Mahmudjon Matkarimov: "Akmal Xolmatov - haqiqiy yetakchi"

Narzulla Saydullayev
22 avg 2018
“Iftixor” - “Yozyovon-Lochinlari” (3:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Mahmudjon Matkarimov “Championat.asia” saytiga intervyu berdi.

Bugun har doimgidek Farg'ona viloyati jamoalari o'rtasida kechadigan murosasiz bahslardan iborat uchrashuv guvohiga aylandik. Buni yaqqol isboti mana hisobda aks etib turibdi. Har ikki jamoa a'zolari maydonda juda faol harakat qilishdi. Bugungi kun muxlislari aynan mana shunday tomoshabop o'yinlarni yaxshi ko'rishadi.

Jamoamiz tarkibida iqtidorli yoshlar talaygina, bizning asosiy maqsadimiz ham o'zbek futboli rivojiga nafi tegadigan yoshlarni tarbiyalashdan iborat. Keyingi o'yinlarda yanada ko'proq yosh futbolchilarni maydonga tushirmoqchimiz, bu ularni yanada tajribali bo'lishlariga xizmat qiladi. Jamoamizning tajribali futbolchisi Akmal Xolmatov - haqiqiy yetakchi, bugun uning safimizga qaytishi futbolchilarimizni yanada ruhlantirdi. Bu futbolchi ortda qolgan turlarda jamoamiz futbolchilarini doim ruhlantirib kelgan, u maydondagi murabbiy, o'ynovchi murabbiy deb aytsak to'g'riroq bo'ladi.

Barcha muxlislarmizga bizni qo'llab-quvvatlab turganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman.    


Bekzod Tolibov yozib oldi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia