So’nggi yangiliklar

13:32Нойер тер Штегеннинг жароҳатидан сўнг Германия терма жамоасига қайтиши мумкинми?  0 13:00U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон Баҳрайнга қарши баҳс олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)  7 12:32Роналду "Ал Насср" билан музокараларни бошлади  1 11:51"Манчестер Сити" жароҳат олган Родрига ўринбосар топди  0 11:04Ўзбекистон кубогининг финал чипталари қачондан сотувга чиқиши маълум  6 10:50"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 8 ёшли Бобохонов Аюбхон  0 10:43Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 10:02Футзал. Бугун илк ярим финал жуфтлиги аниқланади  0 09:20Аббосбек Файзуллаев "Ахмат"га қарши учрашувдан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  1 08:42Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувнинг энг яхшиларидан бири бўлди  5 08:08Қизил карточка учрашув тақдирини ўзгартириб юборган "Бунёдкор" - "Насаф" учрашувидан ГАЛEРEЯ  5 07:34U-20 Осиё кубоги саралаши. Бугун ёшларимиз ҳал қилувчи баҳсда майдонга тушади  14 02:00Ла Лига. "Барселона"нинг ғалабали серияси 8-ўйинга келиб якунланди, "Осасуна" Каталония жамоасига 4та гол урди  130 01:25Давид Сильва: "Футбол роботлашиб қолди, иқтидорларда эркинлик кам. Бугун тики-такани кўриш қийин"  0 00:10Эрон чемпионати. "Фулад" ва Юсупов ўз уйида "Зоб Ахан"дан устун келди  1

Maknalti matonati Yangiliklar

Maknalti matonati

Teglar :  Maknalti
Angliya futbolidagi eng baqaloq futbolchi.

Kimdir Lui van Gal ishtirokidagi matbuot anjumanida qatnashib, bir lahzada dovrug' qozonadi, boshqa birov esa butun Angliyani kezgancha taomlanish uchungina to'p surib, butun umr Baqaloq laqabi bilan yashaydi. SHahardan shaharga o'tish chog'i uning taomnomasida shirinliklar o'rnini baliq go'shti yoki chips egallaydi. Faqat qorni uchun maydon bo'ylab, elib-yuguradigan bu yigitchaning ism-sharifi - Stiv Maknalti.

Qahramonimiz futbolchilik faoliyati davomida bir nechta jamoalarda to'p surdi. Ammo uning uchun hammasi mashhur Liverpulda boshlangan, axir mazkur jamoaning yoshlar tizimida ham o'ynagan. Mutaxassislar Everton ishqibozi sanalgan Maknaltini 6 yoshidayoq payqashdi. Hattoki, Stiv 2003 yili U-19 toifasidagi tarkibga sardorlik qilgan va unda qizillar bilan shartnomasini yana bir yil muddatga uzaytirish imkoniyati tug'ilgandi. Lekin futbolchi klubdan ketishni maqul ko'rdi. Keyinchalik chempionshipning 1-2ta ishtirokchisi ko'rigidan o'tolmadi va oxir-oqibat, professional faoliyatini Angliya futboli tizimidagi 8-divizion (!)da boshladi. Hammasiga televidenie sabab: kutilmagan inqiroz boshqa o'nlab yigitlar singari Stivning umidlarini ham chippakka chiqardi. Gap shundaki, quyi liga o'yinlari translyaciyasi huquqini sotib olgan telekompaniya inqirozga yuz tutdi va belgilangan 315 million funtni to'lay olmadi. Buning ortidan vada qilingan vositalarning katta qismi klublarga etib bormadi, vaholanki, hammasi bir yil avval rasmiylashtirilgandi - shartnomalar, transferlar, akademiya ishi, infratuzilma. Bu - shartnomasiz o'yinchilar uchun eng og'ir payt edi, - deya o'sha holatni eslaydi Maknalti. Xullas, ortiqcha futbolchilar quyi liga vakillariga ijara asosida yuborildi, jamoasiz qolganlar esa o'ng kelgan ish bilan shug'ullanishdan o'zga chora topolmadilar. Stiv ham shunday holatga tushdi. Obro' uchun kurash, cho'ntak esa, bo'm-bo'sh...



20 yoshida tashqi ko'rinishidan faoliyatining kattagina qismini o'tkazib ulgurgan futbolchiga o'xshab qolgan Maknalti quyi divizionlarda o'ynash bilan cheklanishga majbur edi. Biroq yigitchaning ko'zi premer-liga jilosidan boshqa narsani ko'rmasdi, zero, uni faqat eng yaxshi narsalarga o'rgatishgandi. Tashqi qiyofasi bo'yicha ancha ulg'aygandek, sochlariga oq oralagan Stiv Liverpul akademiyasida o'tkazgan naq 13 yil davomida o'zidan kattaroq ko'rinishga ega o'yinchi bo'lmaganini tan oladi.

Vaziyatning bunday tus olishi kishiga salbiy tasir o'tkazishi tayin: Bu holat odamda ishlash barobarida o'ynashga ishtiyoqni oshiradi, har bir uchrashuvda hurmat to'plab borishni boshlaysan. CHindan ham, hurmat-etibor juda muhim edi. Biroq dam olish kunlari 8-liga doirasidagi o'yinlarni tribunada o'tirgancha ajoyib harakatlaringni kuzatadigan skautlar yo'q, hisobi. SHunchaki, seni payqab, nomingni tilga olishlarini kutasan, shunga umid bog'laysan.

  Berskodagi ikki mavsum - Maknaltini liverpullik sobiq murabbiyi o'ziga chorladi. Voksxoll Motorsdagi ikki mavsum - Maknalti ligadagi azaliy raqiblardan biri safini to'ldirdi. Barroudagi ikki mavsum - nihoyat, nimadir o'xshayotgandek bo'ldi. Stiv jamoa sardoriga aylandi, SHimoliy konferenciyaning eng yaxshi o'yinchisi sifatida etirof etildi, jamoasini 5-divizionga olib chiqdi. 2008|2009 yillar mavsumida Barrou Angliya kubogining naq 6ta bosqichi (!)ni muvaffaqiyatli bosib o'tdi. Atigi 70 ming aholisi bor shaharning 8 ming fuqarosi o'z suyuklilarini premer-liga klubiga qarshi bahsda qo'llab-quvvatlash maqsadida Midlsbroga yo'l olishdi. Barrou bu o'yinni 1:2 hisobida boy berdi, ammo muxlislar chempionlikka erishgandek quvonishdi. Ikkinchi tomondan, ularning aynan shu mavsum yakunida klubni ligadan tushib ketishini kuzatishlariga bir bahya qoldi. Kubok bahslaridagi muhit ajoyib edi, ammo divizionni tark etish xavfi boringni o'yinga bag'ishlashga undamasligi aniq. Maknaltining oldiga futbolchilik va haydovchilikdan birini tanlash sharti qo'yilgach, u Barrou safida o'ynamaslikka qaror qildi. CHunki Stiv bu ishni futbol bilan teng olib borardi. Oilam, farzandim, kreditim bor. Juda ko'p pul yo'qotishim mumkin edi, - qarorini shu tariqa izohladi Maknalti. Bu holat meni hayron qoldirdi, ammo Stivning tanlovini to'g'ri qabul qildim. U pulni faoliyatidan ustun qo'ydi, - dedi bunga javoban Barrou prezidenti xayrlashish oldidan.

  SHu voqea sabab, Maknalti o'yinga nisbatan mehrini yo'qotdi, futbolchilik faoliyatini yakunlash haqida o'yladi, ammo maydonda o'tkazgan 6 yil davomida  uni transfer bozorida ko'pchilikka tanib ulgurgandi. Ko'p o'tmay, Flitvud Taun unga munosib motivaciya taklif etib, klub uchun rekord sanalgan transferni amalga oshirdi: baqaloq yigit 17 ming funt evaziga xarid qilindi. Bundan ilhomlangan qahramonimiz sardor sifatida jamoasini 2ta diviziondan olib o'tdi. Mabodo Jeymi Vardi suhbat davomida o'zi bilan birga o'ynagan ajoyib baqaloq haqida so'zlasa, bilingki, gap aynan Stiv to'g'risida ketyapti.

Ronalduning butun Evropani lol qoldirishiga guvoh bo'lgan 2014 yil aslida Maknaltiga atalgandi. Stiv 4-liga vakili Luton klubiga o'tgach, Angliya uni kashf eta boshladi, matbuotchilar, ishqibozlar va o'yinchilar hurmatini qozondi.

Makmaffin - bu feyk. Uning Tvitterdagi shaxsiy feyki Stiv Makmaffin, deb nomlanadi. Ushbu sahifada Maknaltining Aston Villaga qarshi kechgan mavsumoldi uchrashuvida Benteke va boshqalarga o'yin bermagani qayd etilgan. O'shanda mashhur gazeta va jurnallar muqovasini Maknaltining suratlari bezadi. Uning o'zi esa mahalliy gazetalar bergan intervyusida Benteke formada bo'lmaganini aytib, shunchaki, kamtarlik qildi.

Maknalti - bu qo'rquv. Uni har bir yangi klubida bejiz sardorlikka tayinlashmaydi. Qanot bo'ylab yugurib ketayotganingizda, yo'lingizdan devkelbat futbolchi chiqib, xuddi Liverpulda o'rgatishgani kabi podkat ishlatgancha to'pni olib qo'yishini bir tasavvur qiling-a. Axir bu dahshat-ku!

Maknalti - bu kurash. Yakkama-yakka holatda eng xavfli raqib aynan Stivdir. U go'yoki, ustingizga bostirib kelayotgan buldozerdek ko'rinadi.

Maknalti - bu sumo. Hayotimda hamma narsani ko'rdim, turli tariflarni eshitdim: Razil baqaloq, SHirinliklarni kim eb qo'ydi?. Bularning barchasi qiziq, shunchaki, kulib eslayman. Rosti, menga baribir. Sumo! Sumo! hayqirig'iga kelsak, shaxsiy ishqibozlarim shunday qichqirishadi! - deydi Stivning o'zi vaziyatga oydinlik kiritib.



Maknalti - bu kuch. To'pni Puyol singari olib qo'yadi va Ronaldu kabi oldinga tashlanadi. Boshqa gapga hojat yo'q.

Maknalti - bu jasorat. Agar u APLda o'ynaganida, gazeta va jurnallar muqovasini uning yirtilgan qoshi aks etgan suratlar bosib ketardi. Deyarli har bir o'yindan so'ng shunday holat ro'y berishi ehtimoldan xoli emasdi.

Maknalti - bu qahramon. U sendan baquvvat! U sendan baquvvat! - ishqibozlar o'z yoqimtoylarini qo'llab-quvvatlash uchun doimo zarur so'zlarni topishadi. Stivning 110 kilogramm vaznga ega Adebayo Akinfenva bilan to'qnashuvi chog'i muxlislar xuddi shunday hayqiriqlari bilan ajralib turishdi. Ha, gap o'sha - Angliya kubogi bahsida Liverpul darvozasini ishg'ol qilgan bahaybat Akinfenva haqida ketyapti. Ikki sayyoraning to'qnashuviga qiyoslangan bahsda Adebayo orbitadan chiqarib yuborilgandi.

Maknalti - bu samba emas. Hech qanday sambaga o'rin yo'q. Raqs unga mutlaqo begona.

Maknalti - hamma uchun ilhom manbai. Duch kelgan kishi futbol o'ynashi, shu orqali yutuqlarga erishishi mumkin. Stiv haqidagi fikrlar g'oyasi shundan iborat. Agar ko'rinishim biroz binoyidek bo'lganida, hozirgi salohiyatim bilan yanada yuqoriroq darajada o'ynashim mumkin edi. Odamlar kitobga muqovasiga qarab baho berishadi. Hech qanday imkoniyat qoldirishmaydi, - deydi Maknalti faoliyati haqida gapirar ekan. Stiv haq, hozir kitobning nafaqat muqovasi, balki sahifalari ko'pligi ham ahamiyat kasb etadi.

Qarang, Maknaltiga ortiqcha imkoniyat yaratib berishmadi, ammo u naq 6ta ligani bosib o'tish uchun kuch topdi. Agar shu tezlikda davom etsa, 2022|2023 yillar mavsumida, tashqi ko'rinishi yoshi bilan uyg'unlashgan payt uni premer-ligada ko'rib qolsak, ajabmas. Lekin kuzda 32 yoshini qarshilagan futbolchining rejalari boshqacharoq ko'rinadi: u oilasi davrasida qolishni afzal bildi, Tranmer Roversga o'tib, APLdan yanada uzoqlashdi.

Eh, aslida Enfildga qaytishi ham mumkin edi. Xuddi Gollivud yulduzi Leonardo di Kaprioning qahramoni singari iroda ko'rsatish - bir-biridan og'ir sinovlar, razillar tazyiqi, yovvoyi hayvonlar taqibidan qochib, maqsadga erishishga loyiq edi. Biroq Maknalti tarixi yarim yo'lda nihoyasiga etdi. Demakki, hech qanday Oskarsiz xotima topdi. SHunga qaramay, baqaloq futbolchining jamoatchilik mehri va olqishiga sazovor bo'lganini unutmaslik darkor.

O'.UMAROV tayyorladi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика