Maksim SHackix: "Bugun bizning kunimiz emas ekan"
14 mar 2024 22:02
Yangiliklar
Maksim SHackix: "Bugun bizning kunimiz emas ekan"
- O'yin haqida
"Bugun bizning kunimiz emas ekan. Yoshlarda stabillik etishmasligi tabiiy. Biz nima aytgan bo'lsak teskarisi bo'ldi. Hech narsa o'xshamadi. 3 ta golni ham o'zimiz olib keldik", — deydi SHackix.
-"Paxtakor" birinchi bo'limda maydon markazidan o'tolgani yo'q. Bu nima bilan bog'liq bo'ldi? Sardor Sobirxo'jaev nima uchun maydonga tushmadi?
- O'yin barchasini ko'rsatdi. Havo sovuq edi. Bundan tashqari maydon sifati. Lekin ikki jamoa bir xil sharoitda o'ynadi. Sardor Sobirxo'jaev betob bo'lib qoldi. Bu biz uchun katta yo'qotish. Sobirxo'jaev markazda hujumlarimizni rivojlantirardi, bog'lovchi bo'lib berardi. U betob bo'lib qoldi va bizga etishmadi. Abdumannonov ham o'ziga kela olmayapti.
- Bunday tor zaxira bilan butun mavsumda qiynalib qolmaysizmi?
- Bu haqida avval ham aytganman. Yoshlar hali to'liq tayyor emas. Abdumannopov ham betob. Sardorning xizmatidan foydalana olmadik. Bugun bizning kunimiz emasdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar