Mayer: "Qanday qilib Ulrayx "Bavariya"ga o'tishga rozi bo'lganiga tushuna olmayapman"
19 iyu 2015 16:10
Yangiliklar


Mayer: "Qanday qilib Ulrayx "Bavariya"ga o'tishga rozi bo'lganiga tushuna olmayapman"
"Bavariya" sobiq darvozaboni Zepp Mayer "SHtutgart" sobiq posboni Sven Ulrayxning qaroriga tushunmaganligini takidladi.
Oldinroq Ulrayx "Bavariya"ga o'tgan edi.
"26 yoshida zaxirada o'tirishni istaydigan darvozabonlar qaroriga tushunmayman. U jahonning eng yaxshi futbolchilari bilan birga shug'ullanib ko'p narsani o'rganishi mumkin, ammo bu mashg'ulotlar "SHtutgart"dagi o'yin amaliyotining o'rnini bosa olmaydi. U 35 yosh bo'lganida, bu qarorni maqullagan bo'lar edim" - deydi Mayer.

Fikrlar