So’nggi yangiliklar

17:15"Футбол олами". Ярим финалчилар маълум, хайр "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"  2 16:59"Андижон", "Динамо", "Навбаҳор"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари   4 16:34"Ливерпуль" "Бавария" футболчисини АПЛга қайтармоқчи  0 15:45Жаҳон чемпионатигача: Бентуда терма жамоани тайёрлаш учун қанча вақт бўлади?  20 15:23Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ярим финалга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 15:10"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини "Милан"да давом эттиради  1 14:44Бенту бошқарган терма жамоалар мундиалларда нима каромат кўрсатган?  26 14:23Нкунку фаолиятини А Серияда давом эттиради (Фабрицио Романо)  8 14:15"Арсенал" яна бир трансфер бўйича келишувга эришди  0 14:06CAFA NATIONS CUP-2025 мусобақаси бошланмоқда. Эртага ўйинолди матбуот анжуманлари ва расмий машғулотлар бўлиб ўтади  5 13:45Бенту Ўзбекистон терма жамоаси тарихидаги 10-хорижлик мураббий бўлади. Аввалги ҳамкасблари қандай натижа кўрсатган?   42 13:03Бугун ЕЧЛга қуръа ташланади. Олма-отага кимлар келади?  7 12:43Конференциялар лигаси саралаши. Бугун Файзуллаев ва Шомуродов жамоаси жавоб учрашувида майдонга чиқади  5 11:34Эшитдик-да! Тимур Кападзе "Пахтакор" бош мураббийи бўлиши мумкин  71 10:48ПСЖ ва "Ювентус" ўзаро келишувга эришди  0

Maksim SHackix: "Maydonga chiqib, shunchaki g'alaba qozonish qiziq emas. Qandaydir ekzotik narsalar o'ylab topish kerak" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Maydonga chiqib, shunchaki g'alaba qozonish qiziq emas. Qandaydir ekzotik narsalar o'ylab topish kerak"

Coca Cola Superligasi 10-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Buxoro" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Maksim SHackix matbuot anjumanida qatnashdi.


O'yin haqida

- O'zimizga o'zimiz qiyinchilik yaratishni, keyin esa uni engib o'tishni yaxshi ko'ramiz. Muxlislarimiz esa bundan xursand bo'lishgani qoldi. Oxirgi soniyalarda penalti qaytardik. Qizil kartochka bo'ldi. Bugun hammasi bo'ldi. Aytganimdek, o'zimizga qiyinchilik yaratishni yaxshi ko'ramiz. SHunchaki maydonga chiqib, g'alaba qozonish qiziq emas. Qanadaydir ekzotik narsa o'ylab topish kerak. Afsuski, hozircha shunday. Uch ochkoni qo'lga kiritdik. 

- Hujumda malum muammolar bor. Hamdamov yaqqol hujumchi poziciyasida o'ynashga majbur bo'lmoqda, CHeran esa biroz ortda o'ynashga o'rgangan. Banashak qachon safga qaytishi haqida malumot bormi?

- Katta ehtimol bilan, ikkinchi davrada. Tushunarliki, hujumchisiz o'ynash juda qiyin. Hujumchi bu boshqa toifadagi o'yinchi. U erga kimni qo'ymaylik, agar u futbolchi gol uruvchi yirtqich bo'lmasa, unda qiyin bo'ladi. Bizda boshqa hujumchi yo'q, afsuski.

- Siz yozda jamoa kuchayishini kutish mumkinligi borasida gapirgandingiz. Qaysi poziciyalarni kuchaytirish niyatidasiz va qanday sifatlar bo'yicha futbolchi tanlaysiz?

- Hamma futbolchilarni ko'zdan kechiramiz. Yoshlarni, hamma poziciyadagilarni. Albatta, yoshi juda kattalarni jalb qilmaymiz. Hamma poziciyaga yangi o'yinchilarni ko'zdan kechiramiz. Bizda sog'lom raqobat, agar futbolchilar raqobatni his qilishmasa, hech qachon o'sish bo'lmaydi. Poziciyaga kelsak, himoyachi, vinger va hujumchi qidiryapmiz.

- Jamoaning markaziy himoyachilari bunchalik bo'sh o'yin ko'rsatishiga nima sabab bo'ldi?

- Ular yomon o'ynashdi demagan bo'lardim. Biz o'yinni to'liq nazorat qildik. Raqib deyarli hech narsa tashkil qila olmadi. To'g'ri, bir necha epizodlarda kamchiliklar kuzatildi. Har safar gapiramiz, ammo koncentraciyaning yo'qolishi shu kabi vaziyatlarga olib keladi. Har kuni bu narsalar ustida ishlasak ham, hozircha bu kabi holatlar yuz berib turibdi. Oldimizda boshqa darajagi o'yinlar kutib turibdi. Mahalliy chempionat o'yinlariga tayyormiz. Lekin, u erdagi o'yinlarga tayyor emasmiz. "Turon" bilan, "Buxoro" bilan o'yinlarda etarlicha qiynaldik. Bazi narsalarni etkazib bera olmayotgapdirmiz, bilmadim. Mana shu jihatlar ustida ishlashimiz kerak. 

-  Azmiddinov maydondan chetlatilguniga qadar, bir necha marotaba to'pni olib reyd uyushtirdi. Bu ko'rsatma edimi yoki futbolchining shaxsiy qarori?

- O'yindan avval markaziy himoyachilarga shunday ko'rsatma bergan edim. Ochiq zona bo'lsa kirish kerak, lekin keyingi rejasi ham bo'lishi kerak. Ko'p holatlarda himoyachilarimiz hujumga o'tib, keyin to'p bilan nima qilishni bilmay qoladi. Ushbu muammoni ham to'g'irlashimiz kerak.

- U20 jahon chempionatiga yo'l olgan "Paxtakor" futbolchilarining qay birini asosiy tarkib o'yinchisi deb hisoblaysiz? Fayzullaevdan tashqari...

- Bizning barcha futbolchilar asosiy tarkibda o'ynashga loyiq.

- "Paxtakor" jamoasi hozirgi vaqtda tarkibni yoshartirish arafasida turibdimi?

- "Paxtakor" o'zbek futboli "etaloni" biz har doim U19 va U21 jamoalarimizni kuzatib boramiz. "Paxtakor"da barcha poziciyalarda o'z tarbiyanalanuvchilarimiz bilan o'ynash uchun, 3-4 yil vaqt kerak bo'ladi. Bizdan esa hozir natija talab qilishadi.

- Osiyo kubogining qura natijalaridan xabardor bo'lsangiz kerak. Guruhdagi raqiblarimiz haqida o'z fikrlaringizni bildirib o'tsangiz?

- O'ynasa bo'ladigan raqiblar. Hamma Avstraliya kuchli demoqda, lekin Avstraliya men terma jamoada o'ynagan paytdagi kuchli Avstraliya emas. Terma jamoamiz ham barcha raqiblar bilan o'ynay olishini namoyish etdi. Birinchi uchrashuv Suriyaga qarshi, keyin Hindiston va so'nggi turda Avstraliya. Guruhdan chiqishimizga shubha qilmayapman, pley-offda keyin raqibga qarab reja tuzsa bo'ladi. Terma jamoamiz yaxshi shakllangan. Birgina muammo terma jamoamiz rasmiy uchrashuvlarda anchadan beri ishtirok etmadi. Meni hayron qoldirayotgan yagona holat Osiyo kubogining qishda o'tkazilishi. Klublar uchun bu juda katta muammo bo'ladi. Biz mavsumni dekabr oyida yakunlaymiz. 13-15 yanvar kunlari esa Osiyo kubogi start oladi. Futbolchilar mavsumdan so'ng bir hafta dam olishadi, shundan so'ng ularni yana terma jamoaga yig'ishadi. Bu narsa ertami, kechmi o'z so'zini aytadi. Ular robot emasku. Osiyo kubogi paytida yoshlar bilan shug'ullanib turamiz, keyin asosiy yigitlar kelishadi. SHundan so'ng, yana chempionat o'yinlari boshlanadi. Kuch cheksiz emas. Tashkilotchilar qanday qilib bunday taqvim yaratishganiga ochig'i tushunmadim.

- Yozda CAFA kubogi boshlanadi. Bu turnirga munosabatingiz qanday? O'yinchilaringizni bu turnirga jo'natishga tayyormisiz?

- Biz hech nima qila olmaymiz-ku. Turnir o'ylib topishganmi, o'ynayverishsin. O'zbekistonda iyul oyida hech qanaqasiga tayyorlanib bo'lmaydi. Biz boshqa joyda yig'in o'tkazishni o'ylayapmiz. Bizda bir necha variantlar bor. Ular orasida Turkiya ham bor. 

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика