So’nggi yangiliklar

08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  2 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  3 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  5 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  26 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  85 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  12 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1

Maksim SHackix: "Bugun birinchi davradagi qarzimizni qaytardik" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Bugun birinchi davradagi qarzimizni qaytardik"

Superliga 16-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Lokomotiv" (3:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Maksim SHackix matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- O'yinni to'liq nazorat qildik. Birinchi bo'limning o'zidayoq barcha masalalarni hal etsak bo'lardi. O'zgarishlardan keyin esa biroz o'yin tizgisi o'zgardi. Raqib ko'proq hujum qildi. Yangi futbolchilarimizga biroz vaqt kerak. Gol o'tkazib yuborganimiz meni juda ranjitdi. Muhimi uch ochkoni qo'lga kiritdik.

- Jamoa yozgi transferlar oynasida Olimpiya terma jamoasining bir nechta futbolchilarini harid qildi. Ularning jismoniy holati bo'yicha muammo bo'lmadimi, sababi ular deyarli dam olishmadi.

- Muammo ham aynan shunda. Ular deyarli dam olishgani yo'q. Birinchi davradan so'ng Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik va iyul oyida Olimpiada. Biz ularga bir necha kunlik tatil berdik. Ushbu jihatda muammolar bor, futbolchilar robot emas. Olimpiadadek katta musobaqa nafaqat jismoniy, balki ruhiy tomonlama ham bosim o'tkazadi. SHu sababli bizga biroz vaqt kerak.



- Birinchi davrada jamoangiz "Lokomotiv"ga yirik 0:3 hisobida mag'lub bo'lgan edi. Siz esa o'sha uchrashuvdan so'ng bunday tushunmovchiliklar bo'lib turadi degan edingiz. Bugun jamoangiz birinchi davradagi sharmandali mag'lub alamini oldimi?

- Ha, qarzimiz bor edi. Bugun ushbu qarzni qaytardik. Bahordagi uchrashuv shunchaki nonsens. Futbolchilarimga qarzni qaytarish kerak ekanligini aytgan edim. Bugun yanada yirikroq hisobda g'alaba qozonishimiz mumkin edi, lekin birinchi bo'limda ko'p vaziyatlarni ko'kka sovurdik.

- Kuzda Elit Osiyo chempionlar ligasi start oladi. "Paxtakor" uchun ushbu musobaqada qatnashish va mahalliy musobaqalarning yakuniy pallasida ishtirok etish qanchalik qiyin bo'lishi mumkin?

- Oson bo'lmasligi aniq. Bizni Eron va Iroq safari kutib turibdi. Ushbu mamlakatlarga uchib borishdagi parvoz vaqti juda uzoq. Mamlakatlarning holati qanday ekanligini o'zingiz bilasiz. Yo'lning o'zi ham ko'p kuchimizni olib qo'yishi aniq. Barcha futbolchilar sog'lom bo'lib tursa, bo'lgani. Qiyin bo'lishi aniq.

- "Paxtakor" jamoasining jarohatlangan futbolchilari sekin-astalik bilan safga qaytmoqda. Hojiakbar Alijonov maydonga qaytishga ulgurdi, mana bugun esa Dilshod Saitov ham maydonga qaytdi. Jamoa o'zining optimal holatiga yaqinlashib kelmoqdami?

- Futbolchilarning jarohatsizligi bu yaxshi xabar. Jamoaning "pik" holati bo'yicha esa bir nima deya olmayman. CHempionat uzoq vaqt davom etadi. Yakuniy sana 4 dekabr. Biz qishda mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan jarayonimizda aynan qaysi oy eng yaxshi sport formamizga chiqib olamiz degan reja tuzmaymiz. Buni reja qilib bo'lmaydi. Maqsadimiz uzoq vaqt davomida stabil o'yin namoyish etish. CHempionlar ligasi, Kubok, Superliga o'yinlari bor. Futbolchilarning jismoniy holatiga etibor beramiz, ayniqsa Olimpiadada ishtirok etgan futbolchilarga katta etibor qaratamiz. Olimpiadada ishtirok etganlarning fitnes bo'yicha malumotlarini to'plab olishimiz kerak.




Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика