Maksim Shackix: "Birinchi bo'limning dastlabki 30 daqiqasidagina futbol o'ynadik"

Administrator
24 avg 2023, 22:59
O'zbekiston Superkubogidan so'ng "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim Shackix "Nasaf"ga boy berilgan o'yin haqida gapirib o'tdi.

"Kecha vada berganimizdek, muxlislarga bayram tashkil qildik. Uchta gol bo'ldi. "Nasaf"ni g'alaba bilan tabriklayman. O'yinga kelsak, birinchi bo'limning dastlabki 30 daqiqasidagina futbol o'ynadik. Keyin esa negadir tashabbusni raqibga topshirib qo'ydik. Ikkinchi bo'limda vaziyatni o'nglay olmadik. Tanaffusda holatimizni to'g'rilab ololmadik", -deydi Maksim Shackix.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia