So’nggi yangiliklar

02:07ЖЧ саралаши. Испания, Италия, Португалияда ғалаба ва бошқа натижалар  1 00:25"Бавария" Гнабри бўйича қарор қабул қилди  0 23:16"Барселона" 17 ёшли франциялик иқтидорга қизиқмоқда  1 22:22"Ливерпуль" ПСЖ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқчи  5 21:484 та гол урилган Ўзбекистон U-17 ва Туркия U-17 ўртасидаги ўртоқлик ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  4 21:30Рафаэль Бенитес АПЛга қайтиши мумкин  4 20:25"Байер" футболчиси Ҳалил Коч: "Ўзбекистон кучли ва курашувчан жамоа экан"  12 19:51Садриддин Ҳасанов: "Бу ўйинда биз мураббийларнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  1 19:33Нурбек Сарсенбаев: "Бизга кучли рақиблар керак. Чунки жаҳон чемпионатидаги рақиблар бундан-да кучлироқ бўлишади"  5 19:20Ямал дербига қадар тикланмайди  8 18:56Ўзбекистон U-17 — Туркия U-17 ўртоқлик ўйинида дуранг  14 18:41"Сўғдиёна" назорат ўйинида "Динамо"ни мағлуб қилди  2 18:24Россиялик собиқ футболчи Эрон термаси ҳақида: "Сайёҳлар жамоаси. Улар қандай қилиб жаҳон чемпионатига чиқди, ҳайронман"  38 17:58Жон Оби Микел ўзининг АПЛ рамзий термасини тузди  6 17:43"Ливерпуль" футболчиси жароҳат сабабли термаси ихтиёрини тарк этди  0

Maksim SHackix: "Paxtakor"ni sovrinli o'rinlar qiziqtirmaydi. Bizga faqat chempionlik kerak" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Paxtakor"ni sovrinli o'rinlar qiziqtirmaydi. Bizga faqat chempionlik kerak"

Superliga 11-tur doirasidagi "Paxtakor" - "Navbahor" (0:0) o'yinidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Maksim SHackix matbuot anjumanida qatnashdi.




- O'yin haqida

- Birinchi navbatda muxlislarga yoqadigan o'yin bo'ldi. Ancha ochiq futbol o'ynadik. Vaziyatlar yarata oldik, ammo o'zingiz ko'rdingiz gol urmadik. Himoyada ham unchalik tartibli o'ynadik. Ko'proq xavfli vaziyatlar yarata oldik va golga yaqinroq edik. Birinchi bo'lib gol urgan jamoa bugun katta ehtimol bilan g'alaba qozonar edi. Keyingi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak.

- "Paxtakor" qanday muammolarga ega bo'lmasin, jamoangiz "Navbahor" va "Nasaf" kabi azaliy raqiblariga qarshi juda yaxshi o'yin o'tkazdi. FIFA kunlarida "Navbahor"ga qarshi alohida tayyorgarlik ko'rilganmidi? "Paxtakor" bugun ishonchli o'yin namoyish etganining sababi nima?

- Biz FIFA kunlarida oddiy tayyorgarlik o'tkazdik. Ko'pgina futbolchilarimiz terma jamoalarga yo'l olgandi. Biz o'z ishimizni bajarishda davom etyapmiz. Mehnatimizning mevasini bugun ko'rdingizlar. Zaxiramiz biroz kuchsiz va shu sababli tarkibda eksperimentlar qila olmayapmiz. Asosiysi biz to'g'ri yo'nalishdamiz.

- Jamoangiz joriy mavsumda 13ta gol o'tkazib yubordi, ammo katta o'yinlarda himoyada juda ishonchli o'yin namoyish etmoqda. Buni qanday udallayapsizlar? YOSH himoyachilar bugun juda ishonchli tarzda o'ynashdi.

- Bu psixologiya. Biz yigitlarga hech nimani o'rgatmaymiz. Bu ruhiyat. CHempionatdagi barcha jamoalar men uchun teng, ammo "Nasaf" va "Navbahor" kabi jamoalarga qarshi futbolchilar ancha tetik bo'lib o'ynashmoqda. Aslida, barcha raqiblarga qarshi shunday ruhiyat va istak bilan o'ynashimiz kerak. Ko'p marotaba takrorladim va yana bir marotaba aytaman. CHempionatdagi jamoalarning darajasi tenglashdi. Hech kimni osongina mag'lub eta olmaysiz.

- Doston Hamdamovni bugun boshqa poziciyada o'ynatdingiz? Bunga sabab nima?

- Ko'z tegmasin, Doston har bir uchrashuvda gol urmoqda. Bugun u yaxshi o'yin o'tkazdi. Hamdamovning hozirgi poziciyasi uning eng kuchli jihatlarini ko'rsatib bermoqda. Hozircha u hujuchi sifatida o'ynashda davom etadi.

- Xojiakbar Alijonov uzoq vaqtdan so'ng yana maydonga qaytdi. Alijonov to'liq o'yin o'ynaydigan holatga qachon keladi?

- Alijonovning o'zi maydonga tushishni istamoqda. Lekin men Hojiakbarga sabr qilish kerakligini aytdim. Kecha Xojiakbar bilan gaplashgandik. Xojiakbar ertangi uchrashuvda imkoniyat berishimni iltimos qildi, ammo unga barchasini tushuntirdim. U to'liq tiklanib olishi uchun yana biroz vaqt kerak. Alijonov maydonga tushishga intilmoqda.  Birinchi bo'lim juda qiziqarli o'tdi. To'g'ri bunday ochiq futbol muxlislarga yoqadi, ammo bosh murabbiy uchun bu haqiqiy azob. Ha. Biz tez hujumga o'ta olamiz. Biroq himoyaga qaytishimizda muammo bor. SHu sababli ayrim bir epizodlarda ancha emocional edim. Biz so'ngi pasni to'g'irlay olmayapmiz.

- Musobaqa jadvali etakchilari ochko yo'qotishdi. "Paxtakor"ning birinchi o'rindagi jamoa bilan farqi bor yo'g'i uch ochko. Birinchi davrada yakuniga ham bor yo'g'i uchta bahs qoldi. Jamoangiz keyingi uchta o'yinni yaxshi o'tkazib, ikkinchi davrada medallar uchun kurashishi mumkinmi? Siz joriy mavsum "Paxtakor"dan natija kutish noto'g'ri degan edingiz, ammo shunday holatda ham jamoangi sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritishi mumkin?

- Bizni sovrinli o'rinlar qiziqtirmaydi. Bizga faqat chempionlik kerak. Men hech qachon musobaqa jadvaliga qaramayman. Bugun "Nasaf" yutqazganini hozirgina bilib oldim. Biz faqatgina dekabr oyida yakuniy jadvalga qaraymiz. Barcha jamoalar ochko yo'qotishi aniq. Men "Paxtakor" ochko yo'qotmasligini xohlardim, ammo bunday bo'lmaydi. Biz ham ochko yo'qotamiz. "Nasaf" bugun kutilmaganda ochko yo'qotdi. Men uchun esa bu tabiiy hol. "So'g'diyona" yaxshi jamoa, OKMK, "Neftchi", "Metallurg", "Qizilqum", "Dinamo"lar ham kuchli. Barcha jamoalar ochko yo'qotishi aniq. Biz har bir uchrashuvda g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Sizlardan bir narsani iltimos qilaman. Bizni tushuninglar, to'g'ri "Paxtakor" chempion va bunday holatga barcha ko'nikib ketgan. Lekin yoshlar har doim ham stabil emas. Keyingi uchrashuvga qadar bor yo'g'i bir yoki ikkita mashg'ulot o'tkazamiz. Maqsadimiz futbolchilarni tezroq tiklash.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика