Mahmud Mahamadjonov "Bunyodkor" bilan shartnomani uzaytirdi
14 noy 2023 10:39
Yangiliklar
Mahmud Mahamadjonov "Bunyodkor" bilan shartnomani uzaytirdi
"Bugun asosiy tarkibda to'p tepayotgan aksar futbolchilar “Bunyodkor” akademiyasida tarbiya topgani barchaga malum. Xususan, oxirgi mavsumlarda bosh jamoaning etakchilariga aylanib ulgurgan Rasul Yo'ldoshev, Farrux Ikromov, Mahmud Mahamadjonov, Bilol Tupliev, Muzaffar Olimjonov, Umid Sultonov kechagi kunimizning mevasi, “qaldirg'ochlar”ning ertasi hisoblanadi.
“Bunyodkor” futbol klubi rahbariyati jamoa shiori, ananasiga sodiq qolgan holda jamoa ertasi bo'lgan tarbiyalanuvchi bilan shartnomani uzaytirdi. O'zbekiston olimpiya terma jamoasi azosi, iqtidorli himoyachi Mahmud Mahamadjonov 2027 yil oxirigacha “qaldirg'ochlar” libosida to'p tepadi.
Umid qilamizki, Mahmud Mahamadjonov kelasi mavsumlarda ham himoyadagi mustahkam o'yini bilan jamoamizning g'alabalariga hissa qo'shadi", - deb yozadi "Bunyodkor" klubi matbuot xizmati.
Fikrlar