So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  4 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  7 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Mahmud Matkarimov: “Bolalar uchun bunday turnirlar juda ham kerak” Yangiliklar

Mahmud Matkarimov: “Bolalar uchun bunday turnirlar juda ham kerak”

Andijonda 1996-98 yillarda tug'ilgan bolalar o'rtasida bo'lib o'tgan AOZK Kubogi turniri bugun poyoniga etdi.
Musobaqa natijalari kundalik tarzda saytimizda berib borildi. Bugun final o'yini yakuniga etgach, turnir tashkilotchilaridan biri Mahmud Matkarimov bilan qisqacha suhbatlashdik.

- Mahmud aka, 8 kun davom etgan musobaqaga bugun yakun yasaldi. Turnirdan qoniqish xosil qildingizmi?
- Avvalambor ushbu musobaqani o'tkazishda bizga amaliy yordam bergan Andijon olimpiya zaxiralari kolleji direktoriga minnatdorchiligimni izhor etaman. Albatta turnirdan qoniqish xosil qildik. To'g'ri, kamchiliklar ham bo'ldi. Lekin biz ularni kelgusida boshqa takrorlamaslikka urinamiz. Muhimi yoshlarga o'yin amaliyoti bo'ldi. O'yinlar shahrimizning uchta stadionida o'tdi. Jamoalar har bir o'yinda jiddiy kurashdi. 

- AOZK Kubogiga qachon asos solingan?
- 2013 yili ushbu AOZK Kubogini o'tkazish borasida tashabbus bilan chiqqandim. SHunda rahbariyat fikrimni qo'llab-quvvatlab, amaliy yordam bergan. Mana ko'rib turganingizdek, bu yil ikkinchi bor musobaqa o'tkazildi. Nasib qilsa kelgusida ham buni davom ettiramiz. Arzimagan sovg'a bo'lsada, asosiysi yoshlarga o'zini ko'rsatish uchun qulay imkoniyat bo'ladi. Murabbiylar kelib, har kuni uchrashuvlarni kuzatgan xolda, qarashlariga mos tushganlarni ko'z ostiga olib ketishdi.

- Musobaqaga tashrif buyurgan mehmon jamoalar qanday kayfiyatda ortga qaytishdi?
- Xursandchilik bilan kuzatib, do'stona xayrlashdik. Ular ham o'z viloyatida o'tkaziladigan turnirlarga bizni taklif etishlarini aytdi. Mehmon jamoalarga ham minnatdorchilik bildiraman.

- Bugun viloyatning bosh jamoasi bo'lmish “Andijon”ning oliy ligada qolishi aniq bo'ldi. Demak, kelasi yil yoshlar jamoasi ham bo'ladi. AOZKdan ham o'zini ko'rsatgan yoshlar “Andijon” yoshlar jamoasiga o'tkazilsa kerak?
- Agarda murabbiylar kelasi yil kollejimiz jamoasida o'ynab kelayotganlarni olishni istasa, bajonidil beramiz. CHunki biz aslida ham shu viloyatimizning birinchi jamoasiga o'yinchilarni etkazib berish uchun ishlayapmiz. Maqtanyapti demangu, bizda iqtidorli yoshlar ko'p. Ularni qo'rqmasdan tarkibga jalb etib, ishonch bildirish kerak.


Fotoda 2014 yilgi AOZK g'olibi "UzDongJu" jamoasi.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика