So’nggi yangiliklar

20:29"Динамо" аъзоаси Суперлиганинг энг яхши ёш футболчиси деб топилди  0 20:10Ўзбекистон делегацияси бугун АҚШ пойтахтига йўл олади  1 19:44Кубок финалида "Навбаҳор" дарвозасини ишғол этган футболчи энди "лочин"га айланадими?  4 19:21Йилнинг энг яхши хорижлик футболчиси эълон қилинди  1 19:00Championat.asia ва Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасида ноябрь ойи якунларини сарҳисоб қилди  1 18:39"Навбаҳор" бир қатор легионерлари билан хайрлашди  5 18:19"Локомотив"га дарвозабон керак: "Навбаҳор" аъзоси — асосий номзод  3 17:58Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Эронни мағлуб этди  2 17:33"Футбол олами". Сўнгги тур тафсилотлари  0 16:56"Ювентус" етакчисининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  0 16:33ФИФА VAR'дан фойдаланишга ўзгартиришлар киритмоқчи  3 16:05"Андижон" Ўзбекистон терма жамоаси аъзосини жалб қилмоқчи  14 15:39Аёллар Осиё Чемпионлар Лигаси: "Севинч" ("Насаф") қачон ўйнайди?  2 15:20TVCOM'да бугунги ўйинлар: "Барселона", "Ман Сити" ва бошқалар  1 15:14"Навбаҳор" Раҳмоналиевга даъвогарлик қилмоқда  7

Maksim SHackix: "Abbos Fayzullaevning ketishiga tayyor edim" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Abbos Fayzullaevning ketishiga tayyor edim"

"Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim SHackix Coca Cola Superliga 14-turida "Olimpik" ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlarini bildirdi.

- Bugungi uchrashuv haqida fikrlaringiz?

- Barchaga xayrli kech. Yigitlar bugungi uchrashuvni yaxshi o'tkazishdi. Jismoniy va taktik tomonlama yaxshi o'yin o'tkazdik. Har doim o'zimizga o'zimiz muammo o'ylab topamiz va o'zimizni qiynab qo'yamiz, lekin bunday xatolardan ham saboq olishimiz kerak. Umumiy qilib aytganda, bugun yaxshi o'yin o'tkazdik va yigitlar g'alabaga loyiq edi deb o'ylayman.

- Xamraliev bugun qizil kartochka oldi, u bir nechta o'yin avval ham qo'pol xatoga yo'l qo'ygan edi. Uni zahira o'rindig'ida ko'rishimiz mumkinmi?

- U hali yosh va xatolarga yo'l qo'yishi mumkin. Yoshlikda bunday xatolar ko'p bo'ladi. U bilan tanaffusda gaplashib oldim va u o'z xatosini tushundi. Futbolchi birinchi navbatda o'z hayolini bir joyga yig'ib olishi kerak va shundan so'ng u maydonda futbol o'ynay oladi. Uning poziciyasiga nomzod o'yinchilar ham yo'q emas, bizda muhimi tanlov bor va keyingi uchrashuvlarda o'zgarishlar bo'lishi ham mumkin.

- "Paxtakor"ning yozgi transferlariga baho bersangiz.

- Aniq va kerakli transferlarni amalga oshirdik va rejamiz bo'yicha ish tutdik.

- Fayzullaev jamoani tark etgani hisobga olgan holda yana yangi transfer kutishimiz mumkinmi?

- Transfer oynasi yopilishiga qadar uch kun vaqt qoldi, bu esa deyarli ilojsiz degani. Biz mahalliy futbolchilarni olishimiz mumkin, ularni yuz foiz bilamiz va o'rganganmiz. Legionerlar bilan shartnoma imzolash esa endi deyarli imkonsiz.

- Fayzullaevning transferi haqida fikringiz. Ushbu transfer kutilmaganda ro'y berdi

- To'g'risini aytsam, men bunday bo'lishiga tayyor edim. Abbosni bizdan olib ketgan insonlarning qandayligini bilaman. Men Abbos bilan so'ngi ikki kunda besh marotaba gaplashgan edim, lekin foyda bermadi. Unga omad tilayman, asosiy tarkibdan tushib qolmasa bo'ldi, u yo'l olgan chempionat boshqa darajada va u erda rivojlanish deyarli ilojsiz. CHempionatning darajasi ham o'smaydi, chunki u erdagi o'yinlar hech kimga qiziq emas. Abbos o'z qarorini qabul qildi va uning qarorini biz ham qabul qilishimiz kerak, unga omad tilayman.

- Yangi darvozabonni jamoaga olib keldingiz. Pavlyuchenko asosiy darvozabon bo'ladimi yoki jamoada ikkinchi darvozabon rolida qoladimi?

- Raqobat bo'lmagan joyda, o'sish bo'lmaydi. Sanjar juda mehnatkash yigit, lekin u raqobatni his etmasa o'sishdan to'xtaydi. Ko'ramiz raqobat eng kuchli darvozabonni aniqlab beradi.

- Fayzullaevga "Paxtakor" bosh murabbiyi sifatida emas, sobiq futbolchi sifatida nima maslahat bergan bo'lar edingiz?

- O'zining eng yaxshi tomonlarini ko'rsatishini tilab qolaman. U aqlli va tezkor futbolchi va u o'zining kuchli tomonlarini ishga solsa, barchasi o'xshaydi deb o'ylayman. Futbolchi uchun eng muhimi o'yin amaliyoti va umid qilamanki Abbosning yangi klubi uni shunchaki sotib olgani yo'q.

- Polshalik legioner Kuxarchik haqida fikringiz. U o'zining eng yaxshi formasida emas ekanligi ko'rinib turibdi.

- Adaptaciya degan narsa bor. U boshqa davlatdan keldi, u erda hayot tarzi, ob-xavosi va insonlari boshqacha. U professional va keyingi o'yinga qadar optimal formaga qirib olishiga ishonaman.

- Erkinov kabi Fayzullaev ham "Paxtakor"ga ijara asosida qaytishi mumkinmi? 

- Menimcha bunday bo'lmaydi. Yangi klubi bekorga uni olib ketmadi. Menimcha ular qishgacha Abbosni qo'yib yubormasligi aniq. Keyin nima bo'ladi, bilmayman to'g'risi. Biz Hojimatning qaytishiga ham ishonmayotgan edik. Yosh futbolchilarga boshqa insonlar tasir o'tkazishadi va ularni ko'p keraksiz narsalarni o'qtirishadi. Nima bo'lganda ham bu ularning qarori.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика