So’nggi yangiliklar

08:32Суперлига. Бугун "Динамо" учинчи ўринга кўтарилиб олиши мумкин  1 08:05Миср терма жамоаси устози кечаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  10 07:39U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун нимчорак финал йўлланмаси учун майдонга тушамиз  6 02:50ЖЧ-2026 саралаши. Хорватия жаҳон чемпионатида, Германиядан ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:55U-17 Жаҳон чемпионатида 1/8 финалга чиққан илк иштирокчилар маълум бўлди  10 01:33Одил Ҳамробеков: "Эрон термасидаги жамоадошларим финалга чиққанимиз билан табриклашди"  4 01:15Рустам Ашурматов: "Фабио Каннаваро ўзи билганларини ўргатиб, барчасини бирдек олиб бормоқда"  4 01:00Абдулла Абдуллаев: "Ҳақли равишда ғалаба қозондик"  0 00:51Отабек Шукуров: "Йиғин бошлангандан кейин 4 кун мобайнида мураббийлар Мисрнинг қандай ўйнашини уқтириб борди"  6 00:23Элдор Шомуродов: "Замонавий футболда барчасига тайёр туриш керак"  8 00:10Фабио Каннаваро: "Жаҳон чемпионатига чиққандан кейин стратегия тузилган ва биз буни бажариш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  17 23:54Мбаппе рекорд ўрнатди  4 23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  20 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  21 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  468

Maksim SHackix: "Bizga Abbosning kreativligi etishmayapti" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Bizga Abbosning kreativligi etishmayapti"

"Paxtakor" hamda "Surxon" o'rtasidagi Superliganing 12-tur o'yinidan (1:0) so'ng mezbonlar ustozi Maksim SHackix matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqidagi fikrlaringiz?

- Yaxshi o'yin bo'ldi deb o'ylayman. Imkoniyatlarimiz bor edi, ulardan foydalansak kattaroq hisobda g'alaba qozonishimiz mumkin edi. Muhimi g'alaba va 3 ochkoni kulga kiritganimiz.

- "Navbahor" birinchi o'ringa ko'tarilib oldi, lekin "Paxtakor"da esa zaxirada bita o'yin bor. "Paxtakor"ga bu qo'shimcha bosim beradimi?

- Yo'q, biz musobaqa jadvaliga qaramaymiz. Bizda o'zimizning maqsadlar bor va boshqa jamoalarga qarab ish qilmaymiz.

- "Surxon"ga qarshi tayyorgarlik qurayotganlaringizda aynan qaysi jihatlarga etibor bergan edingiz, "Surxon" jamoasining kuchli tomonlarini aytib o'ta olasizmi?

- "Surxon" yosh va chanqoq jamoa. Birinchi taymda "Surxon" kuchga to'la edi va shu sabab ular o'z poziciyalarini va zonalarini yopishga ulgurayotgan edi. Ikkinchi taymda esa biz o'z o'yinimizni namoyish eta boshladik va "Surxon" bor yog'i bir nechta hujum uyushtirdi. Muhimi uch ochkoni qo'lga kiritdik. Hozirgi kunda "Paxtakor"ga qarshi har bir jamoa maksimal tarzda o'ynaydi. Oson g'alabalar kutmaymiz.

- Rashidov bilan nima ro'y berdi? U ikki o'yindan beri jamoa tarkibida yo'q.

- Unda sog'liq bilan muammo bor va shu sabab u jamoaga yordam bera olmayapti.

- Bor yo'g'i bita o'zgarish qildingiz? Bunga sabab nima?

- To'g'risi bizning zaxira o'rindig'imizda U19 jamoasining futbolchilari. Ular maydonga tushirish katta tavakkal, sababi ular o'yin tempiga moslashib keta olmasligi mumkin. Agar yosh futbolchilarni maydonga tushirsam, ular ruhiy bosim ostida qolib ketishadi va o'ziga ishonchni yoqotib qo'yishi mumkin. Bizda zaxirada Holmatov bor edi, lekin uni ham maydonga tushirsam o'yin tempiga kirishib ketishi muammo bo'lishi mumkin edi.

- "Paxtakor"ning yosh futbolchisi Abbosbek Fayzullaev, hozir yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Abbosning yo'qligi jamoa o'yiniga tasir o'tkazmoqdami?

- Albatta, Abbos hozir bizga etishmayapti. U tez va yuqori texnikaga ega, u aqlli futbolchi bizga uning kreativligi etishmayapti. Agar Abbos tarkibimizda bo'lganida biz ancha yaxshiroq o'yin namoyish etar edik.

- Jahon chempionatidan so'ng Abbosning "so'vchi"lari ko'paysa, uni qo'yib yuborar edingizmi?

- Bunday holatlarda, men har doim futbolchining o'zini eshitaman va uning fikriga quloq tutaman. Bizning jamoa hech qachon futbolchining xohishi siz, futbolchini sotmaydi. Agar futbolchi o'zi xohlasa unga imkoniyat beramiz. Mening fikrimcha, u "Paxtakor"da qolishi kerak unga ko'proq tajriba kerak. Osiyo va jahon chempionati baribir yoshlar darajasida. Katta futboli esa yoshlar futbolidan bir oz farq qiladi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика