So’nggi yangiliklar

00:58Трент АПЛга қайтиши мумкин  1 00:39Саудия Арабистони. "Ал Насср" Роналдусиз иккинчи ўйинда ҳам ғалабага эришди  8 00:11Пеп Гвардиола: "Ливерпуль" ўзгача жамоа бўлиб қолаверади"  2 23:47"Реал" вингери сафдан чиқди  7 23:24"Ал Насср" футболчиси "Зенит"га ўтмоқда  2 22:59Роналду "Ал Иттиҳод"га қарши ўйнашга тайёр бўлган  12 22:30Хамес Родригеснинг янги жамоаси эълон қилинди  2 22:09Расман: Абдуқодир Ҳусанов - "Манчестер Сити"да ой футболчиси!  22 21:40"Мундиалда фақатгина ютамиз, ҳеч нарса йўқотмаймиз" – Фабио Каннаваро билан катта интервью  6 21:01Тажрибали футболчи фаолиятини "Манчестер Юнайтед"да якунламоқчи  3 20:37Назорат ўйини. “Бунёдкор” Россия клубига мағлуб бўлди  1 20:09ОКМК Россия жамоаси устидан ғалаба қозонди  4 19:57Ўзбекистон футзал терма жамоаси мураббийлар штаби истеъфога чиқарилди  22 19:35"Металлург" голларга бой ўйинда "Локомотив" U-21'дан устун келди  1 19:23"Барселона" Левандовскига янги шартнома таклиф қилмоқчи  7

Maksim SHackix: "Bugun bizning kunimiz emas ekan" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Bugun bizning kunimiz emas ekan"

OCHLning 1-turi doirasida "Al Ayn"ga qarshi o'yindan keyin "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim SHackix o'z fikrlarini bildirdi.

- Hayrli kech. Ilk navbatda bugun bizni qo'llab turgan muxlislarga rahmat aytaman. Ikkinchidan, ushbu mag'lubiyatdagi barcha aybni o'z bo'ynimga olaman. Uchinchidan, bu endigina birinchi tur. Hali qo'rqinchli hech nima sodir bo'lmadi. Ha, o'z maydonimizda mag'lub bo'lganimiz alamli. Ko'plab vaziyatlar yaratdik, biroq gol ura olmadik. Raqiblarda esa bizdan ko'ra kamroq vaziyat bo'ldi, biroq 3ta gol urishdi. Bu endi individual mahoratga bog'liq bo'ldi. Bugun faqatgina shu jihatlarda mag'lub bo'ldik. SHu boisdan ruhni tushurmaslik kerak. Hali oldinda o'yinlar ko'p, oxirigacha kurashamiz. Futbolni tushunadigan odamlar, maydonda nimalar bo'lganini yaxshilab ko'rdi. Faqatgina individual mahorat evaziga mag'lub bo'ldik. Bizda ham shunday vaziyatlar bo'ldi, ulardan foydalana olmadik. Ulardagi golli vaziyatlar esa yarimta imkoniyatdan urildi. Uchinchi golni esa o'zimiz olib kelib berdik. Bularning barchasi futbolda bo'lib turadi. Bugun ularning kuni bo'ldi. Bizda esa hech nima o'xshamadi. Qo'rqinchli joyi yo'q. Navbatdagi o'yinlarga tayyorlanishda davom etamiz, oldinda OCHLdagi 5 o'yinimiz bor. 

- Bugun barcha odamlar nimalar bo'lganini ko'rdi. Savollar bo'lmasa kerak.

- Asosiysi, odamlar holatni tushunishi kerak. Futbolda shunday kunlar bo'lib turadi. Hali o'zimizning ham, raqiblarning ham vaziyatlarini taxlil qilib chiqamiz. Darvozabonimizning shu uch goldan tashqari goldan qutqargan vaziyatlarini ko'rganim ham yo'q. Ha, oddiy zarbalar bo'lishi mumkin, biroq xavfli vaziyatlar bo'lmadi. Ishlashda davom etamiz. SHunchaki, egilib turgan boshning ustidan kulish yaramaydi. Agarda futbolni oz-moz tushunib, bugungi o'yinni yaxshi taxlil qilgan insonlar bo'lsa, yomon narsalar yozishmaydi. Bugun bizning kunimiz emas ekan, bo'lib turadi.

Reyting: -62   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика