So’nggi yangiliklar

08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  0 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  1 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  2 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  2 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  3 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  19 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2

Maksim SHackix: "Angliya premer-ligasining 3ta klubidan chorlov bo'lgandi..." Yangiliklar

Maksim SHackix: "Angliya premer-ligasining 3ta klubidan chorlov bo'lgandi..."

Evropada, aniqrog'i Ukrainda muvaffaqiyatli to'p tepgan hamyurtimiz Maksim SHackixga o'z vaqtida Angliyaning nomdor klublari jiddiy qiziqish bildirgandi.

Jismoniy jihatdan baquvvat futbolchimizning uslubi top besh chempionatlariga bemalol tortardi. Nima uchun kuchli ligalardan tushgan taklif shundayligicha qolib ketdi? Bu haqda SHackix “Tezkor Studiya”da javob berdi.

“Ko'pchilik o'ylagandek "Vest Bromvich"dan emas, “Nyukasl”, “Vest Xem” va “Totenxem"dan takliflar kelib tushgandi. Biz CHempionlar Ligasida “Nyukasl” bilan o'ynagandik, o'shanda ushbu jamoani Bobbi Robson boshqarardi. SHundan so'ng meni darhol qo'lga kiritishmoqchi bo'lishgan. Nima uchun transfer sodir bo'lmagan? Bu savolni Kiev klubi rahbariyatiga berganingiz maqul. 2007 yilda “Galatasaroy” jamoasidan ham chorlov olganman. Yaxshi summa to'lashmoqchi bo'lishgan. O'shanda “Dinamo” prezidenti chaqirtirib, bu mening darajamga mos emasligini aytgandi”, - deb xotirlaydi SHackix.

Malumot o'rnida aytish joizki, CHempionlar Ligasining 2002 yilgi mavsumida “Dinamo Kiev” o'z maydonida “Nyukasl”ni qabul qiladi. Maydonda 16-raqamda harakat qilayotgan SHackix uchrashuvning 16-daqiqasida SHey Given qo'riqlayotgan darvozani yuqori burchagini aniq nishonga oladi. Keyinchalik bu golga “The Independent” nashri “World class” deya baho bergandi.

Video. Bir o'yin tarixi. "Dinamo" - "Nyukasl" yoxud SHackixning o'sha mashhur goli


Quyida "Tezkor studiya"ni tomosha qilish mumkin: 


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика