So’nggi yangiliklar

16:15МТЖ дарвозабонлар мураббийи: "Кападзенинг шартномасини билмайман, аммо мураббийлар штабининг шартномаси ЖЧ-2026 якунига қадар амал қилади"  0 15:47Эрон терма жамоаси мураббийи: "Бош ҳакамнинг қарорлари фақат Эрон зарарига бўлди. Қирғизистон ҳам ҳакамдан жабр кўрганди"  10 15:19Меҳди Тареми: "Ёмон воқеалардан сабоқ олиш сизни ривожлантиради"  7 15:00U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластин билан муҳим ўйинда қатнашмоқда (онлайн ҳисоб)  21 14:51Тонали Гаттузо ҳақида: "У менга айтган ҳамма нарсани қадрлайман"  1 14:23Ла Лигада август ойининг энг яхши мураббийи маълум  0 13:40"Атлетик" футболчиси антидопинг қоидасини бузгани учун 10 ойга дисквалификация қилинди  1 13:11Инфантино Эрон АҚШдаги ЖЧда қатнашишига кафолат берди  3 12:45Эшитдик-да! "Бунёдкор" "Олимпия" стадионида ўйнайди  9 12:21"Истиқлол" бош мураббийи Ашурматов ва Машариповнинг жароҳати ҳақида тўхталди  1 11:52Жанни Инфантино: "Шавкат Мирзиёевнинг футболга бўлган муҳаббати сўнгги икки йил ичида янада кучайганини кўриб хурсанд бўлдим"  4 11:25Эронлик эксперт: "Юсуфи майдондан тўғри четлатилди, Алижонов ва пенальти бўйича қарор ҳам ўринли, бироқ..."  44 10:41Испания терма жамоаси ҳужумчи бир ойга сафдан чиқди  1 10:05Луис Суарес Лига кубоги финалида рақибига тупургани учун МЛСда учта ўйинга дисквалификация қилинди  5 09:38Расман. АПЛдаги илк истеъфо содир бўлди  9

Maksim SHackix: "Biz ham chempionlar ligasini yutishni xohlaymiz, ammo mo'jizalar ro'y bermaydi. "Al-Vasl" mahorat jihatidan ustunroq ekanligi sezildi" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Biz ham chempionlar ligasini yutishni xohlaymiz, ammo mo'jizalar ro'y bermaydi. "Al-Vasl" mahorat jihatidan ustunroq ekanligi sezildi"

Elit Osiyo chempionlar ligasi 1-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al-Vasl" (0:1) uchrashuvidan so'ng "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim SHackix matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Boshqa darajali jamoaga qarshi o'ynadik. Raqibimiz bizdan kuchliroq edi, raqib safidagi futbolchilarning mahorati biznikidan yuqoriroq edi. SHunday sharoitda ham, ochko olishimiz mumkin edi. Ancha vaqtdan beri bunday kuchli jamoaga qarshi o'ynamagandik. Raqib o'yinini ko'rgandik va tahlil qilgandik. Raqibimiz standart vaziyatlardan yaxshi foydalana olishini ham bilardik. Yo'q joydan gol  o'tkazib yubordik. Raqib bizdan mahoratliroq edi, afsuski. O'yinda kamroq vaziyatlar yaratdik, bunga sabab raqibning bizda ustunroq va kuchliroq bo'lgani" - deya fikr bildirdi Maksim SHackix

- Bugun raqib mahorat jihatidan sizning jamoangizdan ustun bo'lgan bo'lishi mumkin, ammo "Paxtakor" bugungi uchrashuvda o'z vaziyatlariga ega bo'ldi. Masalan, "Neftchi"ga qarshi kechgan uchrashuvda jamoangiz raqib darvozasiga deyarli xavf tug'dira olmagandi. "Paxtakor" uchun, o'zi ham o'ynaydigan va raqib jamoaga ham ochiq o'yin taklif qiladigan jamoalarga qarshi o'ynash qulayroqmi?

- Raqib bugun bizni ko'p qiynagani yo'q, ular asosan bizning xatolarimizni kutishdi. Biz esa buni tez payqadik va yigitlarga hushyorroq bo'lishni aytdim. Himoyada esa ular 3-4-1 taktik sxemasiga o'tib olishdi. Bunday zich himoyani yorib o'tish qiyin edi. SHuningdek, "Al-Vasl" futbolchilarining jismoniy holati biznikidan yaxshiroq edi. Hechqisi yo'q, bunday o'yinlar orqali tajriba to'plab boramiz. Bu bor-yo'g'i birinchi uchrashuv edi. Keyingi uchrashuvlarimizga etibor qaratamiz.

- "Paxtakor" o'yinning so'nggi 10-15 daqiqasida ancha jonlanib qoldi va agressiv futbol namoyish eta boshladi. Dastlabki daqiqalardanoq bunday o'ynasa bo'lmasmidi?

- Agressiv degan so'zning manosi ham turli. Yana bir bor takrorlayman, raqib bizdan kuchliroq edi, barcha jihatlarda. O'zingiz ko'rdingiz, "Al-Vasl"ning qanotdan amalga oshirilgan barcha uzatmalari aniq bo'ldi. Bunday aniqlik uchun katta tajriba talab etiladi. Bizda esa bunday individual mahorat yo'q.

- "Paxtakor"ning keyingi raqibi Tehronning "Persepolis" jamoasi bo'ladi. Keyingi raqib haqida fikr bildirib o'tsangiz?

- "Persepolis" kecha "Al-Ahli"ga qarshi bahs olib bordi. SHu uchrashuvni to'liq tomosha qildim. "Persepolis" juda tezkor jamoa ekan. "Al-Ahli" o'z uyida o'ynagan bo'lsa ham, deyarli vaziyatlar yarata olmadi. Oston Urunov ham juda yaxshi o'yin namoyish etdi. Urunovning "Persepolis"dagi o'yinini birinchi marotaba tomosha qildim. Oston "Persepolis"ning etakchisi deb o'ylayman, hujumda xavfni faqatgina Oston yaratmoqda. Eronga safarimizdan oldin Superliga o'yinlari bor. Avvalambor, mahalliy chempionatdagi bahslarga etibor qaratishimiz kerak.

- "Al-Vasl" bosh murabbiyi matbuot anjumanida "Paxtakor" meni hayron qoldirmadi, ammo tarkibdagi yagona o'zgarish qilingan ekan, deya fikr bildirib o'tdi. "Al-Vasl" jamoasi bugun siz uchun qandaydir "syurpriz" taqdim etdimi?

- Hech qanday "syurpriz" bo'lmadi. Bir narsani yodda tuting, "Al-Vasl" o'z chempionatida bor-yo'g'i ikkita uchrashuv o'tkazdi. 13 sentyabr kuni ular "Al-Ayn"ga qarshi bahs olib borishlari kerak edi, ammo o'sha uchrashuv qoldirildi. Biz esa bir necha kun avval juda qiyin uchrashuv o'tkazdik. Ular o'z o'yinini qoldirishdi, biz esa maydonga chiqdik. Maydon holati ham yaxshi emas edi. Jamoam bugun yaxshi o'yin namoyish etdi va futbolchilarga hech qanday etirozim yo'q.



- "Al-Vasl" bugun zich himoyalandi deb aytib o'tdingiz, ammo o'yindan oldingi matbuot anjumanida ertangi uchrashuvga bir nechta reja tayyorlab qo'yganmiz deb aytgandingiz. Raqibning zich himoyasini yorib o'tishga nima etishmadi deb o'ylaysiz?

- Bunday darajali o'yinlarda barchasini bir dona yoki yarim vaziyat hal qiladi. Agar bir dona vaziyatdan foydalanib keta olsangiz ijobiy natijaga erishishingiz mumkin. Bunday o'yinlarda ko'p vaziyatlar yaratish qiyin masala, shu sababli bor vaziyatdan foydalanish kerak. Afsuski, biz bu masalada muammolarga duch kelmoqdamiz.

- Realizaciya haqida gapirib o'tdingiz. "Paxtakor" bugun qanotdan ko'p uzatmalarni amalga oshirdi, lekin ushbu uzatmalarni yakunlaydigan hujumchi topilmadi. CHempionat o'yinlari davomida ham, ko'p marotaba realizaciya oqsayotgani haqida takidlab o'tgandingiz. Balki "Paxtakor"ga yaxshi markaziy hujumchi etishmayotgandir? Ushbu poziciyada muammo bordek tuyulmoqda?

- Afsuski, hozircha bunday hujumchimiz yo'q. Vaziyatlarni yakunlaydigan va raqibga darvozasiga muntazam xavf tug'diradigan hujumchi etishmayapti.

- "Al-Vasl" jamoasi BAA chempioni, "Paxtakor" esa O'zbekiston chempioni. SHuningdek, ikki jamoa safida ham terma jamoa futbolchilari bor. BAA terma jamoasi JCH-2026 saralashidagi keyingi raqibimiz. BAA terma jamoasi haqida va "Al-Vasl" haqida fikr bildirib o'tsangiz?

- BAA terma jamoasi safida legionerlar juda ko'p. Jamoa deyarli to'liq legionerlardan tashkil topgan. Bizning terma jamoamiz BAA kuchsiz deb o'ylamayman. O'yin barchasini ko'rsatadi. O'zingiz bilasiz, biz tarkibimizni yoshartirib yubordik. Bugun imkon qadar, xalqaro maydonda tajribaga ega bo'lgan futbolchilarni maydonga tushirdik. Qolgan futbolchilar esa, OCHL bahslarini faqatgina televizor orqali tomosha qilishgan. Barcha futbolchilarga imkon qadar o'yin vaqtini taqdim etishga harakat qilamiz. Kuchli jamoalarga qarshi o'yinlarda, qaysi darajada ekanligimizni bilib olamiz. Biz o'z yo'limizni tanladik va ortga yo'l yo'q. Bunday musobaqalar orqali sekin-astalik bilan tajriba orttirib boramiz. Superligadagi o'yinlar orqali katta o'sishga erishishning iloji yo'q. Har bir uchrashuvda kurashamiz. Bu bor-yo'g'i birinchi tur edi. Futbolni tushungan inson qanday holatda ekanligimizni biladi. Men avvalroq ham aytib o'tdim, raqib bizdan kuchliroq edi. Bu fakt. Xatolar ustida ishlashda davom etamiz. Mavsum avvalida muxlislardan sabrliroq bo'lishlarini so'ragandim. Biz ham chempionlar ligasini yutishni istaymiz, ammo real hayotda mo'jizalar ro'y bermaydi. Bugun durang qayd etishga haqli edik deb o'ylayman. Yigitlar bugun yaxshi o'yin namoyish etishdi va ularga hech qanday etirozim yo'q.



Reyting: -19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика