So’nggi yangiliklar

02:00ЖЧ саралаши. Италия Исроил дарвозасига 5та гол урди, Швеция кутилмаганда мағлубиятга учради  4 00:42CAFA Nations Cup-2025. Энг яхшилар аниқланди ва ғолибга соврин топширилди  21 00:30Муҳаммадрасул Абдумажидов Бельгия клубига ўтмайди  2 00:14Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин  31 00:05Тимур Кападзе: "Эрон терма жамоаси қачон рози бўлган ўзи?"  97 23:00Қозоғистон Президенти Тоқаев: "Футбол клубларини хусусийлаштириш бўйича ишларни тезлаштириш керак. Бусиз футбол ривожланмайди"  4 21:50"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси 13 йилдан сўнг Эронни ютди ва турнир ғолибига айланди  1027 20:32Шавкат Мирзиёев Жанни Инфантинога “Дўстлик” орденини топширди  17 20:26Португалиялик мураббий Озарбайжон терма жамоаси бош мураббийлигидан кетди  11 19:52CAFA Nations Cup турнирида сенсация! Ҳиндистон пенальтилар сериясига кўра Ўмондан устун келиб, 3-ўринни қўлга киритди!  16 19:13Гвардиола Абдуқодир Хусанов учун янги режа ишлаб чиқди  11 18:32ЎФА раҳбарияти Ўзбекистон МТЖга таклиф этишни хоҳламаган мураббий "Байер"ни бошқаради  11 18:04Амирҳуссайн Ҳуссайнзода: "Ҳакамлар Ўзбекистон фойдасига қарор қабул қилмоқда"  20 17:42Ахбор Имомхўжаев хотира турнири-2025. Мусобақа, жамоалар, гуруҳлар ва яшил майдонга қайтаётган юлдузлар  5 17:30Омид Нурафкан: "Ўзбекистонни икки-уч гол фарқи билан мағлуб эта оламиз"  10

Maksim SHackix: "Men legioner va mahalliy futbolchini bir xil baholayman. Eronlik futbolchini esa unuting" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Men legioner va mahalliy futbolchini bir xil baholayman. Eronlik futbolchini esa unuting"

Soca Cola Superligasining 22-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Turon" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Maksim SHackix matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yinni to'liq nazorat qildik. Birinchi bo'limning o'zidayoq masalani hal qildik menimcha. Ikkinchi bo'limda ham bo'shashmadik va gollar urdik. G'alabaga loyiq o'yin namoyish etganimizni barcha ko'rdi.

- Bugun uchrashuvdan avval tarkib elon qilinganida asosiy futbolchilarning tarkibda yo'qligi biroz hayron qoldirdi. Bunga sabab nima? Raqib "Turon" ekanligimi yoki boshqa qandaydur sababi bormi?

- "Turon"ning raqib bo'lgani asosiy tarkibni tanlashga tasir qilmadi. Terma jamoadan kelgan yigitlarga dam berishga qaror qildim. Ular terma safidan qaytganidan keyin hali dam olishgani yo'q. Ular bir necha kun oilasi bilan vaqt o'tkazish va futboldan biroz dam olishga imkoniyat berdim. Kamroq o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan futbolchilarga esa bugun imkoniyat berdik va ular o'z imkoniyatlaridan foydalanishdi.

- Uzoq vaqt kutilgan g'alaba CHempionlar ligasi bahsi oldidan jamoaga ruhiy turtki bo'lsa kerak?

- Ha, umid qilamanki bugungi g'alaba yigitlarga ko'proq kuch beradi. CHempionlar ligasi bahsida kim maydonga tushishini bilmayman, lekin bugungi g'alaba futbolchilarni ruhiy jihatdan kuchaytiradi.

- Dilshod Saitovning kuchli zarbasi borligini barchamiz bilar edik. Ammo bu mavsum Saitov uzoq masofadan gol urmagan edi, mana bugun undan shunday gol ko'rdik. Uzoqdan zarba berishga sizning ko'rsatmangiz edimi?

- Ha. Men futbolchilardan uzoq masofadan zarba berishlarini talab qilaman. Dilshodning aniq va kuchli zarbasi borligi hech kimga sir emas. U o'tgan mavsum aynan shunday zarba bilan bizni ranjitgandi. Men undan yana shunday zarbalar berishini talab qilib kelayotgandim. Biroq zarbalar aniq mo'ljalga bormayotgandi. Mana bugun va nixoyat u uzoq masofadan gol urdi. Dilshod sen "Nasaf" safida so'nggi golingni bizga urganding deb uning ustidan kulayotgan edim. Bugun esa u uzoqdan chiroyli gol urdi. Biz buni ancha vaqt kutdik.

- Bugun yosh futbolchilarga imkoniyat berdingiz. Ayrim yosh futbolchilar debyut o'yinini o'tkazishdi. Biroq eronlik legioner Kushki hatto qaydnomada ham yo'q edi. Bunga sabab nima? U hozir qaerda? Biz uni maydonda ko'ramizmi?

- U haqida unuting. Biz yosh futbolchini sinab ko'rmoqchi edik va kelajak uchun o'z safimizga qo'shib olgandik. Uning o'yini bizni qoniqtirmadi. U hali "Paxtakor" darajasiga tayyor emas ekan. U boshqa jamoaga yo'l oladi va uni unutinglar. Biz uni kelajak uchun sotib olgan edik, u esa biz kutgan o'yinni namoyish eta olmadi.

- Yani ushbu transfer xato bo'lib chiqdimi?

- Biz uning o'yinini ko'rib oldik xolos. Biz avvaldan unga katta umidlar bog'lamagan edik.

- "Paxtakor"da selekciya ishlari qanday olib boriladi? Yozgi transferlar oynasida sotib olingan futbolchilar deyarli o'yin amaliyotiga ega bo'lishmayapti.

- Skautlar futbolchilarni topishadi va ularni o'rganib chiqishadi. Men ham izlanaman, ammo o'zim shahsan borib ko'rishga vaqtim yo'q. Merk hali yosh futbolchi va biz uni kelajagimiz uchun olib keldik. U nemis futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va yaqinda Qirg'iziston milliy terma jamoasida debyut qildi. U hali juda yosh, endigina 19ga to'ldi. Kelajakda Kimi yaxshi futbolchi bo'lib etishishiga ishonaman. Sizlarning fikrlashingizga ko'ra, futbolchi legioner bo'lsa, u o'yin har doim maydonda bo'lishi kerak. Ishoning legionerlar har doim ham asosiy tarkib futbolchisi bo'lish uchun sotib olinmaydi. Legionerning birinchi vazifasi o'yin sifatini kuchaytirish. Legionerlarga ko'nikib ketish uchun vaqt kerak. Boshqa mintaqa, boshqacha futbol va boshqacha klimat. Top-5 jamoalarning barchasida zaxirada o'tirgan legionerlar bor. Bunday holat faqatgina bizda emas. Men har doim mahalliy va legioner futbolchilarni bir xil ko'raman. Legioner bo'lgani sabab avtomatik tarzda asosiy tarkibdan joy bo'shatib berilmaydi.

- Klublar legionerlarni mahalliy futbolchilardan yaxshiroq bo'lgani uchun tarkibga jalb qilishmaydimi va shu sababdan legionerlar ko'proq maosh olishadi. Legioner jamoani kuchaytirish uchun sotib olinadi va shu sababdan ularga etibor va talaba bir necha baravar ko'proq bo'ladi.

- Fikringiz to'g'ri. Legioner futbolchini xarid qilish sababi, u mahalliy futbolchilardan ko'proq narsaga qodir bo'ladi. Men har bir legioner bilan shartnoma tuzishdan avval unga etibor uch baravar ko'proq bo'lishini aytib o'taman. Legionerlarning eski chempionatlarida daraja har hil bo'ladi. Kimdur sobiq jamoasida zo'r o'ynab, bizning safimizga kelganda yo'qolib qolishi mumkin. Bunday holatlar ham uchrab turadi. Biz ham oddiy insonmiz va hamma kabi xato qilamiz.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика