So’nggi yangiliklar

11:37"Реал" 39 ёшли Модрич билан шартномани 2026 йилга қадар узайтиришга тайёр  1 11:10"Челси"нинг янги мақсади маълум  3 10:00GiveMeSport нашри барча даврларнинг энг яхши дриблинг соҳибини аниқлади  17 09:16«Сурхон» тожикистонлик футболчи билан шартнома имзолади  0 08:48МЛС. Мессининг иккита ассисти жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди  18 08:20Sofascore. Кечаги учрашувда Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:51Осиё кубоги U-20. Бугун ёшларимиз Жаҳон чемпионатига йўлланмани қўлга киритиши мумкин   18 07:25Саудия Про лигаси. «Ал Иттиҳод» «Ал Ҳилол» ўртасидаги баҳсда йирик ҳисоб қайд этилди  11 03:00Ла Лига. "Барселона" меҳмонда ишончли ҳисобда ғалаба қозонди, каталонияликлар биринчи ўринга қайтишди  38 02:47А Серия. Лаутаронинг голи "Интер"га "Женоа" устидан ғалабани тақдим этди, миланликлар вақтинча биринчи ўринга кўтарилишди  0 00:53"Ювентус" АПЛдан италиялик футболчини ўз сафига қўшиб олиши деярли аниқ, аммо...  0 00:38Бундеслига. "Боруссия" ўз уйида "Унион"га жавобсиз 6та гол урди, "Байер"дан меҳмондаги ишончли ғалаба  4 00:34АПЛ. Рэшфорддан 2та ассист, Асенсиодан 2та гол — "Астон Вилла" ўз уйида "Челси"га қарши камбэк эвазига ғалабага эришди  14 00:28Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Валенсия"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, вақтинчалик биринчи ўринга чиқиб олди  9 00:01А Серия. "Торино" ва "Милан" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  9

Maksim SHackix: "Hozirgi vaqtda hech kimni oson mag'lub eta olmaymiz" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Hozirgi vaqtda hech kimni oson mag'lub eta olmaymiz"

Superliganing 7-turidan o'rin olgan, markaziy uchrashuvda "OKMK" va "Paxtakor" jamoalari to'qnash kelishdi.

Kurashlarga boy o'tgan uchrashuvda amaldagi chempion irodali tarzda g'alabaga erishdi, yakuniy hisob 2:1. Uchrashuvdan so'ng "Paxtakor"  jamoasi bosh murabbiyi Maksim SHackix uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etib, o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

- O'yin haqida qisqacha fikrlaringiz?

- Qiyin o'yin bo'lishini bilgan edik va shunga yarasha tayyorgarlik ko'rdik. Bugun o'ylaymanki, muxlis namoyish etgan o'yinimizdan rozi bo'ldi. "OKMK" yaxshi jamoa, Mirjalol aka boshqargan jamoalar har doim yaxshi o'yin namoyish etishadi va aqli futbol o'ynashadi. G'alabaga erishdik va eng muhimi shu deb o'ylayman.

- Jamoaning birinchi taymdagi o'yiniga baho berib o'tsangiz?

- Birinchi taymda yaxshi o'yin namoyish eta olmadik. Bunga sabab ko'p futbolchilarimizdan foydalana olmayotganimiz. Dilshod bugun yarim yil deganda birinchi uchrashuvini o'tkazdi va u ham bo'lsa o'zining poziciyasida emas, shu sabab birinchi bo'lim biz o'ylagandek o'tmadi. Tanaffusda bir nechta kichik o'zgartirishlarga qo'l urdik va ikkinchi taymda o'yinimizni ancha yaxshilab oldik. Birinchi taymda quyosh xalal berdimi bilmayman, ikkinchi taymda o'zimizning o'yinimizni namoyish eta boshladik

- Superligada 7ta tur uchrashuvlarini o'tkazdingizlar va sekin astalik jamoalar o'yinini tahlil qilsa bo'ladi. "Paxtakor" 7ta turning barcha uchrashuvlarida gol o'tkazib yubormoqda. Bunga sabab nima deb o'ylaysiz?

- Men avvalgi matbuot anjumanlarida ham bu narsani takidlab o'tgan edim. Mashg'ulot jarayoni to'g'rilashingiz kerak bo'lgan muammo bo'lmasa, mashg'ulot olib borish zerikarli bo'lib qoladi(kuladi). Biz bu muammolar ustida ish olib bormoqdamiz. Biz nafaqat milliy chempionatga tayyorlanmoqdamiz, balki bir daraja kattaroq uchrashuvlarga ham tayyorgarlik ko'rayapmiz. Misol uchun "Paxtakor"ning deyarli barcha azosi terma jamoa o'yinchisi hisoblanadi. Terma jamoa tarkibida o'ynayotgan vaqti esa futbolchi bizning yuzimiz. Biz televizor orqali o'yinni tomosha qilib, ular "Paxtakor" futbolchilari ekanligi uchun mag'rurlanadigan darajaga chiqishni niyat qilganmiz va shu darajaga erishish uchun harakat olib bormoqdamiz.

- Bugungi g'alaba Saitovning individual mahorati evaziga qo'lga kiritildimi?

- Yo'q, fikringizga qo'shilmayman. Men har doim takidlab o'tganman, bizda hamma hujumga o'tadi va hamma himoyalanadi. Individual mahorat har bir futbolchida bo'lishi kerak. Masalan o'sha Saitov gol bo'lishi uchun to'pni qanotdan raqibning jarima maydonchasiga etkazib beradi, lekin to'p qanot o'yinchisiga etib kelgunga qadar, boshqa futbolchilar mehnat qilishadi. Golda ham shunday vaziyat.

- "Paxtakor" bugun o'zgarishlarsiz o'ynadi va uchrashuv so'ngida Turg'unboev va Alijonovlar charchab qolishgani yaqqol ko'zga tashlandi. O'yinni buzib qo'ymaslik uchun bugun o'zgarishlarga qo'l urmadingizmi?

- Bunday uchrashuvda maydonda harakat qilish juda qiyin, o'z tajribamdan kelib chiqib ham shuni ayta olaman. Qo'shimchasiga bizning zaxira o'rindig'imizda hozir futbolchilar soni ancha kamaygan. Agar uchrashuv so'ngida qaysidir futbolchini almashtirsam, u o'yinga kirishib keta olmasligi mumkin edi.

- Fikringizcha, "Paxtakor"ga chempionlik poygasida asosiy raqobatchi kim?

- Musobaqani o'zingiz kuzatib boryapsiz. Hozirgi vaqtda hech kimni oson mag'lub eta olmaymiz, xoh u etakchi bo'lsin, xoh "autsayder". Barcha chempionatlarda shunday holat, har bir raqibga individual tarzda tayyorgarlik ko'rmoqdamiz, lekin o'zimizning uslubimizdan kelib chiqib.


Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика