So’nggi yangiliklar

19:26"Бавария" ПСЖ футболчисини 90 млн. еврога сотиб олмоқчи, аммо бир йилдан сўнг  0 19:15"Локомотив" "Навбаҳор" футболчилари билан шартнома имзолади  0 19:08Кроос Кукурельянинг қўли ҳақида: "Ҳакам пенальти қўйишни хоҳламади"  1 18:45⚡️Шерзод Эсанов тез орада Россия клубига трансфер қилинади  9 18:23Эшитдик-да! Асадбек Собиржонов "Металлург" билан шартнома тузди. Бугун футболчи Бекобод клуби сафида майдонга тушди  1 18:06Рабьо эркин агентга айланди  1 17:56Льорис аргентиналикларнинг бақириқлари ҳақида: "Бу Франция халқига жиддий ҳужум"  4 17:02"Лилль" МЮга ўтиши кутилаётган Йорони қўрқитишга ўтди  4 16:53"Ал Насср" бразилия терма жамоаси вакили билан битим имзолади  1 16:15Ибрагимовичнинг ўғли "Милан" билан шартнома имзолади  2 15:41"Рома" янги мавсум учун либосини тақдим этди  2 15:35Мбаппенинг онаси: "Ўғлим ҳеч қачон алдамаган"  7 15:02"Арсенал" қора рангдаги либосини тақдим этди  2 14:52"Атлетико" тез орада 30 млн. евролик трансфер ҳақида эълон қилади  1 14:19Ўзбекистон U23 терма жамоаси янги либосларда машғулот ўтказди  24

Maksim SHackix: "Raqib saviyasi bir bosh past bo'lsa ham, bir kishi kam bo'lib o'ynash juda qiyin" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Raqib saviyasi bir bosh past bo'lsa ham, bir kishi kam bo'lib o'ynash juda qiyin"

Coca Cola Superligasi 6-turi doirasida "So'g'diyona" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim SHackix o'z fikrlarini bildirdi.


- Ilk navbatda yigitlarni g'alaba bilan tabriklayman, ular deyarli 95 daqiqa mobaynida raqibidan bir kishi kam bo'lib o'ynadi. Bunday holat istalgan jamoa uchun katta yuklama beradi. Ularga rahmat aytaman. Futbolchilar o'zlarini nazorat qila olishdi va sifatli futbol ko'rsatishdi. Yanada ko'proq gol urishlari ham mumkin edi. SHunday holatda uch ochkoni qo'lga kiritdik. Asta-sekinlik bilan harakat qilib, navbatdagi o'yinga tayyorlanamiz. 

- Futbolchilaringizning individual xatolariga qanday baho berasiz. CHunki jamoangiz ketma-ket ikkinchi o'yindirki so'nggi daqiqada gol o'tkazib yubormoqda. Bu esa AGMK yoki boshqa kuchli jamoalarga qarshi o'yinlarda zararga ishlashi mumkin.

- Bu borada har kun ishlaymiz. Barchasi mashg'ulot jarayoniga kiritilgan. Balki yigitlar so'nggi daqiqalarda etiborni yo'qotayotgandir. Buning sababi bor. Jamoa 95 daqiqa mobaynida raqibdan bir kishi kam bo'lib o'ynadi. Qaerdadir charchashdi, anchagina kuch yo'qotishdi. Ular ham robot emas, biz kabi odamlar. Qaerdadir esa koncentraciya etishmadi, futbolchilar darvoza daxlsizligini saqlab qolish uchun oxirigacha kurashmadi. SHunda ham ular katta mehnat qilishdi. Bunday holatda ham uch ochko kerak edi. Ishlaymiz, davom etamiz. Doimo nolga o'ynashni istaymiz. Tarkibdagi shunday saviyali himoyachilar bilan doimo gol o'tkazib yubormaslik uchun harakat qilish kerak. Buni har kuni gapiramiz. Hozir chempionat o'yinlari bo'lmoqda. Sentyabrda boshqa turnir o'yinlari boshlanadi. Ushbu o'yinlar orqali xalqaro turnirga tayyorlanyapmiz. 

- Qizil kartochka ko'rsatilgandan keyin jamoaning rejasi o'zgardimi?

- Albatta, bu tasir o'tkazdi. Anglashilmovchilik bilan 3-4-daqiqaning o'zidayoq bir kishi kam bo'lib qoldik. Bir kishi kam bo'lib o'ynash istalgan jamoani qiynab qo'yadi. Xatto raqib Sizdan ham jismonan, ham saviya borasida bir bosh pastda bo'lsa ham qiyin bo'ladi. CHunki bir kishining o'rnini yopish anchagina qiyin. Yigitlar o'zini nazorat qila oldi va o'yindan oldin qilingan rejaga yana tushib olishdi. Raqiblarga vaziyat yaratish uchun deyarli imkon berishmadi. So'nggi soniyadagi golgacha ularga deyarli vaziyat bo'lgani yo'q. Faqatgina standartlardan keyin ular hujumlarga ega bo'lishdi. Yigitlardan minnatdorman, ular talab qilingan ishlarni bajara olishdi. 

- Doston Tursunov jamoaning asosiy himoyachisi hisoblanadi. Qizil kartochkadan keyin futbolchi bilan suhbat olib boriladimi?

- U o'z xatosini tushunib turibdi, yosh bola emas. O'tgan mavsumga etibor qaratsangiz, biz ko'p bora raqibdan bir kishi kam bo'lib o'ynaganmiz va shunday holatda tengma-tenglikdan ko'ra yanada yaxshiroq harakat qilganmiz. Bizda kollektiv, oila bor. Futbolchilar o'z jamoadoshi uchun yugurdi, harakat qildi va kerakli natijani qo'lga kiritdi. Adolatli uch ochko. To'g'risi, o'sha vaziyat takrorini ko'rganim yo'q. Ko'rganlar o'sha erda qandaydir zarba bo'lganini aytishdi. O'zim ko'rmaganim uchun nimadir deya olmayman. Suhbatdan esa mano yo'q, uning o'zi barchasini tushunib turibdi va afsuslandi. 

- Jamoangizda darvozabonlar muammosi bor deb hisoblaysizmi?

- Yo'q, unday hisoblamayman. Bizda tajribali darvozabonlar bor. Yosh darvozabonimizni ham hisobdan chiqarmaganmiz. Yaqin vaqtlar ichida u yana uchib ketadi. Uni birinchi davra mobaynida boshqa ko'rmasak ham kerak. SHunday bo'lsa ham, darvozabonlar muammosi bizda yo'q. 

- Aslida men darvozabonlarning tez-tez natijaga tasir ko'rsatadigan xatolar qilib turishini nazarda tutgandim.

- Hali darvozabonni koyiydigan darajadagi xatoni ko'rmadim. Bilasizmi, barcha himoyalanadi, barcha hujum qiladi. Bu erda darvozabonni nimadadir ayblash juda qiyin. Masalan, hali barcha himoyachilarimiz va darvozabon xato qilgan o'yinni o'tkazganimiz yo'q. Bunda har bir epizodni taxlil qilib chiqish kerak bo'ladi. Xato qaerdan ketdi, vaziyatni qutqarib qolishning ilojisi bormidi yoki yo'q. Istalgan holatda boshqacha o'ynash mumkin. Bu borada ishlayapmiz va xatto darvozabonlar bilan ham. Hozircha darvozabonlarimiz bilan muammolar yo'q.

- Jamoangizning hujumi biroz kuchsizlangandek. CHunki barchasi Abbos Fayzullaev hamda Dragan CHeranga bog'lanib qolgan. CHunki so'nggi o'yinlar davomida faqatgina ular gol urmoqda. 

- Fikringizga qo'shilmayman. CHunki kim gol urishining ahamiyati yo'q. To'pni darvoza yonigacha olib borish va darvozaga kiritish uchun butun bir jamoa ishlaydi. To'p olib kelindi, ammo kim gol urishi qiziq emas. SHuningdek, jamoada barchasi kimgadir bog'lanib qolgan joy yo'q. Yoshlar termasidagi futbolchilar orqali rotaciya qilish mumkin bo'lar. Lekin unday bo'lmaydi. Buni to'g'ri tushunib turibmiz. Bizda etarlicha futbolchilar bor va zaxirada o'yinni kuchaytiradigan futbolchilar o'tiribdi. Bu ham jamoaning asosiy figurasi bo'ladi. CHeran jamoaning uzoq yillik sardori, uning maydondagi harakatlarini boshqa futbolchi takrorlashi juda qiyin. Birinchi navbatda u o'z ishini qilishi kerak: gol ur, pas ber, aldab o't, raqibni yop va to'pni olib qo'y. Ushbu gaplar Abbos borasidagi savolga ham tegishli.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика