So’nggi yangiliklar

08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  0 07:402026 йилги жаҳон чемпионатига қуръа ташлаш маросими қаерда ва қачон бўлиб ўтиши маълум  2 00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  1 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  3 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  9 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  9 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  5 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1

Mahmudjon Matkarimov: "Akmal Xolmatov - haqiqiy etakchi" Yangiliklar

Mahmudjon Matkarimov: "Akmal Xolmatov - haqiqiy etakchi"

“Iftixor” - “Yozyovon-Lochinlari” (3:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Mahmudjon Matkarimov “Championat.asia” saytiga intervyu berdi.

Bugun har doimgidek Farg'ona viloyati jamoalari o'rtasida kechadigan murosasiz bahslardan iborat uchrashuv guvohiga aylandik. Buni yaqqol isboti mana hisobda aks etib turibdi. Har ikki jamoa azolari maydonda juda faol harakat qilishdi. Bugungi kun muxlislari aynan mana shunday tomoshabop o'yinlarni yaxshi ko'rishadi.

Jamoamiz tarkibida iqtidorli yoshlar talaygina, bizning asosiy maqsadimiz ham o'zbek futboli rivojiga nafi tegadigan yoshlarni tarbiyalashdan iborat. Keyingi o'yinlarda yanada ko'proq yosh futbolchilarni maydonga tushirmoqchimiz, bu ularni yanada tajribali bo'lishlariga xizmat qiladi. Jamoamizning tajribali futbolchisi Akmal Xolmatov - haqiqiy etakchi, bugun uning safimizga qaytishi futbolchilarimizni yanada ruhlantirdi. Bu futbolchi ortda qolgan turlarda jamoamiz futbolchilarini doim ruhlantirib kelgan, u maydondagi murabbiy, o'ynovchi murabbiy deb aytsak to'g'riroq bo'ladi.

Barcha muxlislarmizga bizni qo'llab-quvvatlab turganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman.    


Bekzod Tolibov yozib oldi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика