So’nggi yangiliklar

01:15Шешко сабабли МЮ ўз ҳужумчисидан воз кечмоқда  0 00:49Зидан келаси йили мураббийликка қайтиши кутилмоқда  0 00:17Шешко Каррингтонда  0 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  22 23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  6 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  3 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  0 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  3 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  7 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  98 21:42Биласизми? "Нефтчи" бу йил сафар ўйинларида мағлуб бўлмади  2 21:24"Қўқон-1912" 3 ойдан бери ғалаба қозона олмаяпти  3 21:08Суперлига. "Нефтчи" сафарда "Қўқон-1912"ни қийинчилик билан мағлуб этди  18 20:45"Реал" 3 нафар футболчисига янги шартнома таклиф қилмайди  3 20:20Нестеров, Кападзе, Жепаров, Машарипов... Мирко Еличич ўз қўл остида ўйнаган футболчилардан иборат рамзий жамоа тузди  6

Maksim SHackix: "Birinchi davrada qayd etgan natijalarimizdan ko'nglim to'ldi. Ikkinchi davrada yanada kuchliroq bo'lamiz" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Birinchi davrada qayd etgan natijalarimizdan ko'nglim to'ldi. Ikkinchi davrada yanada kuchliroq bo'lamiz"

O'zbekiston kubogi 1/8 final "Aral" - "Paxtakor" (0:1) uchrashuvidan so'ng "SHerlar" Maksim SHackix matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Ikki xil taym o'tkazdik. Birinchi bo'limda o'zimizni to'liq ko'rsata olmadik. Bu ruhiyat sababli. Tanaffusdan keyin esa, umuman boshqa futbol namoyish etdik. Ko'p vaziyatlar yaratdik, ammo bor yo'g'i bitta gol urdik.

- Birinchi bo'limda bor kuchimizdan foydalana olmadik va bunga sabab futbolchilarning ruhiyati bunga sabab dedingiz. Birinchi davraning so'ngi o'yini edi, balki futbolchilarda tatil kayfiyati borligi sabab bugun biroz shiddatsiz o'yin bo'lgandir? Masalan Dragan CHeran tatilga biroz avvalroq chiqishga ulgurdi.

- Yo'q. Bu futbolchilarning fikrlashiga bog'liq. O'zim futbolchilik faoliyatimda bunday muammolar bilan duch kelganman. Har bir raqibga birdek tayyorgarlik ko'rish kerak ekanligini ko'p marotaba takrorlaganman. Hech qaysi jamoani osongina mag'lub etib bo'lmaydi. Qaysidir futbolchi hayolan terma jamoa yig'inida. Kimdir esa hayolan tatilga yo'l oldi. Biz yomon o'ynamadik, ammo birinchi bo'limdan ko'nglim to'lmadi.

- CHorak finaldagi raqib "Bunyodkor" haqida gapirib o'tsangiz. "Paxtakor" ikki mavsumdan buyon Kubok bahslarida chorak final bosqichidan o'ta olmayapti.

- Menga qaysi jamoa raqib bo'lishining farqi yo'q. U bahsga qadar juda ko'p vaqt bor. Birinchi davrani yomon tugatmadik. Eng muhimi, olimpiadaga yo'l oladigan futbolchilarimiz jarohatlarsiz ishtirok etishi. Vatan shanini munosib himoya qilish kerak. Futbolchilar tatildan yaxshi kayfiyatda qaytishga bo'lgani, qolganini o'zimiz to'g'irlaymiz.

- Birinchi davra bugun yakunlandi. "Paxtakor"ning birinchi davradagi ishtirokini qanday baholaysiz? Jamoa ko'rsatgan o'yin sifati va natijalardan qanchalik ko'nglingiz to'ldi?

- Jamoadan taxminan shunday o'yin kutgan edim. Kutilmagan vaziyatlarda ochkolar yo'qotdik, lekin barcha jamoalar ochko yo'qotishdi. Turnir jadvaliga qarab baho beradigan bo'lsam. Biz egallab turgan o'rindan ko'nglim to'ldi. Mavsum avvalida bizdan bunday natija kutishmagandi. Bizni ko'pchilik jiddiy qabul qilmagandi. Ikkinchi davrada "Paxtakor" yana o'zgaradi.

- Jamoa qisqa muddatli tatilga yo'l oldi. Ikkinchi davraga tayyorgarlik jarayoni qanday kechishi haqida gapirib bersangiz. Tatil qachon tugaydi? Yig'inni qachon boshlaysizlar? Nazorat va o'rtoqlik o'yinlari o'tkaziladimi? Masalan o'tgan yili yozda "Paxtakor" Olma-Otaning "Qayrat" jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida ishtirok etgandi. Bu yil ham shunday reja bormi?

- 10 kun dam berdik. 17 iyul kuni esa yig'ilamiz. Qibraydagi bazamizda tayyyorgarlik ko'ramiz. Uchta nazorat uchrashuvi ham o'tkazishni reja qilganmiz. 20, 24, 29 iyul kunlari nazorat o'yinlarini o'tkazamiz. Biz o'rtoqlik o'yini o'tkazish uchun ko'p jamoalar bilan aloqada bo'ldik. Tashkiliy masalalarga ko'ra, halqaro o'rtoqlik o'yinida ishtirok etmaydigan bo'ldik.




Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика