Maksim SHackixning goli “Goverla”ga g'alaba keltirdi
14 fev 2015 10:20
Yangiliklar

Maksim SHackixning goli “Goverla”ga g'alaba keltirdi
Hamyurtimiz Maksim SHackix to'p tepayotgan Ujgorodning “Goverla” klubi Turkiyaning Antaliya shahrida o'tkazayotgan yig'ini doirasida navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Moldovaning “Milsami” jamoasiga qarshi kechgan o'yinda “Goverla” 2:0 hisobida zafar quchdi.
Birinchi bo'limda aynan Maksim SHackix belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo'limda endi Maksim Feshuk penaltidan gol urdi. Endi “Goverla” 15 fevral kuni Ruminiyaning “Akademika Arges” klubi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.

Fikrlar