Mahdi Ali: "Ertaga g'alaba uchun maydonga chiqamiz"
04 mar 2014 11:58
Yangiliklar

Mahdi Ali: "Ertaga g'alaba uchun maydonga chiqamiz"
OK-2015 saralashi doirasidagi O'zbekiston - BAA uchrashuvidan oldin bugun ikkala terma jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Dastlab mehmonlar ustozi Mahdi Ali va himoyachi Volid Abbos jurnalistlar savollariga javob berishdi.
"Avvalo ikki jamoani ham muddatidan avval Osiyo Kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritganligi bilan tabriklayman. Biz va O'zbekiston guruhda bunga haqli edik. Ertangi bahs ikki jamoa Osiyo Kubogi yo'llanmasini haqli ravishda qo'lga kiritganligini isbotlay oladi. O'z navbatida biz ham buni isbotlash niyatidamiz. So'nggi bir yarim yilda qayd etgan natijalarimizni davom ettirish uchun ham ertaga g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Garchand asosiy tarkib futbolchilar bilan Toshkentga kelmagan bo'lsakda, bu tarkibimiz kuchsiz degani emas. Bu menga zaxira futbolchilarini sinab olish imkoniyatini beradi", - deb gap boshladi Mahdi Ali.
"Ertangi o'yinga jamoamiz tayyor. Biz maydonga g'alaba uchun tushamiz", - deydi Volid Abbos.
- Bu tarkib 2018 yil poydevorimi?
- Qo'l ostimdagi 80% futbolchi osiyo Kubogida ishtirok etadilar. Men bu yigitlar bilan yoshligidan boshlab ishlaganman va ular ko'plab musobaqalarda ishtirok etdilar. Aynan ular orqali BAA terma jamoasini shakllantiryapmiz.
- Guruhdagi birinchi uchrashuvni eslagan holda ertangi o'yinga nima deysiz?
- O'zbekiston terma jamoasi safida bir qator o'zgarishlar bo'lgan. Yani terma jamoada yoshlar ko'paydi. Bizda mavsum qizigan payti, O'zbekistonda esa endi boshlandi. Birinchi o'yinga kelsak, unda O'zbekiston JCH saralashida ham qatnashayotgan edi. SHuning uchun ularga biroz qiyin bo'lgan, o'z navbatida bizga ham. CHunki vakillaringizga qarshi to'p tepish oson emas.
- Ertangi o'yinda "Jar"dagi taktikangizni ko'ramizmi?
- Men har bir o'yinga har xil taktika tanlayman. To'g'ri o'yin falsafamiz to'liq o'zgarib ketmaydi. Ammo qo'l ostimdagi shogirdlarimning imkoniyatlaridan kelib chiqib o'yin uslubimizni o'zgartira olamiz.
- Bu o'yinda ikki jamoa ham o'z oldiga qo'ygan vazifani uddalab bo'ldi. SHogirdlaringizda o'yinga qanday shijoat uyg'ota olasiz?
- SHuning uchun ham tarkibga 4 nafar yangi futbolchini taklif qilganman. Aynan ularning shijoati bizga qo'l kelishi kerak. Biz Osiyoni top jamoalari qatoridan joy olishni istayapmiz. Buni futbolchilarimiz yaxshi tushunib turibdilar. Reytingda ko'tarilishdan asosiy maqsadimiz, FIFA reytingidagi ballaringiz katta rol o'ynaydi.
- So'nggi yillarda terma jamoani bir uslubda olib borish bilan birga, doimiy ravishda yoshartirib kelyapsiz. Hamma terma jamoa ham bu yo'ldan bora olmaydi. Bu boradagi ish uslubingiz qanday?
- Bu jamoadagi futbolchilar bilan birga 2004 yildan beri hamkorlik qilib kelyapman. Bizni bir oilamiz desak ham bo'laveradi. Bugun o'sha qilingan mehnatni samarasini ko'ryapmiz. Yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi chempionatlarda ishtirok etadigan futbolchilarimizni iqtidoriga qarab saqlab qola oldik. Bizning futbolchilarimiz Osiyo jamoalari istagidagi JCHdan tashqari barcha musobaqalarda qatnashdik.
Muvaffaqiyat qozonish uchun Sizda aniq va tiniq dasturingiz bo'lishi kerak. Unda hech qanday kichik detallar ham nazardan chetda qolmasin. Bu esa muvaffaqiyat garovi. Dasturni jiddiy nazorat qiladigan kishi ham zarur. Har bir vazifaini bosqichma-bosqich amalga oshirib borish va avvalgi bosqichda yo'lga qo'yilgan xatolardan to'g'ri xulosa chiqarish kerak.

Fikrlar