So’nggi yangiliklar

01:28"Атлетико" "Манчестер Сити" футболчиси учун 75 млн. евро таклиф қилди  0 01:20Париж-2024. Франция - Миср  5 01:11Саидазамат Мирсаидов: “Навбаҳор”га соврин ютиш учун келганман”  6 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  2 23:10Париж-2024. Испания олимпия ўйинлари финалига чиқди  15 22:24Грузия терма жамоаси вакили "Ливерпуль"га ўтиши мумкин  2 21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  1 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  4 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  1 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  6 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  1 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  2 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3

MakGregorga muxlislik qilgan Yelich, oshni yaxshi ko'radigan Maxaradze... "Lokomotiv" futbolchilari bilan maktab va kollejda savol-javob FOTOGALEREYA Yangiliklar

MakGregorga muxlislik qilgan Yelich, oshni yaxshi ko'radigan Maxaradze... "Lokomotiv" futbolchilari bilan maktab va kollejda savol-javob FOTOGALEREYA

Bugun "Lokomotiv"ning 4 nafar futbolchisi Toshkent shahridagi maktab va kollejda tadbirlar mehmoni bo'lishdi.

Tadbirlarning birinchisi Mirobod tumanidagi 110-maktabda tashkil qilindi va unda Idris Bikmaykin va Nikolay Pogrebnyaklar qatnashishdi. Unda futbolchilarimiz o'quvchilarga o'zlarining futbolga kirib kelish yo'li, sog'lom turmush tarzi va futboldagi faoliyati haqida gapirib berishdi.

Keyinchalik ular o'quvchilar taqdim etgan to'plarga o'z dastxatlarini qo'yib berishdi.

SHundan keyin futbolchilarimiz Toshkent turizm kasb-hunar kollejida ham shunday tadbirda qatnashishdi. 

Bu safar Igor Yelich va Kaxi Maxaradze ham bizga hamrohlik qilishdi. U erda legionerlarimiz talabalarning ko'plab savollariga javob qaytarishdi.

Igor o'zining faoliyati, "Paxtakor"ga qarshi o'yin uchun tayyorgarlik haqida gapirdi va 7 oktyabrda Konor MakGregorga muxlislik qilganini malum qildi:

- Faoliyatimni Serbiyada boshlaganman. U erda bir necha jamoalarda faoliyat olib bordim va professional futbolga qadam qo'ydim. Gruziya va Bosniyada ham faoliyat olib bordim. Bosniya orqali O'zbekistonga keldim. Bu erdagi milliy chempionat menga juda ham yoqdi. Hozirda "Lokomotiv" bilan milliy chempionatning peshqadami bo'lib turibmiz va chempionlik uchun kurash olib boryapmiz.

Kaxi Maxaradze esa o'zbek futboli va oshxonasi borasida o'z fikrlarini bildirdi:

- O'zbek futbolida ancha vaqtdan beri faoliyat olib boryapman. SHu boisdan ham O'zbekistonni yaxshi bilaman. Oshxonasi? Ha, menga osh juda ham yoqadi. SHuningdek, suzmani ham yaxshi ko'raman. Boshqa hech qaerda suzma eganim yo'q.

Nikolay Pogrebnyak rus va o'zbek futboli farqlari haqida gapirdi:

- O'zbekiston chempionati Rossiyanikiga qaraganda biroz tezroq va texnikaga asoslangan. Bu erda yuqori texnikaga ega futbolchilar ko'proq ekan. Rossiyada asosan taktikaga, himoyadagi tartibli o'yinga etibor berishadi.

Idris Bikmaykin "Lokomotiv"ning navbatdagi o'yinlari va milliy termamizning mundialda o'ynashi borasidagi savolga javob berdi:

- "Lokomotiv" so'nggi yillarda katta yutuqlarga erishdi. Ikki marta mamlakat chempioni bo'ldi, uch marta O'zbekiston kubogini qo'lga kiritdi. Uzluksiz ravishda Osiyo chempionlar ligasida o'ynamoqda. Hozir esa chempionlik uchun kurash olib bormoqda. Jamoa yaxshi, tajribali futbolchilardan iborat. Ular har doim jamoa uchun jonini berishga harakat qiladi. Jahon chempionati? Umid qilamanki, termamiz yaqin mundiallarda qatnashadi.

Jamoamizning marketing va media bo'limi hodimi Mamurjon Mamadaliev o'qish orqali barcha marralarga etishish aniqligini talabalarga tushuntirdi:

- O'qish, biror sport turi bilan shug'ullanish orqali barcha orzularingizga eta olasiz. Sizlarni barcha taniydi, olqishlaydi, televizorda ko'rsatadi, matbuotda ismingiz aylanadi. Kollejga, maktabga borib, shunchaki qaytib ketishdan hech qanday mano yo'q. O'qib, o'zingiz yoqtirgan kasbingizning sir-asrorlarini o'rganib, kelajakda yurtimiz uchun kerakli odam bo'la olasiz. Buning uchun faqatgina o'qish va bilim olish kerak.

SHu orqali tadbirlar o'z yakuniga etdi. Kollej xovlisida talabalar va qizlar futbolchilarimiz bilan esdalik uchun suratga tushib olishdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика