So’nggi yangiliklar

02:43Лига 1. "Лион" ва ПСЖ ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, Хакимидан дубль  1 02:39А Серия. Влаховичнинг голи меҳмонда "Ювентус"га ғалаба тақдим этди  0 00:53Киммих "Бавария"да қолишга яқин  0 00:24Абдуқодир Ҳусанов бугунги ўйинда қандай статистика қайд этди?  3 00:15АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпуль"га мағлуб бўлди, Ҳусанов ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  1 23:35Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Айнтрахт"га жавобсиз 4та гол урди, мюнхенликлар энг яқин таъқибчиларидан 8 очко илгарилаб кетишди  2 23:29БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" кутилмаганда "Шаржа"дан устун келди, "Ал Ваҳда"дан йирик ғалаба  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Ливерпуль"га ютқазди. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг катта балл олди  181 23:00U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистон ўз юришини чорак финалда тўхтатди  11 22:32"Челси" Ла Лигадаги ҳимоячи билан шартнома имзоламоқчи  1 22:10Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Жирона"ни мағлуб этиб, очколар бўйича "Барса"га етиб олди, 39 ёшли Модрич ўйинда ҳисобни очди  64 21:56Гризманн ўзининг "Атлетико"даги келажагини белгилаб олди  0 21:08Сон Хён Мин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин?!  5 20:01Тибо Куртуа Тедесконинг истеъфосидан сўнг Бельгия терма жамоасига қайтишни хоҳламоқда  7 19:39"Манчестер Юнайтед" ёзда "Барселона" футболчиси билан шартнома имзолашга уриниб кўради  8

Maksim SHackix: "Bugun bizning foydamizga hakam tomonidan qandaydir qo'pol xatolar bo'lmadi" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Bugun bizning foydamizga hakam tomonidan qandaydir qo'pol xatolar bo'lmadi"

Coca-Cola Superliganing 18-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Metallurg" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Maksim SHackix o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

O'yin haqida

- O'yin yomon bo'lmadi. Afsuski, har safar gol o'tkazib yuboryapmiz. Negaligini bilmayman. Umuman olganda yomon o'ynamadik. G'alaba qozonish uchun etarlicha hujumlar qildik. Hozir eng kerakligi uch ochko va biz bunga erishdik. Vaziyatlardan foydalanishda oqsayapmiz. Buning ustida ishlaymiz. 

- Hakamlik borasida qandaydir etirozlar bormi? Sababi, deyarli har uchrashuvda shu muammoga to'xtalyapsiz...

- Menimcha, o'sha vaziyatlarda bunga sabab bor edi. Bugun har holda hakam o'ynash uchun imkoniyat berdi. To'xtalishlar unchalik ham ko'p bo'lmadi. Bugun bizning foydamizga hakam tomonidan qandaydir qo'pol xatolar bo'lmadi. Penalti bilan bog'liq vaziyatda menga ko'proq penalti bordek tuyildi. Takroriy vaziyatni hali ko'rganim yo'q. Ammo menimcha penalti bor edi.

- "Paxtakor" deyarli har uchrashuvda bir xil tarkibda o'ynamoqda. Siz rocaciyalarga ham qo'l urib turasizmi? Yani yulduz futbolchilarga asosiy tarkibda joy kafolatlanmagan deya olamizmi?

- Bizda asosiy tarkib yo'q. "Paxtakor"da birga shug'ullanayotgan butun tarkib bor. Ular hozirda 18 kishini tashkil qiladi. Har bir o'yinchi istalgan o'yinda asosiy tarkibda maydonga chiqishi mumkin. Qaytaraman, bizda asosiy tarkib yo'q. Ishoninglar, o'yinchi terma jamoa azosimi, yo'qmi bizga farqi yo'q. Biz murabbiylar bu futbolchilarni har kuni ko'ramiz va ular mashg'ulot vaqtida o'zlarini qanday tutayotganlarini yaxshi bilamiz. SHunga qarab ular asosiy tarkibda maydonga tushishadi. "Paxtakor"da hech kimga joy kafolatlanmagan. Jamoada raqobat bo'lishi kerak. Raqobat bo'lsagina jamoada o'sish bo'ladi. O'yinchi raqobatsiz qolsa u degradaciyaga uchraydi. Afsuski, hozirda jamoamizda raqobat biz istagandek emas. Ammo kelajakda buni bartaraf etamiz. 

- Doston Tursunov hali jarohatini to'liq tiklolmadimi yoki uning o'yini asosiy tarkibga tortmayaptimi?

- U shunchaki tiklanmoqda. Bu kabi jarohatdan so'ng o'yinchiga oson bo'lmaydi. Doston o'z sport formasiga qaytishi bilan unda maydonga tushish uchun imkoniyat paydo bo'ladi. 

- Banashak yana gol urdi. Unda yana bir qancha vaziyatlar ham bo'ldi. Uni jamoaga to'liq moslashib ketdi desak ham bo'ladimi? 

- Adaptaciya borasida gapingizga qo'shilishim mumkin. Ammo vaziyatlardan foydalanish borasida unda muammolar yuzaga kelmoqda. Ammo u gollar urmoqda, bu esa yaxshi. Banashak o'zidagi induvidual maxoratni rivojlantirishi kerak. Jamoadoshlari yaratib bergan vaziyatlardan u foydalanishi lozim.

- CHeranni o'zgartirganingizdan so'ng uning biroz xafsalasi pir bo'ldi. Bunga fikringiz qanday?

- U bundan norozi bo'ldimi?

- Bizga shunday ko'rindi...

- Yo'q, hammasi yaxshi. Bizning jamoada norozilar yo'q. Agar norozilar bo'lsa, ular kasblarini o'zgartirganlari maqul.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика