So’nggi yangiliklar

19:15Ньом Винисиусни юзига ургани учун 2 та ўйинга четлатилди  0 18:40ОЧЛ-2. "Андижон" – "Ал Ҳалдия" (матнли трансляция)  38 18:24ЖЧ-2026. Осиёда бешинчи саралаш босқичи ўйинларининг саналари маълум бўлди  3 17:18Хименес: "Жамоага янги келган футболчи одатда қўшиқ айтиши керак, Модрич эса бошқача йўл тутди"  4 16:49"Барселона" Флик дисквалификациясига қарши яна апелляция беради – мураббий "Реал"га қарши ўйинни ўтказиб юбориши керак  7 16:21Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси халқаро турнирда иштирок этади  0 16:07Рафинья "Реал"га қарши баҳсда иштирок этадими?  3 15:38Паулу Соуза: "Насаф"га қарши ўйиндаги натижа шунчаки тўртта гол уришдан кўра кўпроқ маъно касб этади"  4 15:14Богдан Планич: "'Насаф' жисмонан кучли жамоа бўлганлиги сабабли, кўп югуришга тўғри келди"  3 14:54Терма жамоа ЖЧга чиққан бир пайтда клубларимизнинг ўзини кўрсата олмаётгани ғалати  30 14:36"Ливерпуль" топ-клуб каби ўйин кўрсатмаяпти". Нима учун "қизиллар" инқирозга юз тутди?  4 13:08"Атлетико" Чемпионлар лигаси гуруҳ босқичида Англия клубларини меҳмонда ҳали бирор марта мағлуб этмаган  3 12:22"Наполи" илк бор еврокубок ўйинида 6 та гол ўтказди. А Серияда бу ҳол охирги марта 28 йил олдин содир бўлган  1 12:00Расмий хабар: Ўзбекистон ноябрь ойида Миср билан ўйнайди  8 10:42Паулу Соуза: "Насаф"га қарши ўйиндаги натижа шунчаки тўртта гол уришдан кўра кўпроқ маъно касб этади"  22

Maksim SHackix: "O'zbekiston U-21 terma jamoasi haqli ravishda turnir g'olibi bo'ldi" Yangiliklar

Maksim SHackix: "O'zbekiston U-21 terma jamoasi haqli ravishda turnir g'olibi bo'ldi"

Kecha Kiev shahrida Valeriy Lobanovskiy xotira turniri yakuniga etdi.

Unda Ozarbayjon va Ukraina jamoalarini mag'lub etgan O'zbekiston U-21 terma jamoasi bosh sovringa ega chiqdi. O'yinlarni stadionning o'zidan kuzatib borgan O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq hujumchisi Maksim SHackix championat.asia saytiga qisqa intervyu berdi.

- O'zbekiston U-21 terma jamoamizning ikkita o'yinini tomosha qildingiz. Bizning yigitlarimizning potencialiga qanday baho berasiz?

- Yaxshi o'yinlar o'tkazishdi. Yaxshi jamoa yig'ilgan. Yigitlar jismoniy tomonlama ajoyib ko'rinishdi va taktik tomonlama ham ancha uquvga ega ekanliklari sezildi, har bir futbolchi nima qilishini yaxshi bilib o'ynadi.

- Terma jamoamiz o'zagi "Olimpik" klubi hisoblanadi. Bu loyihaga qanday qaraysiz?

- Terma jamoa bitta klub bazasida shakllantirilgani yaxshi. Potencial bo'yicha esa natijalar ko'rsatadi, ammo yigitlar anchagina qobiliyatli ekan.

- Timur Kapadze bilan birga ko'p yillar terma jamoada o'ynagansiz. Yaxshi murabbiy bo'lib etishishi uchun unda qanday sifatlar bor?

- Timur aqlli futbolchi va tartibli inson. Murabbiy sifatida esa barchasini uning natijalari aytib turibdi.

- Ukrainalik do'stlaringiz bizning jamoa haqida nimalar deyishdi?

- Menga qo'ng'iroq qilishdi va stadionning o'zida ham faqat yaxshi gaplar aytishdi. Jamoa o'yini barchaga yoqdi va O'zbekiston haqli ravishda Valeriy Lobanovskiy xotira turnirida g'olib bo'ldi.

- O'zbekiston U-21 safida kimlarni alohida ko'rsata olasiz?

- Jamoadagi barcha futbolchilar teng kuchli. Jamoa sardori (Jasur Jaloliddinov) ajralib turdi, qanot hujumchilari ham tezkor ekan, himoyachilar ham o'zlariga ishonch bilan o'ynashdi. Ishonchim komilki ular yaqin kelajakda milliy terma jamoaga yordam berishni boshlashadi.

Reyting: +75   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика