidan so'ng Farg'onaning “Neftchi” jamoasiga ijaraga berib yubordi.

- Mashg'ulotga kelmay noto'g'ri ish qilgansiz. Har qanday holatda ham murabbiy natijaga javobgar bo'lgan. Kelajagingiz haqida o'ylamadingizmi?
- O'sha paytda noto'g'ri fikrlaganimni keyin vaqt o'tishi bilan tushunib etdim. Asosiy tarkibda o'ynashga tayyorman, deb o'ylagandim. Menga imkoniyat berishmayotgani, asosiy tarkibda maydonga tushirishmayotgani yoqmasdi. “Nasaf” bilan o'yindan keyingi voqeadan keyin jamoadan butunlay ketishga qaror qildim. SHu sababdan ham mashg'ulotlarga bormay qo'ygandim.

- O'shanda qabul qilgan qaroringizdan afsusdamisiz? CHunki “Paxtakor”ning eshiklari siz uchun butunlay yopilgan bo'lishi mumkin?
- Hozir bu haqida o'ylashdan hech qanday mano yo'q. Kimnidir ayblash, qandaydir bahonalar keltirish, bundan hech qanday foydani ko'rmayapman. Bo'lishi kerak bo'lgan bo'lib o'tdi. O'tib ketgan vaqtni ortga qaytarib bo'lmaydi. Bundan buyon o'z ustimda ikki barobar ko'proq ishlab, asosiy tarkibga munosib o'yinchi ekanligimni isbotlashim kerak. Hozir bo'lib o'tgan voqealar bilan chalg'isam, o'yinim chiqmaydi. Bu bilan nafaqat o'zimga, balki klubimga ham zarar etkazgan bo'laman.

- “Dinamo”dan boshqa jamoalardan ham takliflar bo'ldimi?
- Ha, takliflar etarlicha bo'ldi. Lekin men aynan Tachmurad SHamakovich qo'l ostida o'ynashni lozim topdim. Bu mutaxassis men uchun begona emas edi. O'z vaqtida “Paxtakor”ni ham chempion qilgan. Jamoaning bugungi yutuqlarida Agamurodovning xizmatlari va xissasi katta bo'lgan, deb hisoblayman.

- “Dinamo”dan ko'ra o'z oldiga jiddiyroq maqsad qo'yadigan jamoaga o'tish variantini ko'rib chiqmadingizmi?
- “Dinamo” ham yomon jamoa emas. Tarkibda kuchli, o'z vaqtida terma jamoada to'p tepgan futbolchilar jam bo'lgan. SHunchaki, mavsum starti biz uchun omadsiz keldi. O'yinimiz chiqmayapti. Ishonchim komilki, hali o'z o'yinimizni topib olamiz. Buning uchun yanada kuchliroq o'yin ko'rsatishimiz, mashg'ulotlarga jiddiyroq yondashishimiz kerak. Bu gaplar o'zimga ham taalluqli. Yuqori saviyada o'ynasam, kuchli jamoalarning o'zlari meni topib olishadi. Buning uchun esa harakat qilishim shart.

- Samarqand shahri jamoasi bilan qancha muddatga shartnoma imzolagansiz?
- “Dinamo” bilan kelishuvimiz bir yilga mo'ljallangan. O'zim uchun kerakli xulosalani chiqarib oldim. Klub rahbariyati, murabbiylar shtabi, muxlislar mendan nima kutayotganliklarini bilaman. Hammasiga o'zimga bog'liq. Mazmunli va himoyada ishonchli o'yin namoyish etib, avvalgi xatolarni takrorlamaslikka harakat qilaman.

- Nima uchun jamoaning o'yini o'xshamayapti?
- Ochig'i, buni bilmayman ham. Avvaliga bizga jamoaviy o'yin amaliyoti etishmadi. Sababi jamoa tarkibi yangitdan shakllantirilgandi. Futbolchilarning bir-birini tushunib harakat qilishi ancha maromiga kelib qoldi. Endi esa bizga biroz omad etishmayapti. Agar etibor bergan bo'lsangiz, deyarli barcha o'tkazgan o'yinlarimizda so'nggi daqiqalarda gol o'tkazib yuborib, mag'lubiyatga uchrayapmiz yoki g'alabani qo'ldan chiqaryapmiz. Gol o'tkazib yuborgunga qadar esa juda yaxshi o'yin namoyish etyapmiz. Jamoamiz muxlislari yana ozgina sabr qilsalar, hammasi o'z joyiga tushib ketadi. “Dinamo” yana o'z g'alabalari bilan samarqandlik muxlislarni xushnud qilishni boshlaydi. Aynan shuning uchun ham bu erga kelganmiz va o'z taqdirimizni “Dinamo” bilan bog'laganmiz.

- Hali shu paytgacha o'tkazilgan o'yinlarda birorta ham g'alabaga erishmadinglar. Xatto o'z maydonilarda ham zafar quchish nasib etmadi. Buni qanday tushunish yoki qabul qilish mumkin?
- Ha, bu haqida gapirish juda ham qiyin. O'z muxlislarimiz ko'z o'ngida o'tkazgan uchta o'yinimizdan birortasida ham g'alaba qozona olmadik. Keling, mana shu o'yinlarni tahlil qilib chiqamiz. “Qo'qon-1912” jamoasi bilan kechgan uchrashuvda 0:1 hisobida yutqazdik. Aziz Ibragimov tomonidan kiritilgan “toza” golni hakamlar inobatga olishmadi. Bu bilan bizdan g'alabani yulib olishdi. “Qizilqum” bilan 2:2 hisobida durang o'ynadik. Ikkala golni ham qo'shib berilgan daqiqalarda, aniqrog'i, 90+2, 90+5-daqiqalarda o'tkazib yubordik. “Lokomotiv”ga teng kurashlar ostida kechgan uchrashuvda 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydik. Yuzaga keltirilgan ko'plab havfli hujumlarni golga aylantira olmadik. Ko'ryapsizmi, jamoamizda salohiyat bor. Eng muhimi, ishlashdan to'xtab qolmasligimiz kerak. SHunda g'alabalar keladi.

- Jamoa rahbariyati bunday salbiy natijaga qanday munosabat bildiryapti?
- Klub rahbariyati ham vaziyatni tushunib turibdi. Nima bo'layotganini ko'ryapti. O'ylaymanki, ular bizni qo'llab-quvvatlashadi. Vaziyatni esa ijobiy tomonga o'zgartirishga astoydil harakat qilamiz.

- O'zi aslida “Dinamo” oldiga joriy mavsum uchun qanday vazifa qo'yilgan?
- Har bir o'yinda jamoamiz muxlislarini xursand qilishimiz kerak. Ammo istak bilan uning amaliy ifodasi hamisha ham bir-biriga to'g'ri kelavermaydi. SHunday bo'lsada, biz o'z oldimizga qo'yilgan vazifa va maqsaddan og'ishmaymiz. Hali oldinda mavsumning asosiy o'yinlari bor. Tez orada vaziyatni ijobiy tomonga o'nglab, to'g'ri yo'lga tushib olamiz.

- Kecha (suhbat 29 aprel kuni uyushtirilgan, - muallif) O'zbekiston Kubogida 1-liga klubiga yutqazib qo'ydinglar. Nima uchun “Paxtakor-2” klubiga qarshi kechgan o'yinda o'rinbosarlar jamoasi maydonga tushirildi? Yoki kubok musobaqasi uchun “Dinamo” oldiga vazifa qo'yilmaganmidi?
- Jamoamiz rahbariyati O'zbekiston Kubogi uchun hech qanday vazifa qo'ymagan edi. SHuning uchun ham o'rinbosarlar tarkibi Qibraydagi o'yinga yuborildi. Murabbiylar shtabi yosh, o'yin amaliyoti kam bo'lgan futbolchilarga imkoniyatni taqdim etdi. Bu bir tomondan to'g'ri yo'l bo'lsa ham kerak. Boshqa kuchli chempionatlarni ko'rsangiz, u erda ham kubok o'yinlarida asosiy tarkibga deyarli dam beriladi. Lekin o'rinbosarlar tarkibimiz bo'lsa ham “Paxtakor-2”ga yutqazganligini oqlamayman.

- Jamoada moliyaviy muammolar yo'qmi?
- Bu mavzuda men hech narsani bilmayman, degan taqdirimda ham hozirgi holat barchaga kundek ravshan. Buni berkitadigan joyi ham yo'q. “Dinamo”da moliyaviy muammolar bor. Xatto o'tgan yilgi mavsum uchun ham etarlicha qarzdorlik saqlanib qolgan. Bu yil ham muammo o'z echmini topmadi. Albatta, bu juda ham ayanchli holat. Umid qilamizki, yaqin kunlarda vaziyat o'zgaradi va barchasi o'z joyiga tushadi.

- Balki moliyaviy muammolar ham salbiy natijaga sabab bo'layotgandir? CHunki futbolchilar pul olmaganidan keyin kayfiyat ham tushib ketadi?
- Albatta. Pul olmasdan o'ynash jamoaning umumiy ruhiyatiga ham jiddiy tasir qiladi. Maoshlarni qo'ya turing, xatto ekipirovkalarni ham kuni kecha berishdi. SHu kungacha hamma o'zi topgan va duch kelgan kiyimda o'yinlar va mashg'ulotlarga borayotgandi. Bularning hammasi salbiy jihatdan insonga tasir o'tkazadi. SHuncha muammo bo'lishiga qaramay, futbolchilar vaziyat ijobiy tomonga o'zgarishiga umid qilib, har bir o'yinda maydonga g'alaba uchun tushishyapti. To'g'ri, hali g'alaba qozonish nasib etmadi. Lekin intilish bor.

- Bu yil hisobidan hali maosh olmadinglarmi?
- Mavsum boshlanishi oldidan “ko'tarma” pullarining malum bir qismini berishdi. Keyin ikkita oylik maoshni ham oldik. Biri o'tgan yil, ikkinchisi shu yil uchun. Hozir o'tgan yilgi tarkibdan kim jamoada qolgan bo'lsa, o'sha o'yinchilar 2014 yilning bir oyi uchun haq olishdi, xolos.

- Maksimilyan, umuman, bu yilgi chempionat sizda qanday taassurot qoldiryapti? Ilk xulosalaringiz qanday bo'ldi?
- Juda qiziqarli chempionat guvohiga aylanyapmiz. Kutilmagan natijalar ko'p. Sovrinli o'rinlarni egallaydigan va aksincha, oliy ligani tark etadigan jamoalarni ham oldindan ayta olmaysiz. Bu esa chempionatimizda o'zish ko'zga tashlanayotganidan darak beradi. Bunday kutilmagan natija bilan yakunlanadigan o'yinlar soni ko'p bo'lsa, oliy ligamiz saviyasi shunchalik oshib borardi.

- So'nggi paytlarda kelishilgan o'yinlar haqida juda ko'p gapirilyapti. Bunday o'yinlarga guvoh bo'lganmisiz, balki do'stlaringizdan eshitgandirsiz?
- Ha, men juda ko'p marta aynan bizning chempionatda kelishilgan o'yinlar haqida eshitganman. Lekin bu yil bizning federaciyamiz kelishilgan o'yinlar uchun jiddiy kurash boshladi va bu ilk turlardan boshlab o'z samarasini berdi. Buning uchun men O'FF prezidenti Mirabror Zufarovich Usmonovga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Kelishilgan o'yinlarni tashkil etayotganlar jiddiy jazoga tortilishlarini eshitib, ortiq bunday jirkanch ishga qo'l urishmayapti. Oxirigacha shunday bo'lib qolishini istardim.

- Sobiq jamoangiz “Paxtakor”ning ham o'yinlarini kuzatib boryapsizmi?
- Albatta, vaqtimga qarab, imkon qadar kuzatib borishga harakat qilyapman. OCHLdagi o'yinlarini ham ko'rib boryapman. Qolaversa, Ligada qatnashayotgan boshqa klublarimizning o'yinlarini ham kuzatyapman.

- Nima uchun yosh futbolchilarimiz jahon chempionatlarida yaxshi o'ynab, keyin yo'q bo'lib qolishyapti? Mana o'zingiz ham vaqtida jahon chempionatida o'ynadingiz. Bu borada shaxsiy fikringiz qanday?
- Bu qiyin savol. Buning sabablari juda ham ko'p. Masalan, turli yosh toifasidagi terma jamoalarimiz tarkibiga nazar tashlaydigan bo'lsak, asosan “Paxtakor” va “Bunyodkor” futbolchilaridan iborat ekanligi oydinlashadi. Bu ikki klubning asosiy tarkibiga kirish esa oson ish emas. Buning natijasida o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatlarida o'zini ko'rsatgan bir guruh istedodli yoshlar yoki zaxirada qolib ketyapti yo bo'lmasa, boshqa o'rtamiyona klublarga ijaraga berilyapti. Aynan mana shu vaqtda istedodli yoshlarni yo'qotib qo'yapmiz. Ming afsuski, bu o'zbek futbolining eng katta muammosi bo'lib qolyapti. Keyin klublarning bosh murabbiylari ham majburlikdan yoshi katta futbolchilarni maydonga tushiryapti. Klub rahbarlari murabbiylardan natija so'rayapti. O'zi yosh futbolchilardan hech qachon natija talab qilish kerak emas. Avval unga etarlicha o'yin amaliyotini berilsa, keyin natija o'zi kelaveradi.

"Interfutbol" gazetasi, Kamoliddin Alimov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика