Maksim SHackix: "Armonim JCHda qatnasha olmaganimda xolos"
09 iyu 2014 10:36
Yangiliklar
Maksim SHackix: "Armonim JCHda qatnasha olmaganimda xolos"
29 may kuni poytaxtimizdagi Jar stadionida o'zbek futboli rivojiga katta hissa qo'shgan tajribali futbolchilarimiz - Maksim SHackix, Ulug'bek Baqoev va Viktor Karpenko O'zbekiston milliy terma jamoasi safidagi so'nggi uchrashuvlarini o'tkazishdi.
Uchala futbolchi ham o'z o'yinlari bilan terma jamoamizning muvaffaqiyatlariga munosib hissa qo'shishgan. Qolgan ikki futbolchiga hurmatni saqlagan holda bugun SHackix haqida to'xtalishni lozim topdik. Zero, 20 yoshu 11 oy 19 kunligida terma jamoadagi debyutini nishonlagan Maks haqida har qancha yozsak, gapirsak, shuncha oz. Aynan SHackix terma jamoa safidagi ilk uchrashuvida xet-trikka erishgan yagona futbolchi hisoblanadi. Uni bosh jamoaga marhum Mahmud Rahimov taklif qilgan. Terma jamoa libosida bitta o'yinda 5ta gol urgan yagona futbolchi ham aynan SHackixdir. Maksim milliy termamiz tarkibida 34ta gol urgan. Bu O'zbekiston termasi uchun rekord natijadir. SHuningdek, terma jamoada 60 dan ortiq o'yin o'tkazgan 10 nafar futbolchidan biri ham bugungi qahramonimiz bo'ladi. Biz xayrlashuv uchrashuvi o'tkaziladigan kuni O'zbekiston mehmonxonasida Maksim SHackix bilan uchrashib, undan eksklyuziv intervyu oldik. Quyida uning fikrlari bilan tanishasiz.
Paxtakor akademiyasidan Kievning Dinamosigacha
- Futbol o'ynashni barcha bolalar qatori ko'chadan boshlaganman. Bu sport turini tanlashimga oilaviy muhit ham tasir qilgan. Boisi, o'z vaqtida otam ham yaxshigina futbol o'ynardilar. Qolaversa, akam Oleg ham futbolchi bo'lgan. Bu haqda batafsil to'xtalmasam ham, muxlislar uni juda yaxshi tanishadi. Xullas, futbolga bo'lgan mehr meni Paxtakor bolalar va o'smirlar futbol maktabiga boshlab bordi. U erda millionlar o'yinining ilk sir-asrorlarini Sergey Mixaylovich Kovalyovdan o'rgandim. Avvaliga o'smirlar jamoasi, keyin 2-ligadagi klub sharafini himoya qildim. Darvoqe, unga qadar malum muddat suzish, boks va dzyudo bilan ham shug'ullanganman. Lekin futbolga bo'lgan muhabbat bu sport turlaridan ustun kelgan. 1993 yili Rossiyaga yo'l oldim va bir hafta davomida Tolyattining Lada klubi ko'rigida bo'ldim. U erga meni Nepomnyashiy degan murabbiy taklif qilgandi. O'sha paytda Lada Rossiya oliy ligasida o'ynardi. Bu orada Saratovning Sokol jamoasidan qiziqarli taklif kelib tushadi va hech ikkilanib o'tirmasdan qandaydir ikki daqiqa ichida shartnoma imzolashga rozilik berganman. Bu mening ilk professional shartnomam edi. O'yin amaliyotim kam bo'lgani uchun yarim yildan so'ng Volgogradning Torpedo-Voljs-kiy klubiga ko'chib o'tdim. Yosh bo'lganim uchun murabbiylar ko'proq tajribali o'yinchilarga ishonch bildirishardi. Keyin Ijevskning Gazovik-Gazprom jamoasida 7-8 oy o'ynadim. SHundan so'ng, menga ilk qiziqqan klub Lada safida va Baltika jamoasida harakat qildim.
SHuni aytishim kerakki, 15 yashar o'smir uchun uydan uzoqda hayot kechirish juda qiyin bo'lgan. Bir oy rosa qiynalganman. Tez-tez asabiylashardim, uyga ko'p qo'ng'iroq qilardim. Ochig'ini aytsam, futbolni tashlashga ham tayyor bo'lib qolgandim. Ikki-uch oylardan keyin do'stlar orttirdim va sekin-asta musofirchilikdagi hayotga ko'nikdim. SHundan keyin Moskvaning Spartak klubi taklifiga ko'ra, uch oy jamoa ko'rigida bo'lganman, mashg'ulotlarda asosiy tarkib bilan shug'ullanganman. O'sha paytda Oleg Romancev jamoa bosh murabbiyi edi. Lekin menga ko'pam etibor qaratishmadi. So'nggi yig'indan keyin hammani uyiga tarqatib yuborishdi va men boshqa Spartakka qaytib bormadim. Kievning Dinamosi qiziqa boshlaganidan keyingina yana eslariga tushib qoldim. Ammo allaqachon kech bo'lgandi. CHunki men bolaligimdan Dinamoga muxlislik qilganman. Kievliklar Toshkentga Paxtakor bilan o'yinga kelishganida, maydon chetida ularga to'pni uzatib turardim. Taklif bo'lgan zahoti bir soniya ham o'ylab o'tirmadim. Spartakning esa osonlikcha men bilan xayrlashgisi kelmadi, tog'-tog' pullarni vada qildi. Lekin men qaror qabul qilib bo'lgandim. Kievga uchib borgan kunim Dinamo bazasiga yo'l oldik. U erda bizni afsonaviy murabbiy Valeriy Lobanovskiy kutib o'tirgan ekan. Qachonlardir faqat televizor orqali o'yinlarini ko'rgan insonning qarshisida vaqti kelib o'tirishimni tasavvur ham qilmagandim. Bunday insonlar yuz yilda bir marotaba dunyoga kelishadi. Xonaga kirganimda kresloda boshida siyrak sochi qolgan Lobanovskiy o'tirardi. Xuddi hammomga kirib chiqqan odamdek, butun badanimni ter bosib ketgan. Etiborlisi, Valeriy Vasilevich o'sha paytgacha biror marta ham o'yinimni ko'rmagan ekan. Agentlar bitta uchrashuvdagi harakatlarimni kuzatishgan va shuning o'zi etarli bo'lgan. Soyadagi tulpor misoli Dinamoga o'tganman. Lobanovskiy o'zaro ilk suhbatdayoq qanday futbolchi bilan gaplashayotganini bilib olar ekan. Ana shunday buyuk qobiliyat egasi bo'lgan. Agar fikrlari, qarashlari turlicha bo'lsa, zo'r futbolchiligiga qaramay, javob berib yuborgan. Baxtimga Vasilevich bilan futbol ko'rishimiz bir xil chiqqan. Lobanovskiy menga 3ta savol bergan. Uchala savolga ham o'zi kutgan javobni berganimdan ke-yin men bilan shartnoma imzolashgan.
Santyago Bernabeuda uch marta o'ynagan yagona
O'ZBEKISTONLIK FUTBOLCHI
- Ha, men juda qiyin vaziyatda Dinamoda paydo bo'ldim. O'sha paytda Ukraina futboli yulduzi Andrey SHevchenko Milan klubiga o'tib ketgandi. Muxlislar va mutaxassislarni SHevaning o'rnini kim egallar ekan, degan savol qiziqtirar edi. Bu holat menga qo'shimcha bosim yuklamasdi, lekin haddan ortiq etibor sababli, ozgina hayajon bo'lgan. Qolaversa, matbuotning bosimiga ham dosh berish talab etilardi. Baxtim shuki, men juda yaxshi kollektivga ega jamoaga tushdim. Agar jamoa yaxshi bo'lmaganida, ishonch bilan aytishim mumkinki, o'ynab keta olmasdim. Men bu haqda juda ko'p gapiraman va bundan keyin ham shu mavzuda so'zlashdan charchamayman. Dinamodagi debyut o'yinimdayoq yangi jamoam tarkibidagi gollar hisobini ochganman. Keyin ketma-ket uchrashuvlarda raqiblar darvozasini ishg'ol qildim. Evropa CHempionlar Ligasidagi ilk o'yinim ham kechagidek yodimda. Litvaning Jalgiris klubiga qarshi maydonga tushganmiz. Oyog'im qaltiramagan, chunki sobiq ittifoq jamoasi men uchun begona emasdi. Ikkinchi saralash bosqichida Daniyaning Olborg jamoasini ikki o'yin natijasiga ko'ra taslim etdik. Guruhda adashmasam, Liverkuzenning Ba-yer, Sloveniyaning Maribor hamda Madridning Real klublari bilan o'ynagandik. Kaminaga Santyago Bernabeuda bir emas, uch marotaba o'ynash nasib qilgan. Evropaning katta stadionlaridan faqat Kamp Nouda o'ynamaganman, xolos. Futbol monstrlari Zidan va Bekxemga qarshi o'ynash nasib qilganidan xursandman. Xullas, Dinamoga kelgan mavsumim chempion bo'ldim. SHuningdek, klubni chempion sifatida tark etdim. Haligacha bir narsani afsus bilan eslayman, Yuriy Syomin Dinamo tarkibidagi so'nggi o'yinimda meni maydonga tushirmagan. Nima uchun shunday qarorga kelganini haligacha tushuna olmayman. O'shanda asosiy raqib SHaxtyor bilan o'ynagan edik. Uchrashuv natijasi hech narsaga o'zgartirish kiritmasdi. Aynan shu jihati ham menda ko'plab savollarni paydo qilgan edi. O'sha o'yin Syominning o'zi uchun ham Dinamo bosh murabbiyligidagi oxirgi uchrashuv bo'lgan. Avvalgi o'yinlarda maydonga tushmagan bo'lsam ham, alam qilmasdi. Bu mavzuda u bilan gaplashmaganman. Ungacha ham o'rtamizda gap-so'z o'tmagan.
Dinamoda qolishim mumkinmidi? Ha, shunday imkoniyat yuzaga kelgan, faqat kechroq. Syomindan so'ng klubni Valeriy Gazzaev qabul qilib olgan. Keyinroq bilishimcha, u meni jamoasida ko'rishni istagan ekan. Afsuski, men Qozog'istonning Lokomotiv klubi bilan shartnoma imzolab bo'lgandim. Darvoqe, 4 yildan beri biz Lokomotiv klubi bilan sudlashyapmiz. Astana jamoasining maosh va mukofot pullaridan kattagina qarzi bor. 2010 yili FIFAga shikoyat xati yozgan edik. SHu kunlarda Lozannada aynan bizning ishni ko'rib chiqayotganlar bilan uchrashishimiz kerak.
Har qanday holatda ham Dinamo xotiramda abadiy qoladi. Futbolchilik faoliyatimdagi yulduzli onlarni aynan Kievda o'tkazdim. Jamoa tarkibiga braziliyalik, afrikalik legionerlar kela boshlashganidan so'ng klubdagi muhit o'zgardi. Bilasizmi, yuqorida sizga aytgan kollektiv agar futbolchini yaxshi qabul qilmasa, ming urinsa ham yaxshi o'ynay olmaydi. Biz shunday hamjihat jamoa edik. Bu katta va ahil jamoani Lobanovskiy shakllantirgandi. Belkevich va Rebrov bilan hujum tandemida o'ynaganimda umuman qiyinchilikni his qilmasdim. Valentin Belkevich bilan 5-6 yil bazada bir xonada yashadik. Keyinroq Artyom Milevskiy bilan ham yaxshi tandem bo'lgandik. O'sha yulduzli tarkibdan darvozabon SHovkovskiy va Milevskiylar o'ynashyapti. Qolganlar faoliyatlarini yakunlab bo'lishdi.
O'zbekiston chempionatida kelishilgan o'yinlar bor
- Bir paytlar hech qanday reklamasiz ham o'zbekistonlik futbolchilar Rossiya klublariga o'tishardi. Hozir Odil Ahmedov va Vitaliy Denisovdan boshqa hech kim yo'q. Vitya futboldagi asosiy tarbiyani Rossiya va Ukrainada oldi. Nima uchun hozir yorqin futbolchilar etishib chiqmayapti? Bunga etarlicha asoslar bor. Bilishimcha, O'zbekiston chempionatida kelishilgan o'yin-lar bor va ko'payib boryapti. Kelishilgan uchrashuvlari bor chempionat hech qachon kuchli bo'lmaydi. Tabiiyki, bundan milliy terma jamoa ham aziyat chekadi. To'g'ri, oliy liga o'yinlarini kuzatish uchun menda imkoniyat yo'q. Lekin bu erdagi do'stlarim bilan gaplashganimda, ular O'zbekiston chempionatidagi so'nggi yangiliklardan meni boxabar qilib turishadi. O'FF va PFL birinchi galda ana shu kelishilgan bahslarni tomiri bilan qo'porib tashlashga etibor qaratishi kerak. Aks holda hech qachon jahon chempionatiga chiqa olmaymiz.
Yigirma yashar futbolchini yosh deyishayotgan ekan. Kechirasizu, men 20 yoshimda CHempionlar Ligasida Realga qarshi maydonga tushganman. Biz-ku hech qanday sharoit bo'lmagan davrda o'ynab, shunchalik darajaga etdik. Hozirgi yoshlarga yana qanday sharoit qilib berish kerak? O'smir va yoshlarimiz JCHlarda o'ynash-yapti. JCH bu katta bozor. Marhamat, o'zingni ko'rsat va o'z taqdiringni o'zing hal qil. Istak bo'lmasa qiyin. Bo'ldi, yoshlar o'rtasidagi mundialda qatnashdim, shuning o'zi menga bo'ladi desa, o'sha holicha qolaveradi.
Men juda erta va o'z o'rnida, vaqtida Rossiya klubiga o'tdim. Bu mening birinchi yutug'im bo'lgan. Atrofimdagi do'stlarim juda ham yaxshi bo'lishmagan. Agar shu erda qolib ketganimda, noto'g'ri yo'llarga kirib ketishim aniq edi. Hozirgi futbolchilar orasida choyxonaga bormaydigani bo'lmasa kerak. Futbolchining maydondagi umri qisqa bo'ladi. Menga bu haqda 20 yoshimda aytishardi. Hozir 35 yoshga to'lib, shu narsani tushunib etdim. Qisqa fursat ichida hammasiga ulgurib qolish kerak. Bu yil 36ga to'laman. Lekin hali faoliyatimni yakunlash haqida o'ylayotganim yo'q. Rebrovga tegishli bo'lgan rekordni yangilashim uchun 2ta gol etmayapti. Ammo men bu rekordni yangilash haqida butun o'y-xayolim bilan o'ylayotganim yo'q. Agar shu narsa birlamchi bo'lganida, men allaqachon bunga erishgan bo'lardim. Bilasizmi, mening eng katta kamchiligim - qizg'anishni bilmayman. O'zim gol uradigan vaziyatda bo'lsamda, mendan qulayroq vaziyatda turgan sherigimga to'pni o'tkazib berardim. Bunday holatlar juda ko'p bo'lgan. Jamoadoshim bo'sh darvozani ishg'ol qilishidan rohatlanardim. Bilmayman nimaga, lekin menda shunday ahmoqona odat bor edi. O'zimni o'ylamaganman. Agar hammasini o'zim urganimda, Rebrov emas, Oleg Bloxinning ham rekordini yangilashim mumkin edi.
Evropa klublaridan yaxshi takliflar bo'lgan, lekin...
- Dinamodagi eng gullagan davrimda Evropaning ko'zga ko'ringan jamoalaridan etarlicha takliflar bo'lgan. Lekin biror marta ham o'zimga taklif bilan chiqishmagan. Kiev klubi prezidenti barcha masalani o'zi hal qilgan. Bilishimcha, men uchun katta pul talab qilishgan. Keyinchalik esa o'zimizga ham kerak, deb sotishmagan. Vest Bromvichga o'tishimga ozgina qolgandi. Balki, o'sha paytda Tumanli Albionga ko'chib o'tganimda, bir yildan keyin kim biladi, Londondami yoki Manchesterdami, o'ynashim mumkin edi. Yoki aksincha, ishim yurishmay, ortga qaytib kelgan bo'larmidim? SHu bois, nima bo'lgan taqdirda ham, men bundan afsuslanmayman.
Armonim bitta - JCHda qatnasha olmadim
- Terma jamoadagi faoliyatimga to'xtaladigan bo'lsam, juda yaxshi o'yinlarni o'tkazdim. Osiyo kubogida yarim finalga qadar etib bordik. Afsuski, terma jamoamiz tarkibida JCHga chiqa olmadim. Bu futbolchilik faoliyatimdan qolgan yagona armon bo'ladi. Lekin bunga bir necha bor yaqin kelgandik. Ayniqsa, so'nggi mundial saralashida Koreya bilan durang o'ynalganida, hozir terma jamoamiz Braziliyadagi jahon chempionatiga hozirlik ko'rayotgan va biz siz bilan ayni shu mavzuda suhbatlashib o'tirmasdik. JCH-2014 saralashi juda alamli bo'lib tarixda qoldi. Futbolda mayda-chuyda narsalar bo'lmaydi. Har kim o'zi vazifasini sidqidildan bajarishi kerak. Nima, bizda mablag' yo'qmi? Bor, faqat uni aniq maqsad yo'lida ishlatish kerak. SHunda jahon chempionatiga ham chiqamiz, muxlislar ham katta futbol havosidan bahramand bo'lishadi.
O'zbekistonga qaytishga tayyorman, ammo...
- Yaqinda Andrey Fyodorov O'zbekistonga qaytdi va jonajon jamoasi Neftchida ishlay boshladi. Men ham qachonlardir qaytishga tayyorman. Ammo buning uchun avval taklif bo'lishi kerak. Boshqa tomondan, yana kamida ikki yil futbol o'ynamoqchiman. Ko'p yillar davomida orttirgan tajribamni o'zbek futboli rivojiga sarflashga qarshi emasman. O'zi O'zbekistonda ham tajribali murabbiylar etarli. Faqat ularga ishlash uchun sharoit va imkoniyat berish kerak. Kelishilgan o'yinlar, hakamlarning uchrashuv natijasiga tasir qilishi bartaraf qilinmas ekan, futbolimizda oldinga siljish bo'lmaydi. Bu oqsash reytingga ham tasir qiladi. Mana bu yil O'zbekiston nomidan birgina Bunyodkor OCHL guruh bosqichida ishtirok etdi. Bu narsa qitadagi o'rnimizni ko'rsatib qo'ydi. Futbolga to'g'ri yondashish vaqti allaqachon kelgan. Tadbirkorlik qilish uchun ham malum miqdorda mablag' kiritish kerak. Bir so'm sarflamasdan, ikki so'm haqida o'ylash noto'g'ri.
Istiqboldagi rejalar...
- Goverla klubi bilan amalda yana shartnomam bor. Lekin kelasi yili Ukraina chempionati qay tarzda o'tkazilishi nomalum. Simferopol endi Rossiyaga qarashli. Tavriya o'z-o'zidan Ukraina chempionatida ishtirok etmaydi. Hozir Ukrainada prezidentlik saylovlaridan keyin vaziyat ijobiy tomonga o'zgara boshladi. Kievda tinchlik hukmron. Har qanday holatda ham kelasi mavsum Goverla sharafini himoya qilaman va yuqorida aytganimdek, hali futbolchilik faoliyatimni yakunlash haqida o'ylamayapman.
Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Fikrlar