Makron Platini Franciya FF rahbari bo'lishini istaydi
10 jan 2023 17:30
Yangiliklar
Makron Platini Franciya FF rahbari bo'lishini istaydi
Franciya prezidenti Emmanuel Makron Franciya Futbol Federaciyasi rahbari Noel Le Grening lavozimini tark etishini istamoqda.
"RMC Sport" xabariga ko'ra, Makron bu lavozimni UEFA sobiq prezidenti Mishel Platiniga taklif qilgan.
Avvalroq futbol agenti Sonya Suid Le Greni jinsiy zo'ravonlikda ayblagan edi.
Malumotlarga ko'ra, Platini futbolda faoliyatini boshqaruv sohasida davom ettirishga tayyor.
Franciya terma jamoasi sobiq futbolchisi 2007 yildan buyon UEFA prezidenti hisoblanardi. 2015 yil oktyabr oyida u o'z lavozimidan chetlashtirilib, 8 yilga diskvalifikaciya qilingandi. 2016 yilda muddat 4 yilgacha qisqartirildi.
2020 yildan buyon Platini Professional Futbolchilar Associaciyalari Xalqaro Federaciyasi prezidenti maslahatchisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Fikrlar