So’nggi yangiliklar

00:07Игорь Сергеев: "Бундай жамоалар ҳеч қачон 90 дақиқа тўлиқ борини бериб ўйнамайди"  2 23:36Отабек Шукуров: "Шундай ўйинлар орқали Жаҳон чемпионатини ҳис қилиб оламиз"  8 23:21Кабо-Верде терма жамоаси тарихда илк бор Жаҳон чемпионатига йўл олди  8 22:35Абдувоҳид Неъматов: "Янги мураббийнинг талабларини бажаришга ҳаракат қиляпмиз"  13 22:10Элдор Шомуродов: "Умуман олганда ёмон ўйнамадик"  3 22:10Ушбу ФИФА кунлари охиргиси...   5 22:05"Динамо" назорат учрашувида "Машъал"ни таслим қилди  0 21:21Фабио Каннаваро: "Бизда буни ўнглаш учун яна 8 ой вақт бор"  52 21:21Рустам Ашурматов: "Ўйин томонлама кучайтирадиган жиҳатларимиз бор экан"  4 20:24Ўзбекистон терма жамоасининг 11 ўйинлик мағлубиятсиз серияси якунига етди  25 20:08Русланбек Жиянов: "Уругвай каби кучли жамоаларга қарши учрашувларда катта тажриба оламиз"  21 20:00Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон – Уругвай 1:2  10 19:52"Манчестер Юнайтед" собиқ бош мураббийи "Рейнжерс" билан музокаралар ўтказмоқда  0 19:38Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон Уругвайга кичик ҳисобда мағлуб бўлди  429 19:13МЮни сотиб олишга даъвогар тадбиркор клубга "Олтин тўп" соҳибини олиб келмоқчи  3

Maksim SHackix: "Biz g'alabaga yaqinroq edik. Endi barchasi fevral oyida hal bo'ladi" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Biz g'alabaga yaqinroq edik. Endi barchasi fevral oyida hal bo'ladi"

Osiyo Elit CHempionlar ligasi 6-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Ayn" (1:1) bahsidan so'ng matbuot anjumani o'tkazildi.

- Kecha aytib o'tganimdek bugun maydonda jang bo'ldi. Muxlislarga o'yin yoqdi degan umiddaman. Sariq kartochka va chetlatish ham bo'ldi. G'alaba qozonish uchun etarli vaziyatlarga ega bo'ldik, ammo o'yin so'ngida gol o'tkazib yuborishimiz ham mumkin edi. Ikki jamoa ham sifatli futbol namoyish etdi. O'yindan so'ng yigitlarga rahmat aytdim. Biz shunday o'ynashda davom etishimiz kerakligini aytdim. O'yin tempi va barcha rejalarimiz amalga oshdi.

- "Paxtakor" ikkinchi bo'lim boshida bir kishi ko'p bo'lib qoldi. Raqib bosh murabbiyi janob Jardim esa hozirgina chetlatish o'yinga tasir o'tkazmadi deb aytib o'tdi. "Paxtakor" nega chetlatishdan so'ng ustunlik qila olmadi? 

- "Al Ayn" jamoasi ikkinchi bo'limni ham yaxshi o'tkazdi deb o'ylamayman. Ular faqatgina ikkinchi qavatda bizdan yaxshiroq bo'lgan bo'lishlari mumkin. Biz ikkinchi taymda ham etarlicha vaziyatlar yaratdik. Muammo shundaki, biz raqib darvozasiga yaqin boramiz va hujumni yakunlay olmaymiz. Superligada ham, Elit ligada ham shunday muammo kuzatilmoqda. To'g'ri, raqib bir kishi kam bo'lib qolganidan so'ng biz yanada kuchliroq bosim qilishimiz kerak edi, ammo "Al Ayn" ham oddiy jamoa emas. Ular amaldagi OCHL g'olibi. CHetlatishdan so'ng ular shunchaki 4-4-1 sxemasiga o'tib olishdi. Faqatgina Rahimiy hujumda o'ynadi, xolos. O'tkazib yuborgan golimiz ham kutilmagan xatodan so'ng ro'y berdi. Birinchi bo'limda ancha yaxshiroq ko'rindik. Yana bir takrorlayman, bugun jamoam namoyish etgan o'yindan ko'nglim to'ldi.

- "Al Ayn" jamoasining o'yiniga baho berib o'tsangiz? BAA jamoasi bugun biroz provokacion o'yin namoyish etgandek. Bunga tayyor edingizlarmi?

- Arab mamlakatlari va Erondan buni kutsa bo'ladi. Har bir jamoani taxminan o'zini qanday tutishini bilamiz. Men o'z futbolchilarimga hech qanday provokacion futbol o'ynashga o'ndamayman. Qizil kartochkada esa barchasi aniq edi. Men maydon chetida turib, chetlatish kerakligini sezdim.

- Durang natijasi bugungi uchrashuv uchun adolatli natija bo'ldimi? Bugun ikki jamoa ham etarlicha ustunlikka ega bo'ldi.

- Biz ko'proq g'alabaga yaqinroq keldik deb o'ylayman, lekin biz ham gol o'tkazib yuborishimiz ham mumkin edi. Keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarimizni saqlab qoldik. Endi barchasi fevral oyidagi bahslarda hal bo'ladi. "Al Ayn"ning natijalari ham yaxshi emas. Ular bor-yo'g'i ikki ochko to'plashdi. Endi esa, bizning va "Al Ayn"ning tarkibini solishtirib ko'ring. Tarkibimizning 95 foizi bunday musobaqada birinchi marotaba ishtirok etmoqda. Ular, bunga qadar hali xalqaro musobaqada ishtirok etishmagandi.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика